A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


«А » korhonada soliq to‘Iangunga qadar



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

«А » korhonada soliq to‘Iangunga qadar
foyda hajmining o ‘sish sur’ati
(ming so ‘m)
8
.
6
-jadval
№ Ko‘rsatkichIar
2012
yil
boshi
2012
yn
oxiri
Mutlaq
farq,
(+,-)
O'sish
surati,
(%)
1.
Umumxo‘jalik faoliyatidan 
ko‘rilgan foyda (zarar)
12405
14111
+1706
113,75
2
.
Favqulodda foyda (zarar)
-
-
-
-
3
.
I
Soliq 
to'iangunga qadar 
foyda(zarar) (lq. +,-2q.)
12405
14111
+1706
113,75


Jadval m a’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «A»korhonada solicj 
to ‘langunga qadar foyda hajmi 2012-yil oxiri yil boshiga nisbatan 
1706 ming so‘mga oshgan yoki uning o'sish sur’ati 113,75 %ni 
iashkil etdi. Jamiyatda hisobot yili davomida favqulodda foyda va 
zarar ko ‘rilmagan. Tahlil qilinayotgan «А» korhonning so f foyda 
hajmini oshirish uchun katta imkoniyat boTgan. Hisoblangan 7 ta 
omildan 5 tasining ta’siri salbiy bo‘lgan. Agar ushbu omillar 2012- 
yil boshidagidarajada saqlanib qolinganida edi, so f foyda summasi 
369634 
ming 
so‘mga 
oshgan 
boTar 
edi 
(308334+45064 
+11574+2516+2146). U holda, sof foydaning umumiy hajmi hiso­
bot yili 374111(369634+4477) ming so'm ni tashkil qilgan bo‘lar 
edi. Demak, so f foyda hajmini oshirish bo‘yicha imkoniyatlar 
mikdori 369634 ming so‘m ga teng ekan.
Binobarin, «А» korhonaning boshqaruv m a’muriyati kelajakda 
oqilona tahlil natijasida aniqlangan ichki imkoniyatlardan to ‘liq 
foydalanish, ularni amaliyotga q o lla sh y o ‘llarini ishlab chiqishi 
lozim. Soliq toTanguncha qadar foydani taqsimlash deganda 
foydani davlat budjeti daromadlarini tashkil etishiga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning ichki pul m ab lag iari fondlarini barpo 
etishga va ularning boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo ‘naltirish 
tushuniladi.
Foydani taqsimlash, avvalo, uning umumiy miqdorini alohida 
tartibda davlat budjetiga ioydadan soliq hamda boshqa soliq va 
ajratmalar ajratishni nazarda tutadi. Soliqlar to'langandan so‘ng 
korxonalar tasarrufida qoladigan sof foyda dividendlar toTashga va 
zahira sarmoyani to ‘ldirishga yo‘naltiriladi. Taqsimlanmagan qismi 
bugalteriya 
balansi 
passivining 
2-bo‘limi 
<<0‘z 
mablag‘lari 
manbalari» 450-satri «Taqsimlanmagan foyda» da ko‘rsatiladi. Agar 
korxona 
zarar 
ko'rgan 
bo‘Isa, 
shu 
satrda zararning 
hali 
qoplanmagan qismi ko‘rsatilib, o‘z mablag‘lari summasining yakuni 
xuddi shu m iqdorga kamaytiriladi (480-satr).
Foydani taqsimlash zamirida butun jam iyat manfaatlarini 
mehnat jam oalari va har bir xodimning manfaatlari bilan uyg‘un- 
lashtirish, ularda o ‘z faoliyatlarini takomillashtirishdan, foydani 
ortishi va undan ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy rivojlanish, 
xodimlarni moddiy rag ‘batlantirish uchun foydalanishdan manfaat- 
dorlikni vujudga keltirish yotadi. «А» korhonada 2012-yil oxiri
126


bo‘yicha o ‘rtacha hisobda foydaiiing 68,27%i davlat budjetiga 
lushgan, 31,73%i esa tashkilotlar ixtiyorida qolgan. Foyda ko‘rsat- 
kichlarini oqilona tahlil usuli amaliyotga joriy qilinsa, korxona- 
larning raqobatbardoshligini ta’minlash, bankrotlik holatini oldini 
olish, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatni oshirish, hamda ulaming 
xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy baho berish irnkoni boiadi.
X o‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari 
foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olin­
gan so f tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxi o ‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YAF=SST-IT,
bunda,
YAF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan 
olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o Lrtasidagi tafovut va 
p'yus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus 
boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF=YAF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshqa zararlar;
- xo'jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy 
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan 
ko'rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
U F=AFF+MD-MX,
bunda.
UF - umumxo‘jaIik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to ‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik 
faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) 
vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
127


STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF - soliq to ‘langungacha olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko ‘rilgan zarar;
-
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik 
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o ‘zida foydadan to'lanadigan 
soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar 
va to'lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar 
olingan foydani ifodalaydi:
SF=STF-DS-BS,

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə