Paydo bo‘ldi



Yüklə 20,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.06.2023
ölçüsü20,44 Kb.
#117385
fayl



O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30
sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik
ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati
paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Boshlang‘ich
ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar
haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga
6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi.
6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash
maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni
har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm
yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab
chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”,
maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning
maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga
tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida
amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda
ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-
maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning
muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z
muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish
malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
kiritildi. 
Dastur (kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola
rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha
ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 6-7 yoshli
bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha
ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli
pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.


Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar
bilan belgilanadi:
• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi;
• maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi
(bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
• umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
• ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
• g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun
quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi:
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng
imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar
bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki
muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;
• 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar
maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga
mo‘ljallangan;
• maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.
Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:
• istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo‘lishini
ta’minlashga;
• amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishga;
• oila va jamoalar bilan hamkorlik;
• ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va
ustuvorliklarni e’tiborga olish;
• qulay, do‘stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
Majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi
tamoyillarga asoslangan:
• bolaga yo‘naltirilgan ta’limga yondashuvi;
• inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish;
• bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim
muhitining xususiyatlarini belgilash;
• maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o‘yin asosida
ta’lim berish;
• bola – ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
• rejalashtirish va baholash samaradorligi;
• bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni
hamkorlik asosida jalb etish;
• interfaol ta’lim;
• integrativ o‘qitish.
Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki
mustaqil, o‘yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida
ham to‘liq bajarilishi lozim.

Yüklə 20,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə