1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Me‟yoriy hujjatni bayon qilishga talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.5.2 Me‟yoriy hujjatni bayon qilishga talablar 
Standartning o‗ziga xos xususiyatlariga va mazmuniga qarab, talablar matn, 
jadvallar, grafiq material (rasmlar, sxemalar, diagrammalar) yoki bularning birikmasi 
ko‗rinishida bayon qilinadi. Standart matni turlicha izohlanishiga yo‗l qo‗ymaydigan, 
qisqa, aniq, standartning qo‗llashish doirasiga muvofiq uni qo‗llanish uchun zarur va 
yetarli, mantiqiy izchil bo‗lishi lozim. Standartga faqat ob‘ektiv metodlar bilan 
tekshirish mumkin bo‗lgan tafsilotlar va talablarni kiritish lozim. Standartda amaldagi 
standartlarda belgilangan atamalar, ta‘riflar, belgilar va qisqartmalarni qo‗llanish 
kerak. Kattaliklarning eng katta yoki eng kichik matlarini keltirganda ―ko‗pi bilan 
(kamida)‖ iboralarini qo‗llanish lozim. Standartda ko‗rsatilgan me‘yorlar, talablardan 


85 
og‗ishlarning joiz qiymatlarini keltirishda ―dan ko‗p (kam) bo‗lmasligi kerak‖ 
iborasini qo‗llash kerak. 
Standartda o‗rnatiladigan kattaliklarning son qiymatlari chekka og‗ishlari bilan 
yoki eng katta (yoki) eng kichik qiymatlar ko‗rinishida ko‗rsatilishi lozim. Son 
qiymatlarini foizlarda ko‗rsatishda quyidagicha: ―... 63% dan 67% gacha‖ yoki 
―(65+2%) emas, balki ‖ (65+2)% yozish kerak. Rim harflaridan faqat buyumning 
navini (toifasi, sinfi va b.) kimyoviy elementlarning valentligini, yilning kvartallarini, 
yarim yillikni belgilaщda qo‗llanish kerak. Qolgan hollarda arab raqamlari 
qo‗llaniladi.
Hisob birliklari va fizik kattaliklar birliklarining belgilari jadvallarda, 
formulalarga kiradigan simvollar va sonli koeffitsientlarni tushuntirishda va matnda, 
faqat sonli qiymatlarda qo‗llaniladi va nuqtasiz yoziladi. Standartda quyidagilarga 
yo‗l qo‗yilmaydi: 
– so‗zlashuv iboralarini, texnitsizm va kasbiylikni qo‗llanish; 
– bir tushunchaning o‗ziga ma‘nosi jihatdan yaqin turli ilmiy-texnikaviy 
atamalar (sinonimlar) ni, shuningdek o‗zbek va rus tillarida teng ma‘noli so‗zlar va 
atamalar mavjud bo‗lgani holda chet so‗zlar va atamalarni qo‗llanish; 
– ixtiyoriy yasama so‗zlarni qo‗llanish; 
– rus orfografiyasida belgilanganlardan boshqa qisqartma so‗zlarni qo‗llanish. 
Standart matnini bo‗limlarga ajratish kerak. Bo‗limlar moddalar (punktlar) ga 
yoki kichik bo‗limlar va moddalarga ajratilishi mumkin. Moddalar, zarur bo‗lganda, 
kichik moddalarda bo‗linishi mumkin. Standart matnini moddalarga va kichik 
moddalarga bo‗lishda har bir modda, kichik modda tugal axborotni o‗z ichiga olishi 
zarur. Bo‗limlar, kichik bo‗limlar, moddalar va kichik moddalarni arab raqamlari 
bilan belgilash va abzasdan satr boshidan yozish kerak. Bo‗limlar me‘yoriy hujjatdagi 
asosiy qismning butun matni doirasida (ilovalar bundan mustasno) tartib raqamlari 
bilan belgilanadi. 
Sarlavhalar bo‗limlar, kichik bo‗limlarning mazmunini aniq va kisqa aks 
ettirishi lozim. Bo‗limlar, kichik bo‗limlar va moddalarning sarlavhalarini bosh 
harflar bilan oxiriga nuqta qo‗ymasdan, abzasdan boshlab yozish kerak. Moddalar 
yoki kichik moddalar ichida sanab ko‗rsatishlar bo‗lishi mumkin. Sanab ko‗rsatilgan 
har bir satr oldida defis yoki, zarur bo‗lganda, standartning matnida sanab 
o‗tilganlarning biriga havola qilishda kichik satr harflarini qo‗yish kerak. Kichik 
harfdan keyin qavs qo‗yiladi. Sanab o‗tilganlarni keyinchalik ravshanlashtirish uchun 
arab raqamlaridan foydalanish zarur, bu raqamlardan keyin qavs qo‗yiladi. Jadvallar 


86 
ko‗rsatkichlarning yaqqol ifodalanishi va taqqoslashning bo‗lishi uchun qo‗llaniladi. 
Jadval nomini jadval ustida joylashtirish lozim. Jadvalning bir qismini shu betning 
o‗zida yoki boshqa betga ko‗chirishda jadval nomi uning faqat birinchi qismi ustida 
joylashtiriladi. 
Grafik material – rasmlar (sxemalar, diagrammalar va h,k.) standartga 
ob‘ektning xossalarini yoki tafsilotlarini yaxshi belgilash, shuningdek standart 
matnini yaxshi tushunish uchun joylashtiriladi. Standart matnida grafik materialga 
havola berilgan bo‗lishi kerak. Grafik material o‗zi to‗g‗risida birinchi marta 
eslatilgan matndan keyin bevosita yoki keyingi betda, zarur bo‗lganda esa ilovada 
joylashtirilishi lozim. Matnda joylashtiriladigan rasmlar, sxemalar, diagrammalar va 
h.k. KHYaT standartlarining talablariga muvofiq bo‗lishi lozim. Standartda grafik 
materialni to‗ldiruvchi jadvallar mavjud bo‗lsa, jadvallarni grafik materialdan keyin 
joylashtirish lozim. Grafik materialning biror mavzuga bag‗ishlangan nomi bo‗lishi 
mumkin, bu nomi grafik material tagida quyidagicha joylashtiriladi: 
1-rasm – Asbobning detallari. 
Ilovada joylashtirilgan formulalardan mustasno, matndagi formulalar arab 
raqamlari bilan belgilanishi lozim. Raqamlar formula sathida o‗ng tomonda ikki 
tomonlama qavs ichida yoziladi. Bir formula quyidagicha belgilanadi – (1). Matnda 
formulaning tartib raqamiga havolalar qavslar ichida beriladi. 
Standartda quyidagi havolalar beriladi: 
– ushbu standartga; 
– boshqa standartlarga. 
Ushbu standartga havolalarda bo‗limlar, kichik bo‗limlar, moddalar, kichik 
moddalar, sanab ko‗rsatilganlar, grafik material, formulalar, jadvallar, ilovalar (shu 
jumladan, uning bo‗limlari, kichik bo‗limlari, moddalari, kichik moddalari va 
jadvallari), shuningdek ushbu standartdagi jadvallarning grafalari va satrlari va 
rasmdagi buyum tarkibiy qismlarining pozitsiyalari ko‗rsatiladi. Havolalarda 
quyidagilar yoziladi ― 2 - bo‗limga muvofiq ...‖, ―3.1 ga muvofiq...‖, 3.1.1 bo‗yicha 
...‖, ―4.2.2 ga muvofiq, sanab ko‗rsatilgan b...‖, A.2-rasmga muvofiq ...‖, (5-rasm), 
―(3) formula bo‗yicha ...‖, ―1-jadvalga muvofiq...‖(4-jadval) ―A ilovaga muvofiq...‖ 
(G ilova) va h.k. 
Agar matn, jadvallar yoki grafik materialning mazmuniga tushuntiruvchi yoki 
ma‘lumotnoma ma‘lumotlari zarur bo‗lsa, standartlarda izohlar keltiriladi. 
Standartda keltirilgan alohida ma‘lumotlarni tushuntirish zarur bo‗lsa, bu 
ma‘lumotlarni sahifa ostiga yozuv belgisi bilan belgilab qo‗yish lozim. Sahifa ostiga 


87 
yoziladigan izoh ushbu belgi qo‗yilgan bet oxirida joylashtiriladi va matndan 
ingichka gorizontal chiziq bilan chap tomonda ajratiladi, jadvalda joylashgan 
ma‘lumotlarga izoh esa, jadval oxirida, jadvalning tugallanganligini ifodalovchi 
chiziq ustida yoziladi. Sahifa ostiga yozuv belgisi tushuntirish beriladigan so‗z, son, 
simvol, jumladan keyin satr ustida va tushuntirish matnidan oldinda qo‗yiladi. 
Sahifa ostiga yozuv belgisi qavsli arab raqamlari bilan yoziladi va matn 
shriftining yuqori chetiga teng sathda joylashtiriladi. 
Standartda quyidagi qisqartmalar ruxsat etiladi: raqamlar bilan b.-bet; y. - yil; 
yy. - yillar; min. - minimal; maks. - maksimal; abs. - absolyut; nis. - nisbiy 
qisqartmalari, shuningdek umumqabul qilingan qisqartmalar, ya‘ni h.k. - hokazo; va 
b. - va boshqalar; q. – qarang, nomin, - nominal qisqartmalari. 
Standartda kattaliklarning standartlashtirilgan birliklari, nomlari va belgilarini 
qo‗llanish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə