1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


O„zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo„yicha texnik qo„mitalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

O„zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo„yicha texnik qo„mitalari 
№t/r 
Nomlanishi 
Vazirlik va mahkamalarning nomlanishi 
1.
«O‗zbekneftegazmahsulot» 
«O‗zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi 
2.
«Paxta» Assotsiatsiyasi 
«O‗zpaxtasanoat» Assotsiatsiyasi 
3.
«Donmahsulotlari» 
«O‗zdonmaxsulot» Kompaniyasi 


58 
4.
«Yog‗moytamakisanoat» 
«Yog‗moytamakisanoat» Assotsiatsiyasi 
5.
«Ipakchilik mahsulotlari» 
«O‗zbek ipagi» Assotsiatsiyasi 
6.
«Oziqovqatsanoat» 
«Oziq-ovqatsanoat» Assotsiatsiyasi 
7.
«O‗zmevasabzavotuzum-
sanoat» 
«O‗zmevasabzavotuzumsanoat-xolding» 
Kompaniyasi 
8.
«Aloqa va informatika» 
O‗zbekiston aloqa va ma‘lumotlashtirish agentligi 
9.
«Navurug‗nazorat» 
Respublika qishloq xo‗jaligi urug‗chiligi va 
birinchi urug‗shunoslik stansiyasi 
10.
«O‗zavtosanoat» 
«O‗zavtosanoat» Assotsiatsiyasi 
11.
«Go‗sht va sut» 
«O‗zgo‗shtsutsanoat» Assotsiatsiyasi 
12.
«Davarxitekqurilish» 
Davlat arxitektura va qurilish bo‗yicha qumitasi 
13.
«O‗zbektelekom» 
«O‗zbektelekom» Aksionerlik kompaniyasi 
14.
«Kimyosanoat» 
«O‗zkimyosanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi 
15.
«O‗zbekengilsanoat» 
«O‗zbekengilsanoat» Aksionerlik kompaniyasi 
16.
«O‗zbekcharmpoyabzali» 
«O‗zbekcharmpoyabzali» Assotsiatsiyasi 
17.
«Shoyi» 
«O‗zbek ipagi» Assotsiatsiyasi 
 
2.2.4 Korxonalarda va tashkilotlarda standartlashtirish xizmatlari 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda va amaldagi 
qonunlarning talablarining bajarilishini ta‘minlash uchun tadbirkorlik sub‘ektlari 
standartlashtirish 
bo‗limlarini (xizmatlarini) tashkil etadi. Bu bo‗limlar 
standartlashtirish bo‗yicha ishlarga tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlik qiladi, 
standartlashtirish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni 
bajaradi, korxonaning boshqa bo‗limlari olib borayotgan standartlashtirish buyicha 
ishlarni bajarishda qatnashadi. 
Standartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkillashtirishda siyosatning birliligini va 
bir xil yondoshishni ta‘minlash maqsadlarida O‗z RH 51-051-96 ―Korxonalarda 
(tashkilotlarda) 
standartlashtirish 
xizmatlari 
to‗g‗risida namunaviy nizom‖ 
tasdiqlangan. Bu Nizomda mulkdorlik shaklidan qat‘iy nazar korxonalar va 
tashkilotlar standartlashtirish xizmatlarining umumiy nizomlari, asosiy vazifalari va 
huquqlari o‗rnatilgan. 
Standartlashtirish xizmatlari tadbirkorlik sub‘ektlari (bo‗limlar, shu‘balar, 
guruhlar) ning bo‗limlaridan iborat bo‗ladi. Kichik korxonalarda muhandis-texnik 
xodimlar sonining kamligi sababli mahsus bo‗lim tuzishga imkon bo‗lmaganda, 


59 
standartlashtirish bo‗yicha ishlarga mas‘ullik muhandis-texnik xodimlarning biriga 
yuklatiladi. 
Standartlashtirish xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi; 
– korxonaning me‘yoriy hujjatlar tizimini tuzish buyicha ishlar majmuini 
bajarish; 
– standartlashtirishning istiqbolli va yillik rejalari (dasturlari) ga oid takliflarni, 
zarur bo‗lganda, boshqa bo‗limlar bilan birgalikda ishlab chiqish; 
– ilmiy-texnikaviy dasturlarga mahsulotning texnik darajasi va sifat 
ko‗rsatkichlarini oshirish istiqbollarini aniqlash qismida qatnashish va takliflar 
tayyorlash, shuningdek mahsulotga istiqbolli talablarni belgilovchi me‘yoriy 
hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish; 
– me‘yoriy hujjatlarning loyihalari bo‗yicha fikr-mulohazalarni tayyorlashni 
tashkillashtirish; 
– korxonaning iqtisod xizmati bilan birgalikda standartlashtirishning texnik-
iqtisodiy samarasini aniqlash; 
– davlat nazorat idoralari tomonidan o‗tkazilayotgan me‘yoriy hujjatlarga rioya 
qilinayotganligini tekshirishlarda qatnashish; 
– ilmiy-texnikaviy, tajriba-konstruktorlik ishlarida va mahsulotni ishlab 
chiqarishga qo‗yish jarayonida xavfsizlik, boyliklarni tejash, atrof muhitni 
muhofazalash, o‗zaro almashinuvchanlik va mos keluvchanlik talablarini hisobga 
olgan holda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta‘minlovchi 
ko‗rsatkichlarning o‗rnatilishini ta‘minlash; 
– MH ni joriy etish va rioya qilishni tashkiliy-metodik jihatdan ta‘minlash; 
– xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlashtirish, standartlashtirish sohasida 
ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek xalqaro standartlarni va chet mamlakatlarning 
milliy (firmalarning) standartlarini qo‗llanish bo‗yicha ishlarni bajarish. Bundan 
tashqari, standartlashtirish xizmatlariga majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‗lgan, 
chiqarilayotgan mahsulotning sertifikatlashtirilishini ta‘minlash bo‗yicha vazifalar 
ham yuklatilishi mumkin. 
Korxonalarda standartlashtirish bo‗yicha olib borilayotgan ishlar asosiy ishlar 
turiga kiradi. 
Jahon amaliyoti korxonalarda mavjud bo‗lgan o‗qitilgan va tajribali 
mutaxassislar bilan jamlangan standartlashtirish xizmatlarining iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligini tasdiqlaydi. 


60 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə