Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

1.2. Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi
Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlar 
mavjud. «Avesto» ta’limoti, “Qur’oni Karim» saboqlari, Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810– 970), Abu Iso 
Muhammad ibn Iso at–Termiziy (824– 892) kabi Hadis ilmining ulug‘-
lari, tasavvuf ilmi (sufiylik tariqati)ning namoyondalari: Bahovuddin 
Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubrolarning 
komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalari, “ustoz-shogird” munosabatlari, 
ilm o‘rganish borasidagi ta’limotlari bilan Sharqda ta’lim-tarbiya 
jarayonining rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ularning pedagogik 
qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o‘rin egalladi.
Sharq Uyg‘onish davrining 1-bosqichida yashab, ijod etgan Abu 
Nosir Farobiy (789– 950), Abu Ali ibn Sino (980– 1037), Abu Rayhon 
Beruniy (937– 1051), Kaykovus (X1 asr), Ahmad Yugnakiy (X1 asr), 
Mahmud Qoshg‘ariy (X1 asr) kabi allomalar ta’lim-tarbiyaga oid 
dunyoviy fikrlari bilan dovrug‘ qozondilar.
Sharq Uyg‘onish davrining 2-pallasida yashab ijod etgan o‘zbek 
badiiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy
o‘zi ning tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan noyob asarlari, 
dostonlari, she’riyat olamidagi merosi bilan insonshunoslik to‘g‘-
risidagi fanning shakllanishiga zamin yaratgan bo‘lsa, ilmiy tafakkur 
va falakiyot ilmi sohasida yetuk dunyoqarash sohibi Mirzo Ulug‘bek
ma’rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa adiblar 
o‘zlarining o‘lmas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo‘shdilar.
Yevropo faylasuflari Tertullian (160–222), Avgustin (354–430), Akvi-
nat (1225–1274)larning pedagogik ta’limotlari garchi muvaffaqqiyat 
qozongan bo‘lmasada, Rotterdamlik Erazm (1466–1536), italiyalik 
Vittorino de Feltre (1378–1446), fransiyalik Fran sua Rable (1494–
1553) va Mishel Monten (1533–1592)larning inson parvarlik g‘oyalari, 
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari pedagogik g‘oyalar rivojida muhim 
ahamiyat kasb etdi. Didaktikaning asoschisi, chex olimi Yan Amos 
Komenskiyning ta’lim tamoyillari, shakllari va uslublari to‘g‘risidagi
ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon
Lokk (1632–1704)ning 


23
“jentelmen tarbiyasi” – tadbirkor va ma’rifatli, ishbilarmon va ziyoli, 
e’tiqodi kuchli shaxs tarbiyasiga oid ta’limoti bugungi kunda ham o‘z 
dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Fransuz ma’rifatparvar mutafakkirlari 
Deni Didro (1713–1784), K.Gelvetsiy (1715–1771), P.Golbax (1723–
1789), Jan Jak Russo (1712–1778) larning demokratik va gummanistik
qarashlari, shveytsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotssi (1746–1827)
ning o‘quvchilarning ma’na viy tarbiyasi va rivojlantiruvchi ta’lim 
nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik olimlar Iogann Fridrix Gerbart (1776–1841), Jon 
Dyui (1859–1952), Edvard Torndayk (1874-1949)larning fanga 
“tarbiyaviy ta’lim”, “dars modeli”, “rivojlantiruvchi topshiriqlar tizi-
mi”, “eksperimental pedagogika”, “test usuli” kabi tushunchalarni 
kiritish lari, noan’anaviy pedagogik ta’limotlari, nemis olimi Fridrix 
Adolf Disterveg (1790–1886)ning ta’lim tamoyillari muammolariga 
qarashli nazariyasi insonlarni hanuzgacha noyobligi, originalligi bilan 
hayratga soladi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi Konstantin Dmitriyevich 
Ushinskiy (1824

1870)ni o‘qitishning xalqchilligi nazariyasi, ulug‘
yozuvchi, olim, pedagog va tanqidchi Lev Nikolaevich Tolstoy 
(1828

1910) ning o‘qitish jarayonidagi hayotiylik tamoyili ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. 
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munavvarqori Ab-
du rashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla 
Av loniy, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda
ka bilar Turkiston maorifi va ta’lim-tarbiya tizimi rivojiga salmoqli hissa 
qo‘sh dilar. Ular o‘zlarining sermazmun hayoti va faoliyat lari bilan ha-
nuzgacha yosh avlodga ibrat namunasi bo‘lib kel moqda. 
O‘qitishda innovatika masalalari, taksonomiya kabi ta’lim naza-
riyalariga asos solgan amerikalik olimlar – Benjamin Blum, Govard 
Gard nerlar (XX asr) pedagogikaning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo‘shdi lar.
Muammoli ta’lim hamda rivojlantiruvchi ta’lim nazariyalarini 
o‘qitish jarayoniga tatbiq qilgan olimlar S.T.Shatskiy, V.Davidov, 
N.Zankov, K.Babanskiy, I.Podlasiylar zamonaviy pedagogikaning 
salmog‘ini yanada oshirishdi.
24
Shaxsning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga doir qarashlar 
N.Leontev, L.A.Karpenko, G.K.Lozanov, G.A.Kitaygorodskaya 
(Rossiya), R.Mavlonova, O.To‘rayeva, O.Hasanboyeva, R.Inog‘omov, 
T.Risqiyevlarning ilmiy qarashlarida o‘z aksini topdi. Ta’limda 
texnologik yondashuv, o‘quv jarayonini loyihalash, ta’lim tex-
nolo giyasi samaradorligini aniqlash va baholash M.Ochilov, N.Sa-
yidahmedov, N.Azizxodjayeva, B.Abidov, M.Usmonboyevalar ishla-
rida yoritildi. Shuningdek, rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyalari 
N.N.Sunsov, I.A.Zimnyaya, B.Bershadskiy, V.Zankov, K.Klarin, 
M.Monaxov, V.Choshanov, B.F.Lomov, A.K.Markova, B.Bespalko 
(Rossiya) va respublikamiz olimlari S.S.G‘ulomov, B.Farberman, 
R.H.Jurayev, J.G‘.Yo‘ldoshevlarning ishlari orqali zamonaviy pe-
dagogik muammolarning yechimini topishga zamin yaratildi. 
O‘zbek milliy pedagogikasining rivojlanishiga katta hissa 
qo‘shgan K.Hoshimov, A.Zununov, S.Nishonova, O.Hasanboyeva, 
E.Seytxalilov, M.Quronov, O.Musurmonovalar yosh avlodni tar-
biyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish 
va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy 
mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim-
tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini o‘z asarlarida chuqur yoritadilar.
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi 
ta’limotlar, g‘oyalar kashf qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi, 
ammo tarbiya jarayonidagi insonni chuqur o‘yga cho‘mdiradigan 
muammolar hanuzgacha o‘z yechimini to‘laqonli topganicha yo‘q. 
Shu sababli zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga 
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib 
tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda 
ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy 
materiallarni o‘z ichiga qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, 
uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Zamonaviy pedagogika fan sifatida 
shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsadi va 


25
vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari 
haqidagi fanga aylandi. Natijada bularning barchasi pedagogika 
fanining alohida tarmoqlari vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Jumladan, 
pedagogika tarixi
mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika 
fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi 
ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning 
bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan 
foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə