Maktabda geografiya maydonchasini tashkil etish


Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#161991
1   2   3   4   5
Abdulla Avloniy va Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat 
arboblarining asarlarida aks etgan.

O`zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. 
G`ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, 
A.Qayumov, S.G`anieva v.b. Navoiyning hayot yo`li 
haqida asarlar yaratishgan.


Lirik merosi
• Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she`rlarini 
yig`ib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, 
so`ngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning 
boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar 
nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib 
berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 
misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to`rt 
devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy 
she`riyatining mavzular doirasi keng, janrlar 
ko`lami (16) xilma-xil. G`azallari «oshiqona, 
orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan 
o`rganiladi. G`azallarida insoniy muhabbat, 
ilohiy ishq bilan uyg`un holda ulug`lanib, 
«majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal 
qilingan. Alisher Navoiy she`riyatidagi zohiriy 
ma`no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni 
ham o`rgangandagina ularni idrok etishga 
erishish mumkin.


• «Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy 
nazmga solingani bo`lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta`limiy 
qarashlar o`z aksini topgan.
• O`R FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qo`lyozmasi 
saqlanadi, undan ko`pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. 
H.Sulaymon tomonidan yig`ilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-
Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. 
«Navodirun-nihoya» O`R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir 
bo`lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), 
Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko`chirilgan.


Xamsa
• Alisher Navoiy ijodining yuksak cho`qqisi 
«Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir 
birinchilardan bo`lib, turkiy tilda to`liq 
«Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday 
ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab 
berdi.
• «Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod 
va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», 
«Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.
• «Hayratul-abror»da hamd, munojot, na`t, 
hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, 
borliqqa, tabiatga, insonga bo`lgan falsafiy, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, 
axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. 
Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai 
nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning 
hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo`lida 
ulusdan o`ta olmaganini anglatish bilan 
o`zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini 
anglatadi.


• «Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari 
orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini 
belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki 
o`sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini 
uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini 
badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o`zining 
komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy 
dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an`analari 
yangilangan bo`lsa, undan keyin bu syujet turk 
mumtoz adabiyotining o`zak muammolarini hal 
etishda asosiy o`rin tutdi va bu yo`nalishda Ahmad 
rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, 
Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi. 


• «Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari 
orqali ma`lum syujet o`zining tugal shaklini 
topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda 
qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, 
Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin 
bo`ldi. «Xamsa» tarkibidagi «Sab`ai sayyor» va 
«Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bog`liq 
masalalarni birinchi o`ringa olib chiqdi. Bu 
dostonlar xamsanavislik an`anasida o`zining 
ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan 
ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon 
Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi. 



• O`R FA ShI qo`lyozmalar fondida 15-20 asrlarda 
ko`chirilgan 166 qo`lyozma saqlanadi. Ulardan 84 
tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
• «Xamsa» haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, 
J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; 
rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, 
E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, 
A.Semyonov; turk olimlari F.Ko`prulu, A.S.Levend, 
K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; o`zbek 
olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, 
T.Jalolov, S.Nazrullaeva, A.Abdug`afurov, 
M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari ma`lum.
• O`zMUda «Xamsa»ni tadqiq etish borasida 
B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, 
D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.


Tasavvufiy asarlari
• Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining 
ruhiga singgan bo`lsa-da, maxsus «Lisonut-tayr» 
dostoni(1499)da, «Nasoyimul-muhabbat» manqabasi]]"(1495-
96)da, «Tarixi anbiyo va hukamo»(1485-8), «Arbain», 
«Munojot» singari asarlarida aks etgan.
• «Lisonut-tayr»da borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, 
tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari 
orqali bayon qilgan.
• O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng Navoiy asarlarini 
diniy va so`fiylik jihatidan o`rganish kengaydi, ular ob’ektiv va 
ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari 
chop etildi. Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotil-quds» 
tazkirasini tarjima qilib va to`ldirib, so`z yuritilgan 618ta 
shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.


Nasriy asarlari
• Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan 
iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-
falsafiy yo`nalishdadir.
• «Mahbubul-qulub»(1500-01) Navoiyning so`nggi yirik 
asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti 
davomidagi kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z 
yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat 
bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» 
(1), axloqiy muammolar (2), «mutafarriqa favoyid va 
amsol surati» (3) masalalari ifodalangan.



• Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida 
ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti 
lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida 
hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
• «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti 
Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot 
yo`nalishida bo`lib, ularda shoirga ustozlik qilgan 
buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
• «Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari 
to`plami (jami 88 ta xat) bo`lib, ular sog`inchlik 
xatlari, navro`z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy 
o`gitlar, sulhnomalar va boshqa yo`nalishlardadir. 
Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy 
shaxslarga bitilgan.


Ilmiy-filologik merosi
• «Majolisun-nafois» (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi 
yozilgan dastlabki tazkira bo`lib, unda shoir sakkiz majlis 
doirasida 459 shoir va adib haqida ma`lumot bergan. Birinchi 
va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo`lmagan 
shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to`rtinchi 
majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida 
Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi 
majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va 
shahzodalar haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Asar Fahriy 
Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali 
Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima 
qilingan. 


• Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarini o`z zamonidagi turkiy 
lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-
grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga 
bag`ishladi. Jonli xalq tilida qo`llanilgan ko`plab so`zlarni 
asarga kiritib, adabiy tilda qo`llanilishiga sababchi bo`ldi. 
O`zigacha ishlatilgan so`zlarni yangi ma`no qatlamlarini ochdi. 
O`zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg`ariydan so`ng 
ilmiy asosga soldi. O`zbek tilining badiiy va estetik 
imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo`ldi. Fors va turk 
tillarida yaratilgan eng yirik va e`tiborli asarlarga murojaat qildi, 
shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. 
• Aruz nazariyasiga bag`ishlangan «Mezonul-avzon»(1492) 
asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon 
tushuntirdi. Turk yozma va og`zaki she`riyati namunalarining 
vazn xususiyatlarini o`rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan 
birga turk she`riyati murakkab aruz tizimini boyitganini 
anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. 
To`qqizta yangi vazn va she`riy shaklni aniqladi. Turklik 
tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi. 


• Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 
asrning 20-yillaridan yo`lga qo`yildi. Bu yo`nalishda Fitrat, 
Oybek, A.Sa`diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, 
H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, 
O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari 
e`tiborli. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə