1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Me‟yoriy hujjatlar bilan ta‟minlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.6.3 Me‟yoriy hujjatlar bilan ta‟minlash 
Foydalanuvchilarni me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash O‘z DSt 1.4:1998 ―O‗z 
SDT. Me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash tartibi‖ talablariga muvofiq bajariladi. 
Manfaatdor tashkilotlarni, ularning qaysi mahkamaga qarashliligidan qat‘iy 
nazar, mahsulotga me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash uchun mas‘ullik me‘yoriy 
hujjatlarni tasdiqlagan idoralarga yuklatiladi. 
Davlatlararo va davlat standartlari bilan ta‘minlash 
O‗zbekiston hududida amalga kiritilgan davlatlararo standartlarni rasmiy nashr 
etish, qayta nashr qilish, qog‗ozda yoki magnitli tashigichlarda nus‘halarini 
ko‗paytirish va tarqatish mutlaq huquqi O‗zstandart Agentligiga yoki bu standartlarni 


97 
qabul qilgan Davarxitekturaqurilishga berilgan. Davlat standartlarini rasmiy nashr 
qilish, qayta nashr qilish, ko‗paytirish va tarqatish huquqi ularni o‗z vakolatlari 
doirasida 
tasdiqlagan 
O‗zstandart 
Agentligi, 
Davarxitekturaqurilish, 
Davtabiatqo‗mita, Sog‗liqni saqlash vazirligiga berilgan. 
O‗zbekiston hududida amal qilinayotgan davlatlararo standartlar to‗g‗risida 
axborot ―O‗zbekistonda amaldagi davlatlararo standartlar‖ ko‗rsatkichida chop 
etiladi. Amaldagi davlat standartlari to‗g‗risidagi axborot ―O‗zbekiston davlat 
standartlari‖ 
ko‗rsatkichida chop etiladi. Barcha yangitdan tasdiqlangan, 
almashtirilgan, bekor qilingan davlat standartlari to‗g‗risida, shuningdek bularga 
kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot har uch oyda (kvartalda) ―O‗zbekiston 
davlat standartlari‖ axborot ko‗rsatkichida chop etiladi. 
Foydalanuvchilarni 
davlatlararo 
va 
davlat 
standartlariga 
kiritilgan 
o‗zgartirishlarning matni bilan ta‘minlash abonentlik yoki bir martalik so‗rovlar 
bo‗yicha bajariladi. 
O‗zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar to‗g‗risida, 
yangitdan ro‗yxatga olingan davlat standartlari to‗g‗risida, davlatlararo va davlat 
standartlariga kiritilgan o‗zgartirishlar, shuningdek standartlarni ishlab chiquvchilar-
tashkilotlar to‗g‗risida tezkor axborot O‘z RN 51-023 ―O‗z SDT. Me‘yoriy 
hujjatlarning Davlat jamg‗armasini butlash, hisobga olish, saqlash va olib borish 
tartibi‖ da o‗rnatilgan tartibda O‗zstandart Agentligining Axborot-ma‘lumotnoma 
markazi (AMM) tomonidan beriladi. 
Umumdavlat tasniflagichlari bilan ta‘minlash 
Foydalanuvchilarni qog‗ozda rasmiy nashr etilgan umumdavlat tasniflagichlari 
bilan ta‘minlash davlat standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Tarmoq standartlari bilan ta‘minlash 
Foydalanuvchilarni tarmoq standartlari va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning 
hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash ishlarini ushbu standartlarni tasdiqlagan 
idora tarmokda o‗rnatilgan tartibda amalga oshiradi. 
Foydalanuvchilarni tarmoq standartlarining hisobga olinmagan nus‘halari bilan 
ta‘minlash O‘z RN 51-023:2004 da o‗rnatilgan tartibda axborot markazlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi tarmoq standartlari to‗g‗risida, axborot ―Tarmoq standartlari‖ har 
yillik ko‗rsatkichida chop qilinadi, shuningdek MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga 
ham kiritiladi. Yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan tarmoq 
standartlari to‗g‗risida va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot ―Tarmoq 


98 
standartlarn‖ har kvartaldagi axborot ko‗rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning 
ma‘lumotlar 
bazasiga 
kiritiladi. 
Ishlab 
chiquvchi-tashkilotlarga 
tarmoq 
standartlarining aslini ushlab turuvchilar-tashkilotlar to‗g‗risida axborot MHDJ ning 
ma‘lumotlar bazasida bo‗ladi. 
Texnik shartlar bilan ta‘minlash 
Foydalanuvchilarni texnik shartlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning 
hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash foydalanuvchilarni abonentlik hisobiga 
qo‗yish yo‗li bilan, asl nus‘hani ushlab turuvchi-tashkilot tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Foydalanuvchilarni texnik shartlarning hisobga olinmagan nus‘halari bilan 
ta‘minlash AMM tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi texnik shartlar to‗g‗risida axborot har yillik ―Texnik shartlar‖ 
ko‗rsatkichida chop etiladi. Yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan 
texnik shartlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot har kvartaldagi 
―Texnik shartlar‖ axborot ko‗rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning ma‘lumotlar 
bazasiga kiritiladi ishlab chiquvchilar-tashkilotlar va texnik shartlarning asl 
nus‘halarini ushlab turgan tashkilotlar to‗g‗risida axborot MHDJ ning ma‘lumotlar 
bazasida bo‗ladi. 
Korxonalarning standartlari bilan ta‘minlash 
Chet iste‘molchilarga yetkazib berish (haridga chiqarish uchun) yaratiladigan va 
chiqariladigan mahsulotga va ularga ko‗rsatiladigan xizmatlarga korxona standartlari 
va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash 
foydalanuvchini abonent hisobiga qo‗ygan holda bu standartlarni tasdiqlagan 
korxonaning axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Foydalanuvchilarni korxonalar standartlarining hisobga olinmagan nus‘halari 
bilan ta‘minlash ishlari AMM tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxonalarning amaldagi standartlari to‗g‗risida ma‘lumot har yillik 
―Texnik shartlar‖ ko‗rsatkichida chop etiladi. Mahsulotga yangitdan tasdiqlangan, 
almashtirilgan, bekor qilingan korxonalar standartlari va ularga kiritilgan 
o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot kvartallik ―Texnik shartlar‖, ko‗rsatkichida chop 
etiladi va MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga kiritiladi. 
Korxonaning bo‗limlarini korxona standartlari bilan ta‘minlash ishlari korxona 
tomonidan o‗rnatilgan tartibda korxona axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxona standartlarini ishlab chiquvchi-tashkilotlar to‗g‗risida 
axborot MHDJ ning ma‘lumotlar bazasida bo‗ladi. 


99 
Rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash 
O‗zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‗mita va Sog‗liqni 
saqlash vazirligi tasdiqlagan, davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar
me‘yorlar, qoidalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‗zgertirishlar 
bilan foydalanuvchilarni ta‘minlash davlat standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Foydalanuvchilarni tarmoq ahamiyatidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, 
qoidalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar bilan 
ta‘minlash tarmoq standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, me‘yorlar, qoidalar va 
boshqa me‘yoriy hujjatlar to‗g‗risida axborot har yillik ―O‗zbekiston davlat 
standartlari‖ ko‗rsatkichida chop etiladi. Tarmoq darajasidagi me‘yoriy hujjatlar 
to‗g‗risidagi axborot har yillik ―Tarmoq standartlari‖ ko‗rsatkichida chop etiladi va 
MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga kiritiladi. 
Xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha 
me‘yoriy hujjatlari bilan ta‘minlash 
Foydalanuvchilarni O‘z DSt ISO/IES 21:2001 ―O‗z SDT. Xalqaro va hududiy 
standartlarni O‗zbekiston davlat standartlari sifatida qabul qilish (ISO/IES 21:1999, 
IDT)‖ ga muvofiq O‗zbekiston davlat standartlari (me‘yoriy hujjatlari) sifatida, unga 
kiritilgan o‗zgartirishlar va ular to‗g‗risida axborot bilan birga qabul qilingan xalqaro 
va hududiy standartlar (yoki boshqa me‘yoriy hujjatlar) bilan ta‘minlash davlat 
standartlari uchun qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston hududida qabul qilinmagan (amalga kiritilmagan) xalqaro va 
hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy 
hujjatlarining nus‘halari bilan ta‘minlash O‗zstandart Agentligining Axborot-
ma‘lumotnoma markazi tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarni asl nus‘ha 
tilida bu me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash va, zarur bo‗lganda, ularning davlat, rus 
va boshqa tillarga tarjimalari bilan ta‘minlash shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilot (ISO) va Standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengash (DAK) ning standartlari va 
boshqa me‘yoriy hujjatlari to‗g‗risida axborot ―ISO katalogi‖ da va ―Davlatlararo 
standartlar‖ 
ko‗rsatkichida keltiriladi. O‗zstandart Agentligi katalog va 
ko‗rsatkichlarni ushbu tashkilotlardan har yili oladi. Xalqaro va hududiy 
tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha boshqa me‘yoriy 
hujjatlarining mavjudligi to‗g‗risida axborot MHDJ ning ma‘lumotlar bazasida 


100 
bo‗ladi. Foydalanuvchilarni bunday axborot bilan ta‘minlash O‘z RN 51-023:2004 ga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Boshqa davlatlarning milliy standartlari va me‘yoriy hujjatlari bilan ta‘minlash 
Foydalanuvchilarni O‘z DSt 1.7:1998 ―O‗z SDT. Boshqa davlatlarning 
davlatlararo, milliy standartlari va me‘yoriy hujjatlarini qo‗llanish tartibi‖ ga muvofiq 
O‗zbekiston standartlari sifatida qabul qilingan boshqa davlatlarning milliy 
standartlari va bular to‗g‗risida axborot bilan ta‘minlash davlat standartlari uchun 
o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Foydalanuvchilarni boshqa davlatlarning standartlari, tarmoqlar, ittifoqlar, 
muhandislik jamiyatlari va jamoat birlashmalarining standartlari, firma va 
korxonalarning texnik shartlari, standartlari va hokazo me‘yoriy hujjatlarining 
nus‘halari bilan ta‘minlash MHDJ ning axborot markazi tomondan amalga oshiriladi. 
Foydalanuvchilar yuqorida keltirilgan me‘yoriy hujjatlarning asl tilidagi nus‘halari 
bilan, zarur bo‗lganda ularning davlat, rus va boshqa tillarga tarjimalari bilan 
shartnoma asosida ta‘minlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə