1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


III- MODUL. STANDARTLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

 
III- MODUL. STANDARTLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 
3.1 Standartlashtirishning metodologik (uslubiy) asoslari 
Standartlashtirishning keng tarqalgan usullari sifatida birxillashtirishni, 
agregatlashtirishni va turlashni olishimiz mumkin. Aynan shu usullar yordamida 
o‗zaro almashuvchanlikni ta‘minlash mumkin. Endi shu usullarni birma-bir ko‗rib 
chiqaylik. 
Standartlashtirish bo‗yicha faoliyat murakkab va ko‗p qirralidir. Yuqori sifatli 
standartlashtirishga erishish bir qator usullardan foydalanishga mo‗ljallangan. 
Metod (usul) (grekchadan «methodos») – aniqlangan masalani hal etishda 
nazariy yoki amaliy tadqiqotlarni qabul qilish, qo‗llash, yo‗lidir. Metod – bu ko‗p 
marotabali takrorlanishlar uchun oldindan rejalashtirilgan va maqbul bo‗lgan 
murakab faoliyatni bajarish yo‗lidir. 
Standartlashtirishda quyidagi kompleks metod (usul)lardan foydalaniladi: 
- falsafiy; 
- umum ilmiy; 
- maxsus. 
1. Falsafiy usullar. 
Bunga quyidagilar taalluqlidir: 
- teng huquqlilik usuli – nazariy tadqiqotlarning ilmiy usuli bo‗lib, o‗zida ob‘ekt 
to‗g‗risidagi abstrakdan, muayyan hamma tomonlama o‗rganishga harakat qilingan 
fikrlarni ifoda etadi; 
- tarixiy usul – vaqt bo‗yicha o‗zgaruvish va rivojlanishga faoliyat sifatida 
imkon berishga mansub usul; 
- mantiqiy usul – turli nazariyalar ma‘lumotlaridan kelib chiqib ishonchli bilimni 
kafolatlovchi, mantiqiy aloqadorlikni va munosabatni aniqlaydi.
2. Umum ilmiy usullar. 
Bu usullar ilmiy bilishning empirik va nazariy darajasida turli maqsadlarni 
amalga oshirish uchun foydalaniladi. Bularga quyidagilar mansubdir: 
- empirik (kuzatuv, solishtirish, eksperiment, o‗lchash) usullar; 
- nazariy (idellashtirish, shakllantirish, aksiomali usul, ekstrapolyatsiya (narsa va 
hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga 
yoyish yoki tatbiq etish); 
- empirik-nazariy usullar (mavhumlashtirish, tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, 
modellashtrish, tizimlashtirish, sinflashtirish). 


67 
Optimallashtirish usullari: 
- Matematik optimallashtirish usuli – optimallashtirilgan standartlashtirish 
ob‘ektining ishchi holati va matematik modelini batafsil yaratishni tashkil asosidagi 
usul. Bu usul ilgarilanma standartlarni ishlab chiqishda sifatni bashoratlashni 
ta‘minlashi va yuqori aniqligi bilan farqlanadi. Biroq, undan faqat yaxshi o‗rganilgan 
ob‘ektlar, ularni yaratish shartlari va qo‗llanilishini optimallashtirishda foydanalish 
mumkin. 
- Ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan 
xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) yordamida to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bashoratlash usuli. Bosh usuli o‗tgan vaqt statistikasidan foydalanish bo‗lib va 
vaqt bo‗yicha o‗zgarish imkoniyatlarini hisobga imkonini bermaydi. Shuning uchun 
ekstrapolyatsiya usuli qisqa davr vaqtni bashoratlashda foylanish maqsadga muvofiq.
- Funksiya-qiymatli tahlil asosida optimallashtirish usuli, ya‘ni iqtisodiy 
samaradorlik, vaqt bo‗yicha xarajat va samarani solishtirish va bu asosida eng yaxshi 
variantlarni tanlash. Ammo, bu yerda standartlashtirish ob‘ekti (qo‗llanilishi) 
ekspluatatsiyasidan samara variatsiya tahlili nazarda olinmaydi.

Muhandislik 
hisoblari 
(mustahkamlik, 
aniqlik, 
chidamlilik, 
ishab 
chiqaruvchanlik va boshqa ko‗rsatkichlari) asosidagi usul. Taniqli hisoblash 
usullariga: usulning aniqligi juda ham yetarli, ammo u turli ob‘ektlarni solishtirib 
baholash uchun foydalanib bo‗lmaydi, faqat bir turdagi ob‘ektlarga qo‗llash samara 
beradi. 
Ekspertli usullar. Ekspertlarning tajribasi, ziyrakligi, bilimdonligiga asoslangan. 
Ekspertlarning xulosalari yuqori niqlikda, ishonchli, asoslangan, yanglishmagan, 
jamoa fikridan mustaqil, yangilangan, dadil va keng ko‗lamli bo‗lishi lozim. Ekspert 
usullari ob‘ekt to‗g‗risida nazariy yo‗li bilan yoki eksperimental usullar bilan 
ma‘lumotlar olish umkoni bo‗lmagan hollarda qo‗llaniladi.
Quyidagi ekspert usullari mavjud: evristik (aqliy hujum, ssenariyali, anketali) va 
jamoali ekspertizalar. Yanada xolisona va istiqbolli usul bo‗lib ekspertlar guruhi 
doirasida jamoali ekspertiza usuli hisoblanadi. Biroq, muayyan sharoitlarga bog‗iq 
holatlarda bu usullardan kombinatsiyalashgan holda qo‗llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə