Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Nima sababdan shunday bo‘ldi?



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Nima sababdan shunday bo‘ldi?
Birinchidan, 
biomolekulalar tezkorlik bilan murakkab nadmo­
lekular strukturalar hosil qilish (o‘z-o‘zidan yig‘ilishga) xususiyatiga 
ega. 
Ikkinchidan, 
bunday biologik strukturalami shakllanishini (o‘z- 
o‘zidan yig‘ilishi) o‘ta nafislik bilan boshqarish mumkin. Bu esa, o'zi- 
o‘zidan 
yig‘ilishni har xil yo‘llarga yo‘naltirish imkonini beradi. 
Demak, xilma-xil nanokonstruksiyalar va nanomateriallar yaratish 
uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Xilma-xil biologik birikmalar orasida nuklein kisiotalar alohida 
o‘rin tutadi. Ular nanokattalikka ega bo‘lgan materiallar yaratishda juda 
katta ustuvorlikka ega. Kichikkina (uzunligi 50-100 nm) ikki zanjirli 
DNK molekulalari qalinligi bor-yo‘g‘i 1-2 nm bo‘lishiga qaramasdan 
juda yuqori qattiqlikka ega. Shu uchun ham undan «qutilish bloklari» 
sifatida foydalanish juda qulay. Shuning bilan birga bir zanjirli nuklein 
kislota egiluvchanlikni saqlagan holda, o‘ziga komplementar bo‘lgan 
zanjimi tanish imkoniyatiga ega. Mana shunday ikki zanjir osongina bir- 
biriga vodorod bog‘lari bilan bog‘lanib, ikki zanjirli strukturani (DNK 
molekulasini) hosil qiladi.
DNK ni ikki zanjirli molekulasini yoki ulami fragmentlarini uzun 
qatorga bog'lash muammoli bo‘lib chiqdi. Balki busiz DNK asosida 
nanokonstruksiyalar yaratish imkoniyati qisqarar.' 
Qanday qilib ikki
zanjirli DNKning shoxianishini yoki uning ma’lum bir joyidan DNK
fragmentini olib tashlashni yo‘lga qo‘yish mumkin? 
Chunki mana 
shunday tadbirlami o‘tkazmasdan turib, nanostrukturalami uchlamchi 
holatining xilma-xilligini ta’minlash juda katta muammo.
Biolog-olimlar bu muammoni hal qilishni juda ajoyib yo‘lini taklif 
qilganlar. Ular DNK zanjirining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imkoniyatlari 
(komplementar azotli asoslar orasida vodorod bog‘lari orqali bog‘lanish 
xususiyati)dan foydalangan holda, ikki zanjirli DNK molekulasiga qisqa 
bir zanjirli «dum» ulashni taklif qilishdi. Keyinchalik bunday 
«dumchalar» DNK molekulasining «yopishqoq uchi» deb ataldi. Agar 
ikki zanjirli DNK molekulasini oxirida bir zanjirli «dumlar» bo‘lsa, 
ularga boshqa zanjirlar ulash va shu tartibda shoxlangan molekulalar
83


shakllantirishni ko‘rsatib berdilar. Bu esa, yupqa panjaralar va murakkab 
fazoviy strukturalar yaratish imkonini berdi. Nuklein kislotalardan 
tuzilgan ikkilamchi va uchlamchi strukturalami o‘z-o‘zidan yig‘ ilish 
jarayoni sodir bo‘ladigan erituvchini o‘zgartirish orqali yengil boshqarish 
mumkin ekanligi aniqlandi. Bugungi kunda nuklein kisiotalar asosida 
nanokonstruksiyalar yaratishni ikki yo‘nalishi shakllangan: «qadam va 
qadam» va «birdaniga hammasini» konstruksiya qilish.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə