1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Me‟yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, bayon qilish, mundarija va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.5 Me‟yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, bayon qilish, mundarija va 
rasmiylashtirishga qo„yiladigan talablar, ularning miqyosi va turlari 
Me‘yoriy hujjatlarni tuzish, bayon qilish, mundarija va rasmiylashtirishga 
talablar O‘z DSt 1.6:2003 ―O‗z SDT. Me‘yoriy hujjatlar. Tuzish, bayon qilish, 
mundarija va rasmiylashtirishga talablar‖ davlat standarti tomonidan belgilangan. 
Standartda keltirilgan nizomlar tarmoq, ma‘muriy-hududiy darajadagi me‘yoriy 
hujjatlarning va korxona standartlarining tuzilishiga nisbatan majburiy emas, lekin 
MH ni rasmiylashtirishda birlilikka erishish uchun keltirilgan standartdagi 
nizomlarga amal qilish kerak. 
3.5.1 Me‟yoriy hujjatlarning tuzilishi (strukturasi)ga talablar 
Me‘yoriy hujjatlar tuzilishiga ko‗ra quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‗lishi 
mumkin: 
– sarvaraq; 
– so‗z boshi; 
– mundarija; 
– kirish; 
– nomi; 
– qo‗llanish doirasi; 
– me‘yoriy havolalar; 
– atamalar va ta‘riflar; 
– belgilar va qisqartmalar; 
– talablar; 
– ilovalar; 
– bibliografik ma‘lumotlar. 
MH ga qo‗shish uchun ―Sarvaraq‖ (titul varaq), ―So‗z boshi‖, ―Mundarija‖, 
―Nomi‖, ―Talablar‖ majburiydir. 


83 
Me‘yoriy. hujjatning sarvarag‗ida uning belgisi va nomi keltiriladi: 
So‗z boshida mazkur hujjat to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar keltiriladi me‘yoriy 
hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish; ushbu me‘yoriy hujjatning qaysi 
me‘yoriy hujjat o‗rniga ishlab chiqilgani to‗g‗risida ma‘lumot va b. 
So‗z boshi sarvaraqdan keyingi betda uning orqa tomonida joylashtiriladi va 
tegishli sarlavhadan boshlanadi. Sarlavha betning yuqori qismida, o‗rtada, bosh 
harflar bilan yoziladi va quyuqroq shrift bilan ajratiladi. 
Mundarija me‘yoriy hujjat hajmi o‗n betdan oshgan hollarda yoziladi. 
Mundarijaga bo‗limlarning tartib raqamlari va nomi (zarur bo‗lganda kichik bo‗limlar 
nomi), ilovalar belgisi va sarlavhasi bilan, zarur bo‗lganda esa, grafik materiallar ham 
qaysi betda joylashganini ko‗rsatib yoziladi. 
Standart mundarijasi so‗z boshidan keyin, odatda yangi betdan boshlanadi. 
―Mundarija‖ so‗zi betning o‗rta qismida bosh harflar bilan yoziladi. 
Standartning nomi qisqa bo‗lishi, standartlashtirish ob‘ektini aniq tavsiflashi va 
standartni standartlar axborot ko‗rsatkichiga kiritish uchun uning to‗g‗ri 
tasniflanishini 
ta‘minlashi lozim. Standart nomida, odatda, qisqartmalar 
(mahsulotning shartli belgisidan tashqari), rim harflari, matematik belgilar, yunon 
harflari ruhsat etilmaydi. 
Me‘yoriy hujjatning nomi, odatda, sarlavha va kichik sarlavhadan iborat bo‗lishi 
lozim. 
Masalan - Idish yuvish mashinalari. Umumiy texnik shartlar 
Agar me‘yoriy hujjat asos bo‗luvchi tashkiliy-metodik yoki umumtexnikaviy 
me‘yoriy hujjatlar tizimidan iborat bo‗lgan me‘yoriy hujjatlar majmuiga kiradigan 
bo‗lsa, bu holda me‘yoriy hujjat sarlavhasidan oldinda barcha me‘yoriy hujjatlar 
majmui uchun umumiy bo‗lgan va ushbu tizimning nomi hisoblangan sarlavhalar 
guruhi keltiriladi. 
Misol – O‗zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Texnik reglament. Asosiy 
nizomlar. 
Standartning ―Qo‗llanish doirasi‖ uning qaysi doirada qo‗llanilishini va zarur 
bo‗lganda standartlashtirish ob‘ektini aniqlash uchun keltiriladi, standartning birinchi 
betida joylashtiriladi va I bo‗lim ko‗rinishida rasmiylashtiriladi. Standartlashtirish 
ob‘ektini aniqlashda quyidagi ifoda qo‗llaniladi: ―Ushbu standart... qo‗llaniladi‖. 
Standartning mazmunini ravshanlashtirishda ―Ushbu standart... belgilaydi‖ ifodasi 
qo‗llaniladi. Standartning qo‗llanish doirasini aniqlashda ―Ushbu standart... 
qo‗llaniladi‖ ifodasi qo‗llaniladi. 


84 
―Me‘yoriy havolalar‖, agar me‘yoriy hujjatning matnida boshqa me‘yoriy 
hujjatlarga me‘yoriy havolalar va/yoki bir xil yoki yuqoriroq darajadagi texnik-
iqtisodiy va ijtimoiy axborot tasniflagichlari 2 bo‗lim ko‗rinishida berilgan bo‗lsa, 
keltiriladi. havolada havola qilingan me‘yoriy hujjatlarning ro‗yxati, ularning belgisi 
va nomi keltiriladi. Bular belgilarning ro‗yxatga olingan raqamlarining oshib 
boruvchi tartibida joylashtiriladi. havolalar quyidagi tartibda bayon etiladi: 
– davlatlararo standartlar; 
– O‗zbekiston davlat standartlari; 
– tarmoq standartlari; 
– ma‘muriy-hududiy standartlar; 
– texnik shartlar;
– korxona standartlari. 
―Atamalar va ta‘riflar‖ bo‗limi standartda foydalaniladigan atamalarni aniqlash 
va belgilash uchun ta‘rifni o‗z ichiga oladi. Ta‘riflar ro‗yxati ―Mazkur standartda 
quyidagi atamalar va ta‘riflar qo‗llaniladi‖ so‗zlari bilan boshlanadi. 
Standartlashtirish ob‘ektlariga talablar, ob‘ektlarning o‗ziga xos hususiyatlariga 
qarab, standartlarning quyidagi turlarida: asos bo‗luvchi standartlarda, mahsulot 
(xizmatlar)ga standartlarda, tekshirish metodlari standartlarida, jarayonlarga 
standartlarda belgilanadi. 
Standart nizomlarini to‗ldiruvchi materialni ilovada joylashtirish ruxsat etiladi. 
Standartda bibliografik ma‘lumotlar keltiriladi. Bular alohida varaqda, barcha 
ilovalardan keyin joylashtiriladi. Sgandartning bibliografik ma‘lumotlarida: 
– standartlar tasniflagichi bo‗yicha guruh belgisi; 
– muhim so‗zlar bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə