1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

Taranglik


– yig‗ilguniga qadar val diametri teshik diametridan katta bo‗lib, 
bu ikki diametrning haqiqiy o‗lchamlari orasidagi farqga aytiladi, ya‘ni 
d > D N = d–
D

Taranglik detallarni yig‗ishdan so‗ng qimirlamayligan birikma hosil qiladi. 
Taranglik bilan qo‗nim – deb birikmada detallarning tarangligini ta‘minlab 
joylashtirishga aytiladi. Qo‗zg‗almaydigan (qimirlamaydigan) qo‗nim. 
Bunday joylashtirishda talab qilingan paytda kamgina tirqish va talab qilinganda 
kamgina taranglik bo‗lishi mumkin. 
Qo„nim qo„yimi
– tirqish bilan qo‗nimda ruxsat etilgan eng katta va eng kichik 
tirqishlar orasidagi yoki taranglik bilan qo‗nimda ruxsat etiladigan eng katta va eng 
kichik tarangliklar orasidagi farqqa aytiladi. 
TS = S
max
-S
min
– tirqish bilan qo‗nimdagi tirqish qo‗yimi. 
TN = N
max
-N
min
– taranglik bilan qo‗nimdagi taranglik qo‗yimi. 
TS (TN) = S
max
+N
max
– erkin o‗tishli qo‗nim qo‗yimi. 
Barcha turdagi qo‗nim uchun qo‗yimi miqdor jixatidan teshik va val 
qo‗yimlarining yig‗indisiga tengdir. 
Ya‘ni: 
TS(TN)= TD+Td. 
Tirqish – tutashuvchi teshik va val o‗lchamlari orasidagi musbat farqdir. 
Taranglik – yig‗ishgunga qadar val o‗lchamlaridan katta bo‗lib tutashuvchi 
teshik va val o‗lchamlari orasidagi musbat farqdir.
Qo‗nim qo‗yimi – eng katta va eng kichik tirqish yoki taranglik orasidagi farq. 
Tirqish bilan qo‗nim – birikmada tirqishni ta‘minlab qo‗nim dir. 
Taranglik bilan qo‗nim – birikmada taranglikni ta‘minlab qo‗nim dir. 
O‗tishli qo‗nim – talab qilinganda tirqish va talab qilinganda taranglikni 
ta‘minlab o‗tkazishdir. 
7.3.2 Qo„nim tizimlari va ularning standartlashtirishdagi ahamiyati
 
 
Qo‗yimi va qo‗nim lar tizimi bu tajriba nazariy va eksperimental tekshirishlar 
asosida aynan tuzilgan va standartlari shaklida (ko‗rinishida) rasmiylashtirilgan 
qo‗yimlar va qo‗nimlar qatorlarining majmuidir. 
Qo‗yim va qo‗nim lar tizimi mashina detallari umumiy birikmalari uchun 
minimal zaruriy, lekin amaliyot uchun yetarli bo‗lgan qo‗yim va qo‗nimlarni tanlash 
uchun mo‗ljallagan bo‗lib, kesuvchi asboblari va kalibrlarni standartlashtirishga 
buyum va ularning qismlarini (detallarni) loyihalash, ishlab chiqarish va o‗zaro 


155 
almashinuvchanlikka erishish, shuningdek ularning sifatini oshirishga imkoniyat 
yaratadi. Hozirgi paytda jahon mamlakatlarining ko‗pchiligi ISO ning qo‗yim va 
qo‗nimlar tizimini qo‗llaydilar. ISO tizimi metall ishlash sanoatida halqaro texnik 
aloqalarni osonlashtirish (yangilashtirish) milliy qo‗yim va qo‗nimlar tizimini 
unifikatsiyalash uchun yaratilgandir. 
ISO halqaro tavsiyanomalarining milliy standartlarda qo‗llanish turlicha 
mamlakatlarda tayyorlanilgan bir turdagi detallarni, tashkil qiluvchi qismlarni va 
buyumlarni (mashinalar) o‗zaro almashinuvchanligini ta‘minlashga sharoit yaratib 
beradi. Mamlakatimizda esa ISO standartlari va tavsiyanomalarining yagona tizimi 
(DO‗YaT) ga o‗tmoqdalar. Bunga o‗tishdan maqsad respublikamizda sanoatni 
ixtisoslashtirish zaruratligi, halqaro savdoni
rivojlantirish va undagi texnik to‗siqlarni 
bartaraf qilishdir.
Bu shuningdek mamlakatimiz maxsulotlarini jahon bozorida 
xaridorgirligini oshirishni ta‘minlaydi. 
ISO ning qo‗yim va qo‗nimlar tizimi va respublikamizning DO‗YaT – umumiy 
mashina detallari uchun qat‘iy bir yagona prinsip asosida tuzilgan. Standart bo‗yicha 
qo‗nimlarning ikkita teng huquqli tizimi o‗rnatilgan: Teshik tizimi (TT) va val tizimi 
(VT). Shuningdek qo‗yim va qo‗nimlarning jadvallari ham teshik tizimi va val 
tizimida tuzilgan. 
Teshik tizimida – (TT) teshik asosiy detal bo‗lib hisoblanib, qanday qo‗nim
bilan joylashtirishdan qat‘iy nazar nominal o‗lcham bo‗yicha ishlov beriladi 
(detalning tanasiga qo‗yim berilib), turli xildagi qo‗nimlar tirqish, o‗tishli, taranglik 
bilan) valning chekli o‗lchamlarini o‗zgartirish hisobiga ta‘minlanadi, TT – dagi 
qo‗nimlar N bilan belgilanadi.
Val tizimidagi (VT) qo‗nimlarda – val asosiy detal bo‗lib hisoblanib qanday 
o‗tkazilishidan qat‘iy nazar, nominal o‗lchov bo‗yicha ishlov beriladi (detal 
tanasining qo‗yimi bilan), turli xildagi qo‗nimlar esa teshikning chekli o‗lchamlarini 
o‗zgartirish hisobiga ta‘minlanadi. VT dagi qo‗nimlar (h) bilan belgilanadi.
Barcha qo‗nimlar uchun «TT» da teshikning pastki og‗ish – EI=0, barcha 
qo‗nimlar uchun val tizimida (VT) valning yuqorigi og‗ishi ES=0. 
Demak, asosiy teshikning qo‗yim maydonlari nol chizig‗idan yuqoriga, valniki 
esa nol chizig‗idan pastga joylashtiriladi. Shunday qilib, teshik tizimida teshik 
qo‗yimi teshikning o‗lchamini oshiradi, val tizimida esa val qo‗yimi valning 
o‗lchamini kamaytiradi. Mashinasozlikda qo‗yimlar joylashishining ikkala tizimi 
ham, teshik tizimi ham, val tizimi ham ishlatiladi, val yoki teshik tizimini, u yoki bu 
qo‗nimlarni tanlash konstruktiv, texnologik va iqtisodiy nuqtai nazardan aniqlanadi. 


156 
Biriktirilgan detallarning o‗zaro ishlashi nuqtai nazaridan olganda bu ikkala 
tizim bir-biriga aynandir. Lekin, teshik tizimi val tizimidan ishlab chiqarish jixatidan 
birmuncha afzalroqdir. Chunki detallarni teshik tizimida yig‗ish uchun ishlov 
berganda kesish va o‗lchash asboblari ancha kam ishlatiladi. Bundan tashqari teshikni 
valga moslashdan ko‗ra, valni teshikka moslash ancha oson va arzonga tushadi. 
Shuning uchun ham mashinasozlikda ayrim xollarda val tizimini ishlatish 
ma‘qulroqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə