1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Standartni joriy etish tartibi, uni tekshirish, qayta ko„rib chiqish va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.6 Standartni joriy etish tartibi, uni tekshirish, qayta ko„rib chiqish va 
unga tuzatishlar kiritish.
Standartni joriy etish uchun tadbirlar rejasini tuzish 
Me‘yoriy hujjatda, o‗zining qo‗llanish doirasiga muvofiq, o‗rnatilgan 
talablarning bajarilishini ta‘minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, 
boshqacha gapirganda, me‘yoriy hujjatni joriy etish uni amalga kiritish sanasigacha 
tugallangan bo‗lishi lozim. Ya‘ni meyoriy hujjat yuridik kuchga ega va unga rioya 
qilish majburiy bo‗lgan sanagacha joriy etilgan bo‗lishi lozim. 
3.6.1 Standartni joriy etish (qo„llash) 
Me‘yoriy hujjatni joriy etish O‘z DSt 1.14:1999 ―O‗z SDT. Me‘yoriy hujjatlarni 
joriy qilish tartibi‖ davlat standartining talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Me‘yoriy hujjat, agar unda o‗rnatilgan talablarga rioya qilinsa, joriy qilingan deb 
xisoblanadi. Bundan quyidagi muhim xulosa chiqadi: agar me‘yoriy hujjat amalga 
kiritilgan sanadan keyin mahsulot (xizmatlar, jarayonlar, ishlar) o‗rnatilgan talablarga 
muvofiq kelmasa, me‘yoriy hujjatga rioya qilinmagan deb hisoblanadi. Bunday holda 
tadbirkor sub‘ekt qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi. 
Me‘yoriy hujjat loyihasini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqish 
bilan bir vaqtda me‘yoriy hujjatning joriy etilishini ta‘minlovchi asosiy tadbirlar 
rejasining loyihasi ham ishlab chiqiladi. Tadbirlar rejasining loyihasi bajaruvchilar va 
manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Tadbirlar rejasining oxirgi tahriri va 
tasdiqlangan me‘yoriy hujjat bajaruvchilarga va manfaatdor tashkilotlarga jo‗natiladi. 
Bular asosiy tadbirlar rejasi asosida bajaruvchilar (kichik bo‗limlar, xizmatlar, 
bo‗linmalar, sexlar va b.) ga muayyan topshiriqlar ko‗rsatilgan tadbirlar rejasini 
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 
Me‘yoriy hujjatlarni joriy qilish bo‗yicha ishlarning tugallanganligi tadbirkor 
sub‘ekt komissiyasi tomonidan buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) ishtirokida joriy 
qilinganlik to‗g‗risida dalolatnoma tuzib rasmiylashtiradi. Me‘yoriy hujjatning joriy 
qilinganligini xizmat xati, yoki me‘yoriy va texnik hujjatlarga o‗zgartirishlar kiritish 
bilan rasmiylashtirish ruxsat etiladi. 


95 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə