1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Standartlashtirish bo„yicha bazaviy tashkilotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

2.2.3 Standartlashtirish bo„yicha bazaviy tashkilotlar 
Standartlashtirish bo‗yicha bazaviy tashkilotlar ―O‗zstandart‖ agentligi 
tomonidan ro‗yhatga olingan bo‗lib Davlat standartlashtirish tizimi tomonidan 
belgilangan asosiy vazifalarga muofiq boshqaruv organi tomonidan mahsulot turlari 
va sifati bo‗yicha yetakchi-namunaviy tashkilotlardan biri tayinlanadi va 
iqtisodiyotda standartlashtirish bo‗yicha barcha talablarni ta‘minlash va nazorat 
qilish vakolati beriladi. 
―O‗zstandart‖ tarkibida bir necha bo‗limlar, sektor, laboratoriya, guruhlar, har 
bir viloyat boshqarma va markazlari, ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy Etalonlar 
Markazi mujassamlashgan. 
―O‗zstandart‖ agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‗z ichiga olgan, bir 
xil nomdagi bo‗limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish 
bo‗yicha davlat nazorati va o‗lchash vositalarini davlat qiyoslovidan qo‗nim va
attestatlash sohaviy bo‗limlari kiradi. 
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‗yicha davlat nazorati sohaviy 
bo‗limlar: og‗ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, mahalliy sanoat hamda 
agrosanoat kompleksi doirasida o‗z faoliyatini amalga oshiradi.
―O‗zstandart‖ agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib, O‗zbekiston 
Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini 
boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash instituti - hozirda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
ilmiy-tadqiqot instituti tayinlangan. 
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‗nalishlar bo‗yicha o‗z 
faoliyatini amalga oshirmoqda: 


55 

Respublikada sertifikatlashtirishni qo‗llash va takomillashtirishning 
umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat 
idoralari bilan aloqalarni o‗rnatish; 

sertifikatlashtirish masalalari bo‗yicha boshqa mamlakat va xalqaro 
tashkilotlarning vakillari bilan, o‗zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‗rnatish, kerak 
bo‗lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‗zbekiston Respublikasining qatnashishini 
ta‘minlash; 

sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga 
rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‗yicha hujjatlarni axborotli 
ma‘lumot bilan ta‘minlash. 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 342-qarorini bajarish yo‗lida ―O‗zstandart‖ 
o‗zining viloyat boshqarmalarini (SMS‘HM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama 
ko‗mak ko‗rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari 
jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg‗ona, Qo‗qon, Qarshi, Buxoro, 
Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov 
amallarini 
o‗tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‗onadagi sinov laboratoriyasida 
o‗tkazilgan sinovlar natijasiga ko‗ra ―Azot‖ ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy 
chinni zavodi, Rishton kulolchilik mahsulotlari zavodi, ―Quvamebel‖ ishlab 
chiqarish birlashmasi mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo‗ldilar 
(3.2-rasm). Ularning tarkibi va tashkiliy strukturalari rivojlanish jarayonida 
takomillashib boradi. 
«O‗zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini 
tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu 
kungacha ko‗pgina muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot 
ishlari ham o‗z yo‗nalishiga egadir. 
«O‗zstandart» agentligi qoshidagi «Standarlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» (SMSITI) standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut 
yuqorida qayd etilgan sohalar bo‗yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan bir 
qatorda respublikada ushbu sohalar bo‗yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash 
instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u: 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati
sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi; 


56 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy 
tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi; 

mahsulotning raqobatdoshligini ta‘minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli 
darajada himoya qilishga, inson sog‗lig‗ini saqlashga, mehnat havfsizligini 
ta‘minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro me‘yoriy va 
tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‗unlashadigan, asos bo‗luvchi hujjatlar ishlab 
chiqadi va joriy etadi; 

standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan 
muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me‘yoriy hujjatlar, ma‘lumotnomalar, 
lug‗atlar yaratadi; 

yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi; 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy 
masalalari bo‗yicha xalqaro, milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi; 

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan 
mutaxassislarning malakasini oshirishni ta‘minlaydi; 

sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va 
boshqalar. 
Institut tashkil qilinganiga ko‗p vaqt o‗tmaganligiga qaramay shu kunga qadar 
respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator hujjatlar yaratdi va 
yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‗lib, shu sohalardagi ishlarga 
qo‗yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi. 
Standartlashtirish bo‗yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalashtirish tegishli 
mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari hisobidan amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy faoliyati va 
vazifalari: 
– biriktirilgan tashkilot va korxonalarda standartlashtirish bo‗yicha 
muvofiqlashtirish ishlari olib borish ham texnik yagonalikni ta‘minlash; 
– biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi bo‗yicha o‗zuvchi va 
kompleks standartlashtirishni ta‘minlaydigan asosiy istiqbolni yo‗nalishlari ishlab 
chiqish; 


57 
– biriktirilgan mahsulot gruhlarini standartlashtirish, me‘yoriy hujjatlarni o‗z 
vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko‗rish bo‗yicha takliflar, me‘yoriy hujjatlar 
loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa tayyorlov ishlarini amalga oshirish; 
– biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko‗rsatkichlarni standart yoki boshqa 
me‘yoriy hujjatlarda ko‗rsatilgan normada, O‗zbekiston Respublikasining 
faoliyatidagi qonunchilik me‘yorlari, xavfsizlik va ekologiya masalalarini 
ta‘minlaydigan darajada amalga oshirish; 
– standartlashtirish bo‗yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan mahsulotning 
birinchi namunalari uchun loyihalarni optimallashtirish hamda standartlashtirishni 
nazariy va amaliy tomonlaridan ilmiy-metodik ishlar olib borish; 
– ko‗rsatkichlarni normada bo‗lishini ta‘minlash maqsadida doimiy va tizimli 
nazorat olib borish; 
– korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‗yicha 
uslubiy yordam ko‗rsatish va sh.k 
O‗zbekiston Respublikasida texnik qumitalar (TQ) mutaxassislari – davlat va 
xo‗jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbirkorlik sub‘ektlarining vakolatli 
vakillari, iste‘molchilar, kasaba uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va 
boshqalarning shakllanishi bo‗lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy-texnikaviy 
salohiyatga ega bo‗lgan korxonalar va tashkilotlar bazasida ta‘sis etuvchilar va 
«O‗zstandart» agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqo‗m, Sog‗liqni Saqlash 
Vazirligi) qo‗shma buyrug‗i bilan tuziladi. 
Texnik qumitaning asosiy vazifasi – xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, davlat 
va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyat - 
O‘z DSt 1.0, RMG 01 bo‗yicha, shartnomali ishlar.
O‘z RH 51-013:1993 O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‗yicha 
ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib 
borilishini standartlashtirish bo‗yicha Texnik qumitalar bevosita ishtirok etishadi. 
O‗zbekiston Respublikasida faoliyat olib brayotgan texnik qumitalar 1-jadvalda 
keltirilgan. 
1-Jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə