91
nuqtasi: ikkinchisi – o’tuvchanlik rolini o’ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy
holatdir.
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g’oyalari.
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini o’rganishning nihoyatda murakkab
qismi bo’lib, uni nihoyatda masuliyat bilan o’rganish zarurdir.
Nemis klassik
falsafasi frantsuz ma’rifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda
kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz
rivojlanishida yangi tuzum
manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqlni eski idealogiyaga qarshi
hukmronligi to’g’risidagi g’oyani e’tirof etadi va rivojlantiradi. Nemis jamiyatiga
hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XV asr oxirida bo’lib o’tgan
frantsuz inqiloblari
juda katta tasir ko’rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bo’lib o’tgan inqiloblardan
izchil va qat’iy farq qiladi. Germaniyada falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning
ma’lum darajada rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Nemis klassik – falsafasida
Germaniyadagi o’tmish falsafiy fikrlar an’analariga
nisbatan murosachilik
munosabatda bo’lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy
xulosalari o’zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama
–
qarshi turar edi. Lekin o’z pozitsiyalarida izchil bo’lmasdan nemis klassik
falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: