Jarayonlardan qaysi biri:
1) immunizatsiya; 2) qo‘shilish, tanlash va ko‘paytirish; 3) anti
tanalar olish; 4) gumanizatsiya bosqichlariga to‘g‘ri keladi? Sun’iy
antitanalar olishni ko‘rsatilgan bosqichlaridan qaysi birida gen
injeneriya usuli ishlatiladi? Nima uchun В
- limfotsitlar shu organni
sog‘lom hujayralari bilan emas, rak hujayralari bilan qo‘shiladi? Qon
tomirlarida komplementarlikni aniqlovchi uchastkasi bo‘lmagan sun’iy
antitanalaming faoliyatini bashorat qiling.
9-vazifa.
Tadqiqot davomida limfotsitlar kulturasiga maxsus
maqsad bilan virus kiritilgan. Oradan vaqt o‘tishi
bilan virus oqsili
molekulasini antitanalar bilan bog‘lanishi kuzatilgan. Antitanalami
tanlab aniqlash maqsadida, bu komplekslar
ustida mikroskopik tadqi-
qotlar olib borilgan. Shu maqsadda qanday mikroskop ishlatilgan? Har
bir antitana nechta polipeptid zanjiri bilan bog'langan?
10-vazifa. Ko‘rsatilgan rasmda qanday o‘zaro munosabatlar
keltirilgan? Sariq-havorangda belgilangan struktura qanday ataladi? Ular
o‘zlarini qanday qismlari orqali sferik tanadagi tikonsimon, bo‘rtib
turgan yashil rangli qism bilan o'zaro munosabatga kiradi? 0 ‘zaro
munosabatga kirishgan
strukturalami qaysi biri, hozirgi vaqtda sun’iy
yo‘l bilan olinadi? Yuqoridagi o‘zaro munosabatdan kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan ikki natijani oldindan aytib bering. Javobingizni
isbotlab berishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: