34
О„zini о„zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda.
Mahalla mamlakatimizda kо„p asrlardan buyon mavjud bо„lsa-da,
О„zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyingina
u munosib ijtimoiy-
huquqiy maqomga ega bо„ldi.
1992 yil 12 sentabrda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Farmoni bilan
"Mahalla" Respublika xayriya jamg„armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda
"Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlari tо„g„risida"gi Qonun
(
О„zRning
"Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlari tо„g„risida”gi Qonuni. О„zR OMning Axborotnomasi. 1999.
5-son. 110-modda
)
qabul qilinganining о„ziyoq mahalla institutining davlat tomonidan
qо„llab-quvvatlanayotgaligining yorqin dalilidir.
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga о„tish
davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid yangi ijtimoiy
munosabatlarning vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni ma‟lum
normalar bilan
tо„ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999 yil 14 aprelda О„zRning
"Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlari tо„g„risida” yangi tahrirdagi
Qonuni qabul qilindi
Fuqarolar о„zini о„zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga
qaratilgan hujjatlar jumlasiga О„zR Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi
"Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlarini qо„llab-quvvatlash tо„g„risida"gi
Farmoni, О„zR VMning 1999 yil 19 apreldagi "Mahalla posboni" jamoat
tuzilmalari va Fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish
organlari huzuridagi
yarashtirish komissiyalari tо„g„risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori
mamlakatimizda fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlari tizimining
rivojlanishida muhim rol о„ynadi.
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning xotirjam mehnat
qilishini ta‟minlashda mahallaning xizmati katta. Fuqarolarning о„zini о„zi
boshqarish organlari tomonidan
jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi
kurash va uning oldini olishda fuqarolarning ongli ishtirok etishini maqsad qilib,
1999 yil 19 aprelda "Jazoni о„tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-
maishiy
jihatdan
va
ishga
joylashishda
yordam
kо„rsatish bо„yicha
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi
maxsus
komissiyalar, "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va fuqarolarning
о„zini о„zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari tо„g„risida"gi
nizomlarni tasdiqlash haqida VMning qarori qabul qilinib, respublikamizning
barcha hududlarida "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari tashkil etildi.
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy
faolligini
oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandalik
kabi illatlardan forig„ etish, aholini tom ma‟nodagi fuqarolik jamiyatini barpo
etishga safarbar qilish.
О„zbekistonda fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish
organlari tomonidan
ajralishlarning oldini olish va nizolashayotgan taraflarni yarashtirish masalasida
qator ishlar amalga oshirilmokda. Ta‟kidlash joizki, fuqarolar yig„inlarida faoliyat
olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining vazifasi faqat nizoli oilalardan
kelib tushgan arizalarni kо„rib chiqishdangina emas, balki nizoni keltirib
chiqaruvchi sabablarni atroflicha о„rganib, oilalarda sog„lom turmush tarzini keng
35
targ„ib qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz ta‟kidlaganidek, "Oilaviy
kelishmovchiliklarni nari
borsa mahalla doirasida, kо„pni kо„rgan keksalar, faollar yordamida, hech kimga
ovoza qilmay, ortiqcha rasmiyatchilikka yо„l qо„ymay
hal etish bu ota-
bobolarimiz amal qilib kelgan azaliy odatdir. Bunday yarashuv jarayonlarini
mahallalarda amalga oshirish uchun obrо„li oqsoqollar, ota-onalar bor, kerak
bо„lsa,
jamiyatda odob-axloq, sharmu hayo kabi fazilatlarni mustahkamlashga
xizmat qiladigan ma‟naviyat faollari, mahalla imomlari bor. Biz ularning bilim va
tajribasi, kuch va imkoniyatlarini jamiyat hayotining ustuni bо„lgan oilani
mustahkamlashga qaratmoqchimiz. Bir sо„z bilan aytadigan bо„lsak, biz
yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etyapmiz. Lekin har bir hayotiy
masalada bizning о„z fikrimiz, о„z qarashimiz bor"
(
Dostları ilə paylaş: