1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3. Maxsus usullar. 
 
Ko‗proq ishlatiladigan standartlashtirishning maxsus usullari quyidagilar: 
- unifikatsiya (birxillashtirish); 
- tiplashtirish (turlash); 
- agregatlashtirish; 


68 
- modullashtirish. 
Shuningdek, parametrik standartlashtirish, kompleks standartlashtirish va 
ilgarilanma standartlashtirish kabi maxsus usullar ham mavjud. Ko‗proq va kengroq 
miqyosda ko‗llaniladigan usullarga batafsil to‗xtilib o‗tamiz.
3.2 Amaliyotda ko„proq ko„llaniladigan umum-ilmiy standartlashirish 
usullari 
Standartlashtirish ob‘ektlarini tizimlashtirish standartlashtirishning muayyan 
ob‘ektlari majmuiyni ilmiy ketma-ketlik bilan tasniflash (sinflash) va mayyan 
tartiblashtirishdan iborat. 
Ixtiyoriy ob‘ektni tizimlashtirish foydalanish uchun qulay, aniqlangan tizimni 
shakllantirish va ularni ketma-ketlikda joylashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Tizimlashtirishning eng oddiy tizimi turli lug‗at va ma‘lumotlardan 
foydaniladigan alifbo bo‗lib hisoblanadi. Standartlashtirish ob‘ektlarini tarib 
raqamlashtirish yoki ularni voqealar ketma-ketligiga asoslangan holda joylashtirishda 
qo‗llaniladi. Maslan, GOST, O‗z DSt standartlarini o‗sib borish tartibi bo‗yicha 
raqamlashtirish va undan so‗ng qabul qilingan yili ko‗rsatiladi. 
Kompyuter texnologiyalari asrida yagona tamoyillarni ishlab chiqish va 
usullarni tizimlashtirishda axborot moslashuvchanligini ta‘minlash maqsadida 
sinflashtirish, identifikatsiyalash va kodlashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Turli 
xillikni tizimlashtirishning asosi sinflashtirish (tasniflashtirish) bo‗lib hisoblanadi. 
Tasniflashtirish (sinflashtirish) – ob‘ektlar to‗plamin qabul qilingan usulga 
muvofiq aniqlangan alomatlar asosida farqlash yoki ularni kelib chiqishi bo‗yicha 
sinfli guruhlash (taksonlar)ga ajratishdir. 
Alomatlar – ob‘ekt shaklini boshqalaridan farqlovchi ob‘ektning o‗ziga xos 
xossasidir. Ob‘ektlarni sinflashtirishda ularni umumiy alomatlariga bog‗liq bo‗lgan
sinf, sinf osti, turi, razrayadlar guruhi va boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha joylashtirish 
hamda bir-biriga bo‗ysungan ob‘ektlar tizimi yaratiladi. 
Umumiy sinflash o‗zida ixtiyoriy ob‘ektlar ketma-ketligi usulini namoyon etib 
va uni qo‗llash universaldir, shuning uchun bu usul aniqlashtirishni talab etadi. Faqat 
―sinflashtirish (sinflashgan)‖ tushunchasining 900 dan ortiq ta‘rifi ma‘lumdir. 
Ulardan eng ko‗p tarqalgani va sinflash ma‘nosi to‗g‗risida yetarlicha aniq 
tushunchani 
beruvchi 
quyidagilar 
hisoblanadi: 
ob‘ektlar sinfi yoki bu 
tushunchalarning o‗zaro bog‗liqligini o‗rnatish vositasi sifatida foydlaniladigan, 


69 
inson faoliyati yoki bilimlar sohasida u yoki bu ketma-ket bog‗langan tushunchalar 
(ob‘ektlar sinfi) tizimi.
Sinflashtirish va kodlashtirish fikrlash jarayoni faolligi bilan bevosita bog‗liqdir, 
ayniqsa uning asosiy qismi bo‗lmish, bu ma‘lumotni o‗zlashtirishga javob beradi. 
Shu jihati bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‗yicha 
bajaruvchining ishlarini optimallashtirishga bog‗liqdir. Zamonaviy ishlab chiqarish 
tizimlarida ma‘lumotlarni hiddan ziyod hajmda bo‗lishini hisobga olib, uni aniq 
ishlashi uchun amaldagi vaqt rejimida ulardaga ma‘lumotlarni ko‗lab-quvvatlash 
lozimdir. Bundan ma‘lumotlarni sifatli sinflashda kompyuter texnologiyalarini 
qo‗llash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning optimallashtirish hamda 
shu rejimda vaqtni qiqartirgan holda ma‘lumotlar qayta ishlanadi. 
Tasniflashtirish (sinflashtirish) usullari to‗plam va to‗plam ostilariga bo‗lish 
usuli bilan aloqadorligi darajasi muhim ahamiyatga ega. Ob‘ektlarni sinflashning 
ikkita asosiy: ierarxik va fasetli usuli mavjud. 
Ierarxik usul bo‗yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlik bo‗yicha amalga 
oshiriladi: 
-
ob‘ektning birlamchi to‗plamini aniqlash; 
-
sinflashtirish ob‘ektining asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash; 
-
alomatlarning ketma-ketligi tartibini tanlash – ularni miqdori va bo‗linish 
darajasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə