1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1. Vaqt bo„yicha o„zish:

mahsulot tajriba namunasini yaratish bo‗yicha loyiha konstruktorlik 
ishlarining boshi:

buyum ishlab chiqarish sanoatini texnik tayyorlashning boshi: 

mahsulotni yalpi ishlab chiqarishning boshi. 
2. Tarqalish doirasida o„zish: 

korxona doirasida; 

davlat doirasida; 

mintaqa doirasida; 

global dunyo doirasida. 
3. Standartlashgan mahsulotga nisbatan to„la bo„lmagan o„zish: 

assortiment bo‗yicha; 

mahsulot belgilari bo‗yicha; 

yangi mahsulot elementlarining merosiy qabul qilishganliklari bo‗yicha; 

mahsulotning ko‗rsatkich va belgilari qiymati bo‗yicha. 
Ilgarilanma standartlashtirishni bashoratlash (prognozlash) tadqiqot ob‘ektining 
qonuniyatlari va metodlarini, umuman, standartlashtirishni xususan o‗rganadigan 
ilmiy faoliyatdir. 
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning maqsadi qo‗yidagilardan iborat: 

yaratilgan yoki yaratilajak yangilik barqarorligi ehtimolini o‗rganish; 


76 

ishlab chiqarilgan mahsulot bilan yangilik o‗rtasidagi bog‗lanishni 
o‗rganish; 

standartlashtirish ob‘ekti bo‗la oladigan ilmiy-texnik daraja, ya‘ni mahsulot 
sifatiga erishishni aniqlash; 

iste‘mol va ishlab chiqarish hajmini aniqlash; 

sarf-xarajatni aniqlash; 

ekologiya ko‗rsatkichlarini baholash. 
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning axborot manbalari qo‗yidagilar: 

xalq xujaligi va soha taraqqiyotining uzoq muddatli bashoratlanishi; 

sohalar bo‗yicha bashoratlashlar; 

uzoq va yaqin muddatga mahsulotning sifati va istemol darajasi 
bashoratlari; 

iqtisodiyotning uzoq muddatli rejalari; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo‗yicha statistik ma‘lumotlar; 

tajriba na‘munalarini sinash bo‗yicha bayonnomalar; 

patentlar, mualliflik guvohnomalari, lisenziyalar; 

ijtimoiy so‗rovlar natijalari; 

standartlar, texnik shartlar; 
shu kabi boshqa ilmiy-texnik axborotlar. 
Standartlashtirishning zamonaviy taraqqiyot holatida 100 dan ortiq har xil soha 
bo‗yicha turli darajali ilmiy asosga ega prognozlash ilmiy texnik usullari mavjud 
bo‗lib o‗zuvchan standartlashtirishda keng tarqalganlari asosan qo‗yidagilar: 

tadqiqotlanadigan ilmiy yoki texnik ob‘ektni fan taraqqiyotining ma‘lum 
yo‗nalishlari haqida statistik ma‘lumotga tayanadigan ekstropolyatsiyalash metodi; 

taraqqiyotning yangi yo‗nalishlarida qo‗llaniladigan evristik usullari; 

real jarayonga o‗ta yaqinlashtirib istiqbollash, shu bilan birga o‗ta murakkab 
bo‗lgan modellashtirish usullari. 
Ekstropolyatsiyalash - eng ko‗p qo‗llaniladigan va eng sodda bo‗lish bilan birga 
samaradorligi yuqori emas, ko‗p hollarda faqat qisqa vaqt oralig‗idagi yaqin kelajakni 
prognozlashdagina yaroqlidir. 
Evristik metodlar texnik vazifalarni rejalashtirish ayniqsa ularni tasdiqlash 
bosqichida ko‗p qo‗llaniladi. 
Bu ikki usullar standartlar ta‘sir doirasidan tashqariga chiqishni hisobga 
ololmaydi. 


77 
Modellashtirish usulining qo‗llanish doirasi keng, imkoni ancha katta va
istiqbolli bo‗lib, abekt va jarayonlarni fizik, matematik, matematik-statistik va uyumli 
modellash bilan ancha uzoq muddatga prognozlash imkonini beradi. 
Ilgarilanma standartlarni yaratish va yuritish. Bu xildagi standartlarni yaratish va 
kuchga kiritish qo‗yidagi etap va bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: tayyorlash; yaratish
kuchga kiritish.
Ilgarilanma standartlashtirishning tayyorlash etalonidagi ishlar mazmuni 
ma‘lumot yig‗ish, taraqqiyot yo‗nalish istiqbolini tadqiqotlash, mahsulot sifatini 
tubdan o‗zgartirish, mumkin bo‗lgan omil va ko‗rsatkichlarni taqsimlash orqali 
standartlashtirish istiqbollarini aniqlashdan iborat bo‗ladi. Bu reja har tamonlama 
tahlil asosida o‗zuvchan standartlashtirishga zarur ko‗rsatkich yoki talablarni 
boshlashga yordam beradi. 
Mazkur bosqichda buyum (mahsulot) taraqqiyot yo‗nalishi bo‗yicha 
ma‘lumotlarni to‗plash, tizimlashtirish asosida rivojlanish yo‗nalishi qoidalarini 
belgilash, iqtisodiy samaradorlik imkoniyatlarni hisoblash, u yoki bu xilda qaror 
qabul qilish uchun mahsulot bo‗yicha kuchdagi standartlar majmuasidan tajribalarni 
umumlashtirish imkoniyati yaratiladi. 
O‗zuvchan standartlarni yaratish etapidagi ishlar mazmuni standartni ishlab 
chiqish, kelishish, tasdiqlashdan iborat bo‗lib, buyum yoki mahsulotning istiqbolli 
ko‗rsatkichlarini har tamonlama asosli ravshda shu buyum va mahsulotlarning 
kelajak taraqqiyotini ko‗zlab me‘yoriy hujjat barpo etishga qaratilgan bo‗ladi. 
Malum bir ishlab-chiqarish doirasida bunday ilgarilanma standartlarni amalda 
joriy etish oldingi jarayonlarda kelajakni ko‗ra bilgan sharoitlarda maxsus dastur va 
tadbirlar majmuida, rejalashtirilgan sharoitlarda olib borilishi va amalga oshirilishi 
zarur. Bunday yondashuv o‗zuvchan standartlarni joriy etishni va bu asosda xalq-
xo‗jaligini boshqarishning tezkor boshqariluvini ta‘minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə