1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Davlat standartlashtirish tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

2.2.1 Davlat standartlashtirish tizimi 
O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‗tkazishning umumiy 
tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi 
faoliyat ko‗rsatadi. 


53 
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta‘minlashni:

xalq xo‗jaligi tarmoqlarida — O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish agentligi («O‗zstandart» agentligi);

qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va 
konstruksiyalashda — O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo‗mitasi;

tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni 
ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‗zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi;

tibbiyot uchun mo‗ljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori 
vositalari sohasida, shuningdek mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan 
import bo‗yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar 
miqdorini aniqlash masalalarida — O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash 
vazirligi;

mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta‘minlash, mudofaa 
ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa 
vazirligi amalga oshiradi. 
2.2.2 Standartlashtirish bo„yicha davlat boshqaruvlari 
Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish 
bo‗yicha ishlarni tashkil qilish‖ to‗g‗risidagi 1992 yil 2 martdagi 93-sonli qaroriga va 
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi ―Sertifikatlashtirish tartibotlarini va 
sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi 122-son qaroriga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
―O‗zstandart‖ agentligi standartlashtirish bo‗yicha Milliy idora hisoblanadi (3.1-
rasm). 
«O‗zstandart» agentligi tarkibida standartlashtirish va mintaqaviy siyosat 
bo‗yicha boshqarma mavjud. Boshqarma xalqaro, mintaqaviy, xorijiydan tortib 
barcha miqyoslarda ma‘lumot bilan taminlash me‘yoriy hujjatlar Davlat 
jamg‗armasini tashkil etish bilan shug‗ullanadi. Me‘yoriy hujjatlarni tasdiqlashdan va 
ro‗yhatga olishdan oldin ekspertizadan o‗tkazadi, vazirlik, muassasa, tashkilot, 
korxona, birlashmalar bilan ―O‗zstandart‖ agentligi boshqarmalari, standartlashtirish, 


54 
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‗yicha davlatlararo kengash va Yevroosiyo 
ittifoqi bilan ish olib boradi. 
2001 yildan Davlat unitar korxonasi O‗zbekiston Respublikasi milliy etalon 
markazi faoliyat ko‗rsata boshladi. «O‗zstandart» agentligi huzurida shtrix kodlov 
markazi, respublika va mintaqaviy sifat mahkamalari va boshqalar ishlab turibdi. 
Respublikada standartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkil qilish, muofiqlashtirish 
va ta‘minlash Davlat organlari va iqtisodiy soha bo‗yicha korxonalari birlashuvi 
tamonidan amalga oshiriladi.
Vazirlik, muassasa, birlashma va korxonalar sohalarda standartlashtirish 
bo‗yicha ishlarni o‗zlarining vakolati doirasida olib boradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə