Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
BLI Nodira

XULOSA VA TAVSIYALAR 
Bugungi kunda zamonaviy ta’lim metodlari o‘z maqsadi va mohiyatiga 
ko‘ra an’anaviy ta’limdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining ichki 
imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratishga 
xizmat qiladi. Bunda ta’lim oluvchilarning o‘zlarini o‘quv faoliyatining sub’ekti
sifatida his qilishlari, o‘z ustida ishlashlari, o‘z-o‘zini rivojlantirishlari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bitiruv loyiha ishida mavzu bo‘yicha ma’lumotlar nazariy 
jihatdan o‘rganib chiqildi. Mavzuga aloqador bo‘lgan bir qator zarur ilmiy-
metodik adabiyotlar tahlil qilindi. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, 
xususan, interfaol ta’lim texnologiyalarining o‘zbek adabiyotini o‘qitishda 
qo‘llanilishiga oid ilmiy-uslubiy manbalar o‘rganildi va tahlil qilindi. Malaka 
oshirish davrida olingan bilimlarga tayangan holda bitiruv loyiha ishida “O‘zbek 
adabiyoti” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar uchun zamonaviy interfaol 
metodlardan foydalangan holda dars ishlanmalari tayyorlandi. Shuningdek, 
mustaqil ta’lim soatining shakl va mazmuni ko‘rsatildi.
Ishda, asosan, ta’lim jarayonida talabalarning ilmiy-nazariy tafakkurini 
o‘stirishga, ularni faollashtirishga qaratilgan “Idrok xaritasi”(Mindmapping), 
“Erkin yozish metodi”, Aqliy hujum, FSMU metodi, BBB jadvali, Keys-stadi 
texnologiyalaridan ma’ruza va amaliy darslarni o‘tkazishda foydalanish haqida 
to‘xtalib o‘tildi. Bu, albatta, ta’lim samaradorligini oshishiga xizmat qiladi hamda 
talabalarda shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga, ulardagi iqtidorning yanada yaqqol 
namoyon bo‘lishida, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarining shakllanishiga va 
mavzularni yuqori darajada o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Talabalar va 
o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi hamda talabalarning 
ko‘proq o‘z ustida ishlash ma’suliyatini oshiradi. Chunki interfaol metodlarda
o‘qituvchi tayyor bilimni bermaydi, u talabalarni to‘g‘ri yo‘l sari yo‘naltiradi. 
Fikrlarni jamlashga o‘rgatadi, savollar yordamida muammoning yechimini 
topishga undaydi. 
Zamonaviy ta’lim metodlari vositasida “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy 
ruh mavzusining badiiy talqini” modulini o‘qitish asosida talabalarda fuqarolikka 


doir kompetentlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati 
barpo etilayotgan mavjud sharoitda dolzarb pedagogik ahamiyatga ega 
masalalardan biri hisoblanadi. Talabalar yozuvchi ijodi va asarlarini puxta 
o‘rganishlari va o‘z faoliyatlarida olgan bilimlarini mohirona tarzda qo‘llashni 
bilishlari lozim. 
Bo‘lajak tarjimonlarda o‘zbek adabiyoti, xususan, O‘tkir Hoshimov ijodini
o‘rganishga doir kompetentlikni rivojlantirish, ularni badiiy tarjimaga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning talabaga hurmat bilan yondashish, qiziqish 
va ehtiyojlarini inobatga olish, ishonch va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, 
hamkorlik, sub’ektivlik, tanlash va individual yondashuv kabi tamoyillarga 
asoslanishi ularni ta’lim muassasasi va jamiyat ijtimoiy hayotiga faol jalb etishda 
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
O‘tkir Hoshimov ijodi talabalar ma’naviyatini yuksaltirishda, badiiy didini 
o‘stirishda, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda beqiyos imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan ma’naviy boylikdir. Yozuvchi ijodini o‘qitishda, bir tomondan, 
yaratilgan xarakter namunalariga tayanib tarbiyalanuvchilar o‘y-fikrlari, 
kechinmalarning, tuyg‘ularining tarbiya topishi - tozarishi maqsad qilib olinsa, 
ikkinchi tomondan, ularda milliy vatanparvarlik, yurt uchun mas’ullik tuyg‘usini 
kamol toptirish vazifasi amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek adabiyotini o‘qitish jarayonida 
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish uchun ta’lim muassasalarida 
faoliyat 
olib 
borayotgan 
professor-o‘qituvchilarga 
innovatsion 
ta’lim 
texnologiyalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha o‘z sohasining yetuk 
mutaxassislarini jalb etgan holda, maxsus seminar-treninglar tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə