Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida  “FSMU” metodini



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
BLI Nodira

 
Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida 
“FSMU” metodini
qo‘llaymiz. 
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy 
fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni 
o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, 
mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda 
amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. 
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
– qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif 
etiladi; - har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan 
qog‘ozlarni tarqatiladi:
– ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot 
qilinadi. 
 F -fikringizni bayon eting. 
 S -fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating. 
 M -ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. 
 U -fikringizni umumlashtiring. 


FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va 
mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Namuna
Fikr:
O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari mehri daryo o’zbek 
onalariga bag‘ishlangan qasidadir.
Topshiriq
: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil 
qiling. 
O‘qituvchi talabalarning fikrlarini tahlil qiladi va faol qatnashgan talabalarni 
rag’batlantiradi.
Uyga vazifa uchun topshiriq. 
O‘qituvchi talabalarga mavzu bo‘yicha 
ma’lumotlarni klaster jadvaliga joylashtirishni topshiriq qilib beradi hamda 
topshiriqni qanday tartibda bajarish uchun tavsiyalar beradi. 
“Klaster” grafik organayzeri
“Klaster” (g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) grafik organayzeri puxta o‘ylangan 
strategiya bo‘lib, uni ta`lim oluvchi(talaba)lar bilan yakka tartibda, guruh asosida 
tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan 
g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini 
yaratadi. 
Talabalar “Klaster” grafik organayzerida bilimlarini umumlashtirish
jamlashlari uchun birinchidan, asarni to‘liq o‘qib chiqadilar, ikkinchidan, 
sinchiklab 
o‘qiydilar, 
uchinchidan, 
ma’lumotlarni 
tizimlashtirishni 
o‘zlashtiradilar.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə