141
Ish unumdorligi bo‘yicha konveyer usuli ancha samarali hisoblanadi.
Unda tasmasining tezligi o‘rtacha 6 mm bo‘lgan konveyer atrofida 10 ta
ishchi bo‘lib, ular birin-ketin saralash ishlarini amalga oshiradilar. Dastlab,
junning past navlari, so‘ngra esa yuqori navlari ajratib olinadi.
Iflos junlar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Jonivorning badanidan ajralib chiqqan moddalar asosida ifloslanish
(yog‘, ter, kepak va hokazo).
2. Tashqi tomondan ifloslanish (material,
organik moddalar
ta’sirida).
Junning ifloslik darajasi uni oladigan jonivorning turiga hamda
mavsumga ham bog‘liq. Ifloslik fraksiyasi O‘rtacha quyidagi miqdorda
o‘zgaradi:
a) yog‘ massasi — 4—25 %;
b) ter miqdori — 2—42 %;
d) mineral va boshqa chiqindilar — 4—30 %.
Mineral chiqindilarga: qum,
loy zarralari, tuproq qoldiqlari kiradi.
Undan tashqari o‘simlik shoxlari, bargi, pichan, somon qoldiqlari ham
jun tarkibida bo‘lishi mumkin. Jonivordan ajralib chiqqan chiqindi
hisobiga junning ifloslanishini undan ajratib
olish ancha murakkab
hisoblanadi. Uni ajratish uchun junni yuvishdan oldin ancha muddatga
ivitib qo‘yiladi.
JDI fabrikasida quyidagi jun yuvish agregatlari o‘rnatilishi mumkin:
a) Ivtekstilmash zavodi (Rossiya);
b) Dafama (Polsha);
d) Petri Maknot firmasi (Angliya);
e) Sharpante firmasi (Belgiya);
f) Tekstima firmasi (Germaniya).
Junni yuvishdan oldin titish jarayoni
I. JDI texnologiyasining dastlabki operatsiyalaridan biri — bu titish
jarayonidir. Titishdan asosiy maqsad uyumlanib, buralib qolgan junni titib,
yozib tashlashdan iborat. Shunday qilinsa, uning tarkibidagi iflosliklarni
ajratish holati osonlashadi. Jun qancha xafsala bilan titilsa, shuncha yaxshi
yuviladi, ya’ni yuvish jarayoni ning samarasi ancha oshadi.
Bundan tashqari, yuvish vositalari ham iqtisod qilinadi. Masalan, 100 kg
yaxshi titilmagan junni yuvish uchun 7,2—8,9 kg kir sovun sarf etilsa, yaxshi
titilgan junga esa 5,9—6,0 kg kir sovun sarf etiladi.
II. Junni titish uchun asosan maxsus titish mashinalari ishla tiladi.
Ular 3 turga bo‘linadi:
142
a) merinos va yuqori sifatli nomerinos junlari uchun qo‘lla niladigan
titish mashinalari;
b) dag‘al va past navli nomerinos junlari uchun qo‘lla niladigan titish
mashinalari;
d) dag‘al — o‘ralib qolgan junlar uchun qo‘llaniladigan titish
mashinalari.
Texnologik jarayon yaxshi borishi uchun ushbu mashinalarga quyidagi
asosiy talablar qo‘yilgan:
1. Jun tolasining tabiiy xususiyatini saqlash (uzunligi,
pishiq ligi,
yo‘g‘onligi va boshqalar).
2. Texnologik jarayonni to‘liq amalga oshirish.
3. Chiqayotgan mahsulotning bir tekisligini ta’minlash.
4. Texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlash.
5. Texnologik mashinalarga xizmat ko‘rsatishning qulay bo‘lishi.
6. Ba’zi texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirishga erishish.
7. Texnologik jarayonga sarf etilayotgan elektrenergiyani ka may-
tirishga erishish.
8. Ish unumdorligining yuqoriligini ta’minlash.
9. Ishchi maydonini qisqartirishga erishish.
10. Konstruksiyaning soddaligini ta’minlash.
11. Texnika xavfsizligi tomonidan to‘liq ta’minlash va ekologik
tozalikka erishish.
Dostları ilə paylaş: