1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

ILOVALAR 
 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
QONUNI 
28.12.1993 y. 
№ 1004-XII 
 
STANDARTLASHTIRISH TO„G„RISIDA 
 
Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‗zgartirishlar kiritilgan 
O‗zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni, 
O‗zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni 
O‗zR 30.04.2013 y. O‗zRQ -352-son Qonuni 
I Bo‗lim. Umumiy qoidalar (1-4-1 moddalar) 
II Bo‗lim. Standartlashtirishga doir hujjatlar (5-8 moddalar) 
III Bo‗lim. Standartlar ustidan davlat nazorati (9-11 moddalar) 
IV Bo‗lim. Davlat yo‗li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir 
ishlarning moliyaviy ta‘minoti. Standartlarni qo‗llashni rag‗batlantirish (12-19 
moddalar) 
I BO„LIM. 
 UMUMIY QOIDALAR 
1-modda Standartlashtirishni asosiy maqsadlari 
2-modda Davlat standartlashtirish tizimi 
3- modda Standartlashtirish ishlarini o‗tkazish 
4-modda Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
5-modda Xalqaro shaotnomalar va bilimlar 
1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: 
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda 
«mahsulot» deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‗lig‗i va mol-mulkiga, atrof 


166 
muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste‘molchilar va davlat 
manfaatlarini himoya qilishdan; 

mahsulotlarning o‗zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini 
ta‘minlashdan; 

fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholining hamda xalq 
xo‗jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish 
imkonini oshirishdan; 

barcha 
turdagi 
resurslar 
tejalishiga 
ko‗maklashishdan, 
ishlab 
chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilashdan; 

ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar 
va loyihalarni 
amalga 
oshirishdan; 

tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga 
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‗jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini 
ta‘minlashdan; 

iste‘molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati 
to‗g‗risida to‗liq va ishonchli axborot bilan ta‘minlashdan; 

mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta‘minlashdan; 

o‗lchovlarning yagona birlikda bo‗lishini ta‘minlashdan iboratdir. 
2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
standartlashtirish 
ishlarini 
o‗tkazishning 
umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish 
tizimi faoliyat ko‗rsatadi. 
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta‘minlashni: 

xalq xo‗jaligi tarmoqlarida — O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish agentligi («O‗zstandart» agent¬ligi); 

qurilish, 
qurilish 
indus¬triyasi 
sohasida, 
shu jumladan 
loyihalash 
va konstruksiyalashda — O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo‗mitasi; 

tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni 
ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‗zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi; 

tibbiyot uchun mo‗ljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori 
vositalari sohasida, shuningdek mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan 
import bo‗yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar 


167 
miqdorini aniqlash masalalarida — O‗zbekiston Respublikasi ¬Sog‗liqni saqlash 
vazirligi; 

mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta‘minlash, mudofaa, 
ahamiyatiga molik mahsulotlar ¬sohasida — O‗zbekiston -Respublikasi Mudofaa 
vazirligi amalga oshiradi. 
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‗z vakolatlari 
doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda «standartlar» deb 
yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‗llashga doir yo‗riqnomalar va izohlarni 
ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. 
Z-modda. Standartlashtirish ishlarini o‗tkazish 
«O‗zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini 
o‗tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv 
organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl 
va usullarini belgilaydi. 
«O‗zstandart» agentligi, O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura 
va qurilish qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi va O‗zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‗z vakolatlari 
doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. 
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot 
jamg‗armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste‘molchilarni 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‗zbekiston Respublikasi standartlari, 
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek 
standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy 
axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga 
oid axborotlar bilan ta‘minlaydilar. 
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar 
amalga oshiradilar. 
4-modda. Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
Standartlashtirish 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan 
va O‗zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar 
Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‗zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida ta‘riflanganidan o‗zgacha qoidalar belgilangan bo‗lsa, u holda xalqaro 
shartnoma yoki bitim qoidalari qo‗llaniladi. 


168 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə