Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


AKTLARI VA IRODAVIY JARAYONLAR



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix28.11.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#134409
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

AKTLARI VA IRODAVIY JARAYONLAR.
Reja: 
1.
Ish harakatlarning buzilishi. 
2.
Iroda buzilashlari. 
3.
Harakat aktlari va irodani tekshirish. 
Tayanch tushunchalar. 
Motiv – faoliyatga undovchi kuch yoki sabab 
Gipobuliya – iroda faolligini kamayishi 
Abuliya – irodaning keskin ziflashuvi, istakning yo'qolishi 
Ergograf – muskullar ish qobiliyatini va charchash dinamikasini 
o'rganish uchun maxsus asbob 
Kishiga shaxs sifatida baho berishda uning hulq atvori, faoliyati 
birinchi darajali ahamiyatga egadir. Faoliyatni ta'rifi uchun motiv, maqsad va 
faoliyatni amalga oshirish usuli degan tushunchalar muhim hisoblanadi. 
Inson faoliyati ish harakatlar bilan ifodalanadi. Ish harakatlar o'z 
navbatida harakatlardan tashkil topadi. 
Ruhiy kasalliklar uchun ish harakatlarning turli shaklda buzilishi 
harakterlidir. Murakkablagi jihatidan har hil bo'ladigan ongli ish harakatlar 
o'rnini ko'pincha oddiy, avtomatlashgan ish harakatlar egallab oladi. Bunday 
kasallarning harakati va nutqida stereotipiya ko'riladi (bir hildagi harakat va 
so'zlarni takrorlash) 
Ish harakatlarning buzilishi apraksiyali kasallarda ayniqsa yaqqol 
namoyon bo'ladi. Apraksiyalar miyaning harakat analizatoriga qarashli 
qismlari shikastlanganida, ko'pincha tepa sohalari shikastlanganida ko'riladi. 
Insonning xatti harakatlari va amallari beixtiyor va ixtiyoriy bo'lishi 
mumkin. Beixtiyor amallarida ongning ishtirok etishi shart emas. Beixtiyor 
xarakatlardan farqli ravishda iroda yoki ixtiyoriy xarakatlar, oldimizga 
qo'yilgan aniq maqsadga erishish uchun ularni ongli ravishda tartibga 
solishga qaratilgan holda amalga oshiriladi. 


24 
Irodani ishga solish, irodali bo'lish uchun inson o'z oldidagi to'siqlarni 
yenga olishi darkor. Irodali bo'lish xar kimning o'ziga bog'liq. Shu jixatdan 
irodasi bo'sh odamlar farq qilinadi. 
Odamning irodasi tarbiya, o'qish va mehnat faoliyatida vujudga 
keladi. Turmushda uchraydigan qiyinchiliklar iroda bilan yengiladi. Bunda 
bolalikdagi tarbiyaning ahamiyati beqiyos. 


Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə