Pedagogik axloqning tarixiy ildizlari


Yunoniston va Rim pedagoglarining o’qituvchi odobiga doir qarashlari



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#134212
1   2   3   4   5
Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlar

Yunoniston va Rim pedagoglarining o’qituvchi odobiga doir qarashlari
Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o’tgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o’rnatildi. Bu yerda o’ziga xos ta‘lim-tarbiya tizimlari va pedagogik ta‘limotlar yaratildi. Yunonistonlik olimlar-Demokrit (460-370), Suqrot (469-339), Aflotun (427-347), Arastu (383-322); shuningdek mashxur Rim pedagogi Kvintilian (42-118)lar o’z asarlarida ta‘lim-tarbiya, o’qituvchi axloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratdilar.
Masalan, Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g’oyasini o’rtaga qo’ygan. O’qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarur ekanligini uqtirgan. Ta‘limning kishi tabiatini o’zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o’qitishga majburlash usulidan ko’ra, ishontirish vositasidan foydalanish afzalligini, salbiy namunalarning zararligini ta‘kidlagan edi.
U tarbiyada mehnatning roli muhimligini ko’rsatib, pedagoglar, ota-onalar bolani yomon o’rnakdan ehtiyot qilib, yaxshi hulq hosil qilish uchun foydali xatti-harakatlarni ko’proq mashq qildirishlari lozim degan edi.
Aflotun bola tarbiyachiga itoat qilishi zarurligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. U bolani muttasil nazorat qilib borish; uning yaxshi xulqi, itoatkorligini rag’batlantirish, itoatsizlik qilsa-qo’rqitish va urib bo’lsa ham to’g’ri yo’lga solish lozimligini ta‘kidlaydi. “Agar pedagog yoki ota-ona,- degan edi u,- bolaga: mana bu adolatli, bu esa adolatsiz, bu ishni yaxshi qilish yaxshi, bu esa uyat, bu narsa muqaddas, bu esa nopoklik; bu ishni qilish kerak, bunisini qilmaslik lozim, deb aytmasa va ko’rsatmasa bolani tarbiyalay olmaydi” (Xrestomatiya po istorii zarubejnoy pedagogiki. Moskva, “Prosveshenie”, 1981, 19-bet).
Arastuning “Iskandarga nasihat”i (qarang: “O’zbek pedagogikasi antologiyasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1995, 39-46 betlar) da bayon etilgan pedagogik g’oyalar yoshlarni axloqiy tarbiyalash nuqtai nazaridan hamon qimmatini yo’qotmagan. Shuningdek, Arastuning “Afina siyosati” asarida tasvirlangan (qarang: Pisarinko V. I., Pisarinko I. Ya. Pedagogicheskaya etika. Minsk, 1977, 10-11 betlar) afinaliklarning o’qituvchilarni saylash taomili ham o’qituvchi bobida diqqatga sazovordir. Chunonchi, muallimdan yoshlarga sinfiy burchga sadoqat, intizomlilik, davlatni boshqara olish kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalash talab etilgan. Saylab qo’yish-o’qituvchi-tarbiyachilar zimmasiga katta majburiyatlar yuklagan. Bu taomil Afina davlatida pedagoglik ishining ommaviyligini, unga katta e‘tibor berilganini ko’rsatadi. O’qituvchi etib saylangan qituvchi etib saylangan kishi unga davlatning kelajagi-yoshlarni tarbiyalashdek ulug’ vazifa ishonib topshirilganidan faxrlangan. Davlat va tarbiyalanuvchilar bilan o’qituvchi o’rtasidagi muomala, munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga amal qilish talab etilgan.
Rim pedagoglaridan eng mashxuri-Mark Fabiy Kvintilian “Notiqni tarbiyalash to’g’risida” nomli asarida pedagog muammolarni, shuningdek o’qituvchi odobiga doir masalalarni ham bayon etadi. Kvintilian o’z zamonasida Grek va Rim pedagogik g’oyalarini yaxshi o’rganib, notiqlar maktabida ko’p yillar o’qituvchilik qilib orttirgan katta tajribasii umumlashtiradi. Uning fikricha, bola maktabda ta‘lim-tarbiya olish lozim. O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir bolaga ehtiyotlik bilan va e‘tibor berib muomala qilishi kerak, chunki befahm va qobiliyatsiz bola kamdan-kam uchraydi. O’qituvchining o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni bo’lar-bo’lmasga maqtayvermasligi yoki jazolayvermasligi, o’z shogirdlari uchun o’rnak bo’lishi va ularni sinchiklab o’rganishi lozim. Har bir o’qituvchi o’qitishning hamma bosqichlarini o’tishi kerak. Yuqori tipdagi maktab o’qituvchisi, avvalo, boshlang’ich maktabda muallimlik qilishi maqsadga muvofiq. Muallim va tarbiyachilarning talaffuzi yaxshi bo’lishi kerak.
O’qituvchi odobining tarixiy lidizlari haqida gap borar ekan, qadimgi Yunoniston va Rim pedagoglarining yuqorida keltirilgan g’oyalarini tilga olish o’rinli deb hisoblaymiz. Chunki, Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar Hindiston, xitoy kabi sharq mamlakatlari madaniyati, ilm-fani, pedagogikasi bilan bir qatorda qadimgi Yunoniston, Rim madaniyati, falsafasi, pedagogikasiga ham e‘tibor berganlar. Jahon allomalarining ilmiy aloqalari, ma‘rifatparvarlik, pedagogik axloqiy ta‘limotlarni Markaziy Osiyoda pedagogika sohasidagi fikrlar taraqqiyotining tarixiy ildizlaridan biridir.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə