1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Kompleks va ilgarilanma standartlashtirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.3 Kompleks va ilgarilanma standartlashtirish usullari 
Kompleks standartlashtirish (KS) – bir maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zarobog‗liq 
talablar tizimini qo‗llash va KS ning ob‘ektiga va uning asosiy elementlariga ta‘sir 
qiluvchi material va nomaterial faktorlarni hamda aniq masalalarni optimal hal 
qilishni ta‘minlash maqsadida olib boriladigan standartlashtirishdir.
Kompleks standartlashtirish elementlariga quyidagilar kiradi:

moddiy kirish (xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar, yarimfabrikatlar);

nomoddiy kirish (ishlab chiqish, loyihalash, sinovlar, ishlab chiqarishga 
qo‗yish va h.k.);

texnologik 
kuzatib 
borish 
(texnologik 
jarayonlar, 
yo‗riqnomalar, 
reglamentlar, retsepturalar, texnologik va sinov asbob-uskunalari va h.k.)larni tashkil 
qiladi 
Kompleks standartlashtirishning asosiy vazifalari: 

xom-ashyo, material, butlovchi buyumlar kabi o‗zaro bog‗liq elementlar, 
ularni tayyorlash texnologiyasi, taxtlab joylashtirish idishi, tashish va foydalanishda 
talab me‘yorini ma‘lum darajada belgilab qo‗yish; 

provard natijada yuqori sifatli mahsulot yoki xizmatlarni ro‗yobga 
chiqaradigan, o‗zaro bog‗langan vositalari bo‗yicha standartlarni ishlab chiqish, joriy 
etish kabi ishlarni belgilab qo‗yish; 

umumtexnika va soha komplekslari bo‗yicha nomoddiy (hujjatlashtirish 
tizimi) obktlarga o‗zaro bog‗liq me‘yor va talablarni o‗rnatishdan iborat. 
Kompleks standartlashtirish dasturiy hujjat bo‗lib, ishlab chiqariladigan yoki 
qayta ishlanadigan provard mahsulot texnik darajasi va sifatiga ashyo, material, 
butlovchi qismlar, jihozlar, metrologik ta‘minot bo‗yicha muvazanatlangan me‘yoriy 
hujjatlar kiradi. Ishlarni bajarish muddatlari va tadbirlar ro‗yxati bo‗yicha ko‗zda 
tutilgan barcha me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqarish va joriy etish jarayonlarini to‗la 
qamrab olinganligini anglatadi. 
Kompleks standartlashtirish ob‘ektlari va ularni tanlash mezonlari.Kompleks 
standartlashtirish ob‘ektlari ba‘zi mahsulot yoki standart turlari bo‗yicha 
chuqurlashtirilgan talablar bo‗yicha hamda bir turli ob‘ekt guruhlari va murakkab 
ob‘ekt tizimlari ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Masalan: 


73 
a) Rangli televidenie muommosini hal etishda nafaqat qabul qilish tizimini, 
balki maxsus uzatish vosita va tizimlarni (stansiya) xalqaro talablar darajasida amalga 
oshirish dasturlari majmuasini yaratish zarur bo‗lishi mumkin. 
b) 
Yarim 
o‗tkazgichli asboblar guruhi: diodlar, tunelli diodlar 
barqarorlashtirgichlari, tranzistirlar va hakoza. 
c) Ayrim mahsulot turi, qo‗llanadigan ashyo material, butlovchi qisimlar bilan 
birgalikda;
d) Zarur bo‗lganda standartlarning ba‘zi talablari, sifat ko‗rsatgichi bita 
bo‗lishiga qaramay o‗zaro bog‗liq omillarini chuqurroq taxlil etilishi. 
Kompleks standartlashtirish ob‘ektlarini tanlash mezonlari sifatida quyidagi 
asosiy ko‗rsatkichlarni olish mumkin: 

kompleks standartlashtirish ob‘ekti bo‗la oladigan darajada iqtisodiy 
maqsadga muvofiq ishlab chiqarish hajmi: 

ish unumdorligini oshirishda samara beradigan mehnatni qayta taqsimlash, 
ilmiy tashkil qilish, ba‘zi bir buyum va butlovchi elementlarni aloxida ajratilgan 
xolda ishlab chiqarish; 

sifatni va raqobatbardoshlikni oshishidan iqtisodiy samara beradigan 
ob‘ektlar: 

konstruktorlik, texnologik va ekspluatsiya ko‗rsatkichlarini o‗zaro 
bog‗liqligidan iqtisodiy samara beradigan ob‘ektlar. 
Kompleks standartlashtirishning yuqori texnik-iqtisodiy samaradorligi eng 
muhim prinsiplarga rioya etilganda quyidagilar ta‘minlanadi: 
Tizimlilik – o‗zaro bog‗langan talablarni ob‘ektning ham o‗ziga, ob‘ektni 
yaratish va ishlatishda foydalaniladigan elementlarga ham o‗rnatish. 
Komplekslik va maqbul cheklov – ob‘ekt sifatiga ko‗plab elementlardan eng 
muhim ta‘sir ko‗rsatuvchi va hal qiluvchi faktorlarni standartlashtirish kerak. 
Istiqbollilik – oldinlovchi standartlarni yaratish. 
Amaldagi me‘yoriy hujjatlar bilan bog‗lash – me‘yoriy hujjatlar mavjud 
joylardan maqsadga muvofiq hajmda foydalanish.
Realizatsiya (amalga oshirish) – standartlashtirish natijalarini joriy etish. 
Kompleks tandartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkil qilish ko‗plab ishlab 
chiqaruvchi tashkilotlarning harakatini muvofiqlashtirishga imkon beradigan 
kompleks standartlashtirish dasturlarini (KSD) ishlab chiqish va amalga oshirish 
bilan ta‘minlanadi. 


74 
KSD mahsulotning eng muhim turlarini: tarmoqlararo qo‗llash mahsulotlarini; 
bir turdagi mahsulotning eng muhim turlarining guruhlarini qamrab oladi.
KSD tuzilishiga quyidagi bo‗limlar kiradi: oxirgi mahsulot, oxirgi mahsulotning 
tarkibiy qismlari; xom-ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, butlovchi qismlar; xarid 
buyumlari; ishlab chiqarishning texnik vositalari; ishlab chiqarishni tayyorlash 
usullari va boshqalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə