1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

8.3 Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni
 
Tekshiruv mazmuni, korxona, birlashma va tashkilotlar faolitiga bog‗liq holda 
quyidagicha bo‗lmog‗i darkor: 


158 
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda davlat soha 
standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa 
ko‗rsatmalarini standartlart talablariga to‗g‗ri kelishini; 
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab 
chiqalishi, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik boshqichlarining 
to‗g‗riligi va shu kabilar; 
- transport va xizmat sohalarida ko‗rsatilayotgan xizmat yoki transport 
vositalarining 
mahsulotga 
mosligi, 
qadoqlash, 
tamirlash, 
yuklash-tushirish 
sharoitlarining talabga javob berishi; 
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish 
holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi; 
- foydalanadigan va iste‘mol qiladigan tashkilotlarda, to‗g‗ri foydalanish va 
to‗g‗ri iste‘mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining 
me‘yordan oshib ketmasligi. 
Ko‗rsatilgan barcha ob‘ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida qanday 
o‗lchab, qanday nazorat qilish vositalariga alohida e‘tibor beriladi. 
Standartlarga rioya etilganlik nazorati: 
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki 
buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot 
yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi 
ishlarni o‗z ichiga olmog‗i zarur. 
Korxonalarda standartlar6ni qo‗llanilishi va ularga amal qilish tartiblari 
quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo‗li bilan nazorat qilinishi mumkin. 
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida 
dastlabki ma‘lumotlar belgilab olinadi; jumladan: 
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi; 
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi; 
- etalon (namuna)ning mavjudligi; 
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o‗tkazilgan tekshiruv natijalarining 
mavjudligi. 
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha 
ma‘lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi. 
Me‘yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo‗llanilishi, ularga rioya qilinishi, 
ko‗rilgan va ko‗rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi 


159 
buyruqlarning 
mavjudligi, 
ularning 
bajarilishi. 
Konsturuktorlik-texnologik 
hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va x.k. 
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so‗ng zarur namunalar tanlab olinadi va 
nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo‗llanilayotgan standart, texnik 
shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to‗g‗ri kelishligi. Texnologik 
reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo‗yicha barcha omillarni o‗lchov asboblarining 
metrologik holati tekshiriladi. 
5. Qo‗llanilayotgan standart talablarining buzulmaganligi, uni takomillashtirish 
borasidagi yangi standartlarni qo‗llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi. 
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma‘lumotlarni umumlashtirilganligi haqida 
aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə