O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/73
tarix25.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#161036
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
1.5. Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish 
Algoritmlashtirish jarayoni masalani yechish algoritmini tuzishni ta`minlaydi va 
birlamchi axborotni natijaviyga aylantirish bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va 
ifoda etish uchun xizmat qiladi. 
Masalani yechish algoritmi kompyuterning imkoniyatlarini, yechish aniqligini 
hamda masalani kompyuterda yechish vaqtini va qiymatini hisobga olgan xolda 
yaratilsa maqsadga muvofiq kelgan bo‗lar edi.
Masalani yechish algoritmi kutilayotgan natijani olish maqsadida dastlabki 
ma`lumotlar va oraliq natijalar ustidan bajarilayotgan elementar operatsiyalar tartibini 
aniq belgilab berishi kerakdir. 
Algoritm masalani yechish usuli hisoblanmaydi, balki tanlangan sonli usulni 
amalga oshiradi. 2-3 bosqichlar bir-biri bilan jips, mustahkam bog‗langan. Ya'ni 
yaratilgan uslubni har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin, shu sababdan 


21 
masalani yechish uslubi va algoritmining bir nechta variantlari bo‗lishi mumkin va 
keraklisi tanlab olinadi.
Murakkab masalaning algoritmini yaratishda qadamma-qadam oydinlashtirish 
uslubidan foydalangan ma'qul, har bir qadamda algoritmning tarkibi sodda va 
tushunarli bo‗lib qolishiga erishmoq kerak.
Masalani algoritmlash jarayonida, algoritmning ba'zi bo‗laklarini, lavhalarini, 
mantiqan alohida qismlarini ifodalashda tipik algoritmlar va amaliyotda tekshirilgan 
algoritmlardan iloji boricha ko‗p foydalangan ma'qul.
Algoritmlashda modullik prinsipidan foydalanish algoritmni o‗qishda va 
dasturlashda qulayliklar yaratadi. Oxir oqibatda masalani yechish algoritmi ishchi 
holatga keltiriladi, ya'ni algoritm grafik ko‗rinishda biror algoritmik til vositasida 
ifodalash darajasiga keltiriladi. Agar bitta sonli usulni amalga oshirish uchun bir 
nechta algoritmlar mavjud bo‗lsa, u holda ular orasidan shaxsiy kompyuterdan eng 
samarali foydalanish uchun xizmat qiladigan usuli tanlab olinadi(tarkibida kam 
operatsiyalar bori kam xotira talab qiladi).
Dasturning samarador va unumdorligi, masalani yechish algoritmining qanchalik 
puxta tashkil qilinganligiga bog‗liq.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə