O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

ish yuritish xarajatlari
muhim rol o‘ynaydi. Ular 
sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-
stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim 
elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va 
idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi. 
Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari 
akvizitsion, inkassa, bartaraf 
(likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga
bo‘linadi. 
Akvizitsion xarajatlar
yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida 
amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va 
boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib 
qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi. 
Inkassa xarajatlari
– bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari 
yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq 
to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda 
foizlar bo‘yicha hisoblanadi. 
Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari
odatda bevosita xarajat hisoblanadi 
va sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita 
xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar 
tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta 
hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni 
rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi. 
Boshqaruv xarajatlari
o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik 
xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi. 
 


73 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə