131
qo‘llanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Junni qayta ishlash
texnologik jarayoni quyidagilardan iborat: qishloq xo‘jaligidan olingan
junni qayta ishlash uchun fabrikalarga kel tiriladi. U yerda jun tarkibidagi
iflosliklardan tozalanadi va nav larga ajratiladi.
Junni ifloslikdan tozalash ikki xil usulda amalga oshiriladi:
1. Quruq usulda — taroqlar yordamida junni titib, tarkibidagi ifloslik
ajratiladi.
2. Ho‘l usulda — junni ma’lum konsentratsiyada yuvib, toza laniladi
va quritiladi.
Jundan tayyor mahsulot olishga
qadar mavjud texnologik
jarayonlar:
Junni qayta ishlash
jarayonlari quyidagilar,
navga ajratish-toy lash
fabrikaga jo‘natish-titish-quruq tozalash-ho‘l tozalash-quritish-yigirish-
to‘qish-bo‘yash-tayyor mahsulot.
Junning tuzilishi va xususiyatlari
Xonaki va yovvoyi hayvonlar terisida
joylashgan tola qatlam jun
bo‘lib, u o‘z xususiyatlariga ega.
Jun tolasining piyozchasi, ildizi va sterjeni barchasi terining yuzasiga
joylashgandir. Ildiz yonida joylashgan yog‘
va ter ajratib chiqaruvchi
bezlar hayvon terisining xu susiyatiga qarab, har xil miqdorda yog‘ aj ratib
chiqaradi. Junning tolasi qancha dag‘al bo‘lsa, undan ajralib chiqayotgan
yog‘ miqdori kamayib boradi.
Masalan, mayin jun tarkibida salkam 11 % yog‘ va 7 % ter bo‘ladi,
dag‘al junda esa 4 % yog‘, 8 % ter bo‘ladi.
Jun qatlami ko‘ndalang kesimi bo‘yicha uch qatlamdan iborat bo‘lib,
4.6-rasm. Xom zig‘irni savash chizmasi:
1 — xom zig‘ir; 2 — panjara; 3 — savash barabani; 4 — havo soplasi;
5 — transportyor o‘rish moslamasi; 6 — savalagich (yoki savagich).
4
3
2
y
B
1
B
A
D
E
B
5
x
Q
2
Q
D
Q
1
a)
3
A
D
2
6
b)
132
sirtqi, ichki va o‘zak qatlamlardan iborat.
1. Sirtqi qatlami — tolaning tashqi qatlamini tashkil etadi. Bu
qatlam halqa simon ravishda joylashgan bo‘lib, 40—70 ta qavatni tashkil
etadi.
2. Ichki qatlam — sirtqi qatlamdan so‘ng joylashgan bo‘lib, qa linligi
3—10 mkm ni, uzunligi esa 80—100 mkm ni tash kil etadi. Bu qatlamda
bo‘yash mod dalari mavjud bo‘lib, pigmentni tashkil etadi.
3. O‘zak qatlam — ushbu qatlam
barcha turdagi junlarda
bo‘lavermaydi. Junning dag‘alligi
qancha oshsa, uning o‘zak
qat lami
oshib boradi.
Dostları ilə paylaş: