1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


IV Bo„lim. DAVLAT YO„LI BILAN STANDARTLASHTIRISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
1 ìúàðóçà ¢¡

IV Bo„lim. DAVLAT YO„LI BILAN STANDARTLASHTIRISH 
VA NAZORAT QILISHGA DOIR ISHLARNING MOLIYAVIY TA‟MINOTI. 
STANDARTLARNI QO„LLASHNI RAHBATLANTIRISH 
11-modda. Davlat yo‗li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir 
ishlarning moliyaviy ta‘minoti 
Ctandartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: 

xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, 
normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish; 

aniq standartlashtirish ob‘ektlari bo‗yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, 
shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini 
ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta‘minlash; 

texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‗g‗risida 
rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor 
foydalanuvchilarga yuborish; 

standartlashtirish 
bo‗yicha 
umumdavlat, 
ahamiyatiga 
molik ilmiy-
tadqiqot va o‗zga ishlarni olib borish; 

standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib 
borish; 

standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro 
(davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari 
va tavsiyalarini, 
xorijiy 
mamlakatlarning 
milliy 
standartlarini, 
shuningdek 
standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlar Davlat 
reestrini shakllantirish hamda yuritish; 

standartlashtirish sohasida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
aniqlaydigan o‗zga ishlar davlat yo‗li bilan moliyaviy ta‘minlanishi shart. 
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot 
klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga 
muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan 
(qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‗lar, 


173 
shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima 
mablag‗larining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda 
davlat 
nazorati 
organlariga 
yo‗llanadigan 
qismi 
ham standartlashtirish, 
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir 
ishlarni moliyaviy ta‘minlash manbalari bo‗lishi mumkin. 
Respublika budjeti mablag‗laridan to‗liq yoki qisman ta‘minlanadigan davlat 
dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta‘minlash bo‗limlari 
nazarda tutilishi lozim. 
12-modda. Standartlar qo‗llanilishini rag‗batlantirish 
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‗ljallangan, an‘anaviy 
texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‗z ichiga 
olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulotni ishlab 
chiqaradigan 
xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari iqtisodiy qo‗llab-quvvatlanishi 
va rag‗batlantirilishini kafolatlaydi. 
Mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
amalga 
oshirayotgan 
va mahsulotlarni 
standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alash huquqini olgan xo‗jalik faoliyati 
sub‘ektlarini 
iqtisodiy 
qo‗llab-quvvatlash 
va rag‗batlantirish chora-
tadbirlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 


174 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə