1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


V- MODUL. TARMOQLARARO STANDARTLAShTIRISh VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

V- MODUL. TARMOQLARARO STANDARTLAShTIRISh VA 
TASNIFLASh TIZIMLARI 
5.1 Tarmoqlararo standartlashtirish tizimlarining maxsus jihatlari
Kompleks standartlashtirishning o‗ziga xos shakllaridan biri – bu oxirgi 
vaqtlarda amalda keng qo‗llanilib kelayotgan tarmoqlararo standartlashtirish 
tizimlaridir. 
Tarmoqlararo standartlashtirish tizimlarini (TST) maxsus ishlab chiqish, 
standartlashtirishning 
erishilgan 
ilmiy–texnik 
darajasini 
tavsiflab 
uni 
rivojlantirishning yangi bosqichi hisoblanadi. Standartlashtirishning ilmiy–texnik 


122 
darajasini oshishi obektiv zarurat bo‗lib fan va texnika taraqqiyotining talablaridan 
kelib chiqadi. 
Maxsulotni ishlab chiqish, uni bozor iqtisodiyoti talablariga binoan 
amallashtirishning tashkiliy–uslubiy va texnik talablarining shakllanishi nafaqat shu 
kun talabi, balki kelajak taraqqiyotni ko‗zlab TST qo‗llanilishining kompleks 
umumtexnik tlablarini ko‗zda tutishni taqazo etadi. 
Standartlashtirishning bunday tizimlarini joriy etish O‗zR standartlashtirish 
sub‘ektlarining barcha amaliy faoliyatlari asoslarini uslubiy bir xilligini ta‘minlaydi. 
2001 yil fevral oyida ishlab chiqilgan 2001–2010 yillarda TST qo‗llash va 
shakllantirish konsepsiyasi O‗zbekiston xo‗jalik yuritayotgan sub‘ektlar va 
standartlashtirish strukturalarining jaxon amaliyotchiligida yangi testni keng qo‗llash 
bilan yanada integrallashuvini, uzviylashtirilgan halqaro me‘yoriy–huquqiy tizimlarni 
O‗zstandart metodologik ta‘sir rolini kuchaytirish, O‗zbekistonning barcha iqtisodiy 
soxasida ilmiy va ishlab chiqarish doiralarini rivojlantirishga olib keladi. 
5.1.1 Konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirishning yagona tizimi 
Konstruktorlik 
xujjatlashtirishning 
yagona 
tizimi. 
Xalq–xo‗jaligining 
rivojlanishi, yangi maxsulot va buyumlarning son va sifat jixatidan o‗sib borish 
jarayoni 
mazkur 
standartlarni 
takomillashtirilishi 
zaruratini 
konstruktorlik 
xujjatlarning yagona tizimi (KXYaT) ni ishlab chiqish yo‗li bilan amalga oshirishni 
taqozo etdi. 
GOST 2.001–70 me‘yoriy xujjatda qayd etilishiga KXYaT barcha 
mamlakatlarda konstruktorlik xujjatlarni bajarish qoida va usullariga bo‗lgan bir xil 
– yagona qoida va talablarni belgilaydi. 
KXYaT maqsadlari: 

konstruktorlik xujjatlarni unifikatsiyasini kengaytirish va ulardan foydalanish, 
almashtirishda qayta ishlovsiz qabul qilish imkonini yaratish; 

konstruktorlik xujjatlashtirishda, ish xajmini kamaytirishga olib keladigan, 
soddalashgan usullarni qo‗llash;

xujjatlarga ishlov berishda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish 
imkonlarini yaratish. 
KXYaT talablari barcha asosiy va yordamchi buyumlarga bir xil tarqaladi. 
KXYaT yangi maxsulot yoki buyum konstruktorlik xujjatlarini ishlab chiqishning 


123 
asosiy bosqichlarini hamda ishlatish va ta‘mirlash xujjatlarining talab mazmunlarini 
belgilaydi. 
Konstruktorlik xujjatlashtirishni unifikatsiyalash: 

har xil soxada xujjatlari qayta ishlovsiz qabul qilish; 

xujjatlar soni va turini ularni ishlab chiqish bosqichlarida tartibga solish; 

chizma, sxema va matnlarni ifodalashni soddalashtirish; 

xujjatlarni ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish; 

yangi maxsulot ishlab chiqish jarayoni texnologik tayyorgarliklarini tez qayta 
sozlash orqali, samarali operatsiyalar qo‗llash va shu kabi istiqbolli tadbirlarni 
amalga oshirish imkonlarini ta‘minlaydi. 
Yangi maxsulotni ishlab chiqish chet el analoglari texnik darajasida (balki undan 
ham yuqori) bo‗lishi, ya‘ni patent – litsenziya tadqiqot natijalari bilan va 
maxsulotning texnik daraja kartasini ishlab chiqish isbotlanishi zarur. 
Vazifalari va mazmuniga ko‗ra KXYaT standartlari 10 tavsifiy guruxlarga 
bo‗linadi: 
0 -
umumiy qoidalar; 
1 -
asosiy qoidalar; 
2 -
buyumlarning KX da tavsiflanishi va belgilanishi;
3 -
chizmalar bajarilishining umumiy qoidalari; 
4 -
mashinasozlik va asbobsozlik buyumlar chizmalarining bajarilish qoidalari;
5 -
KX ga munosabatlar (xisobga olish, saqlash, nusxalashtirish, tuzatma 
kiritish); 
6 -
ishlatish va ta‘mirlash xujjatlarini bajarish qoidalari; 
7 -
sxemalarni bajarish qoidalari; 
8 -
qurilish va kemasozlik xujjatlarini bajarish qoidalari; 
9 -
boshqa standartlar.
Standartlar KXYaT i ISO talablariga muvofiqlashtirilgan va ilmiy –texnik 
taraqqiyot va rivojlanish yo‗nalishini xisobga olgan xolda doimiy tuzatishlar kiritish 
extiyojida bo‗ladi. 
KXYaT 
rivojlanishning 
asosiy 
yo‗nalishlari zamonaviy informatsion 
texnologiya takomillashuvini hisobga olagn xolda KX lar taqdimotini elektron va 
mashinalashtirilgan shakl va usullari vositasida amalga oshirilmog‗i darkor. 
KXYaT ning asosiy qoidalari – uning ta‘rifi, vazifasi, tarqalish doirasi, 
tasniflarining tarkibi va KXYaT ning belgilanishlari GOST 2.001–70 «YeSKD. 
obщie polojeniya» da belgtlangan. 


124 
Texnologik xujjatlashtirishning yagona tizimi. Sanoatda texnologik xujjatlarning 
xilma-xilligi, rasmiylashtirish qoidalarining xar xilligi ishlab chiqarish masalalarini 
murakkablashtiradi, xujjatlarni almashtirish imkonini cheklab, bir xillashtirish 
standartlashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini qo‗llashga xalaqit beradi.
1975 yildan texnologik xujjatlarni unifikatsiyalash maqsadida xalqaro butjam 
standartlashtirish – texnologik xujjatlashtirishning yagona tizimi (TXYaT) yuritilgan. 
Bunda butjam xalqaro standartlashtrishning o‗zaro bog‗liq me‘yor va qoidalari, 
buyumni ishlab chiqishda va ta‘mirlashda butjamlash, texnologik xujjatlashtirish 
munosabatlari va rasmiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish o‗zining butjam 
ifodasini topgan. 
Butjam TXYaT:

texnologik xujjatlarni ishlab chiqish va qo‗llashda har xil usul va vositalardan 
foydalanish; 

texnologik xujjatlarni boshqa korxonalarda minimal qayta rasmiylashtirish 
bilan foydalanish; 

texnologik xujjatlarning unifikatsiyalashgan blanklarini qo‗llash va ularni 
maqsadga muvofiq ko‗paytirish; 

ishlab chiqarish tavsifiga binoan uning turi, tarkibi, texnologik jarayonning 
mohiyatiga ko‗ra yagona qoida va yozuv usullarini qo‗llash; 

ishlab chiqarish menejmentiga jarayonlarni avtomatlashtirish sharoitini 
yaratish; 

mehnat sarfi va texnologik xujjatlarni ishlab chiqarish vaqtini kamaytirish 
imkonlarini beradi. 
TXYaT standartlari KXYaT butjam standartlari Bilan hisobga olish, ro‗yxatdan 
qo‗nim, tuzatma kiritish va shu kabi ishlar bo‗yicha o‗zaro bog‗liqdir. 
Xuddi KXYaT kabi TXYaT ham 10 ta tasnifiy guruhli tarkibdan iborat: 
0 -
umumiy qoidalar 
1 -
asoslashtirilgan standartlar 
2 -
TX tasnifi va belgilanishi
3 -
Detal (yaroq) va yig‗ma birikmalarni buyum olishda qo‗lanilishini va 
texnologik jihozlanganlik vositalarini hisobga olish 
4 -
Asosiy ishlab chiqarish TX va ularni jarayonga rasmiylashtirish, ish turlari 
bo‗yicha ixtisoslashtirish qoidalari shakli 
5 -
Asosiy ishlab chiqarish, TX sinash va nazorat qilishga rasmiylashtirish 
qoidalari shakli 


125 
6 -
Yordamchi ishlab chiqarish, TX shakllari va ularni rasmiylashtirish 
qoidalari 
7 -
TX to‗ldirish qoidalari 
8 -
TXYaT ni rivojlantirish uchun rezerv TX 
9 -
Informatsiya bazasi 
TXYaT da TX ning tasnifli belgilash tizimi qabul qilingan bo‗lib, har bir ishlab 
chiqilgan xujjatlar uchun bir xil mustaqil belgilash nazarda tutilgan, bu esa ularni 
boshqa jarayonlarda qo‗llashda o‗sha belgilashlarni saqlab qolishni ta‘minlaydi. 
Mahsulotga va uni ishlab chiqishni yo‗lga qo‗yishda TX turi va xilini tanlash 
imkoniyati aniqlangan.
TXYaT standartlari buyumni ta‘mirlash bo‗yicha yaxlit TX lari uchun talablarni 
belgilaydi.
Ishlab chiqarish taraqqiyotining dinamikasi va mahsulot sifat o‗zgarishlari 
jarayonlari TX ni o‗zgartirish, tuzatmalar kiritish talablarini keltirib chiqaradi.
TXYaT standartlarining asosi bo‗la oladigan standartlarga quyidagilar kiradi:

GOST 3.1102-81

GOST 3.1108-74 

GOST 3.1103-74 

GOST 3.1104-81 

GOST 3.1105-74 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə