1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


O„zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.4. O„zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash 
davlat ro„yxatidan o„tkazish va yuritish 
O‗z DSt 1.1-92 "O‗zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. 
O‗zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va 
ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi" standartiga binoan O‗zbekiston Respublikasi standarti 
(bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy 
qo‗mitalar, standartlashtirish bo‗yicha tayanch tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, 


78 
uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‗shma korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan 
ishlab chiqishga yo‗l qo‗yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab 
chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‗yxatida birinchi o‗rinda turadi) hamkorlikda ish 
bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‗lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart Respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat‘iy 
nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni iste‘mol qiladigan va mahsulot ishlab 
chiqaradigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‗zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda 
majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi davlat 
standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararo standarti (GOST 1.5-85)ga muvofiq 
bajariladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - usuliy birlikka erishish maqsadida hamda 
standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy 
etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‗ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq 
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr 
mulohazalar olish uchun yuborish; 
3-bosqich - fikr-mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) 
ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish; 
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tkazish.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‗shib olib borishga yo‗l 
qo‗yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə