Pedagogik faoliyatda kreativlikning roli



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97776
1   2   3   4
 
 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
 
Special issue
 | 2022 “Innovative Research Methods and Methodologies on XXI Century”
 
Analytical Journal of 
Education and Development
136 
tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina tо„g„ri yechimda 
tо„xtaladi (bir tomonlama fikrash).
E.P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va 
о„zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini 
topishda bilim va amaliy harakatlarning о„zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta‟sirchanlikni 
ifodalaydi. 
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik 
muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. Jumladan, bundan bolalar ham 
mustasno emas. Darhaqiqat, dastlabki kreativlik aynan kishilarning bolaligida namoyon bо„ladi. 
Rasm chizish, she‟r va ertak tо„qish, nimanidir yasash, hozirjavoblik kabilar shular 
jumlasidandir.
Pedagogik kreativlik
 
esa pedagogik jarayonni tashkil etish davomida noodatiy, ijodiy va 
mahsuldor g„oyalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanishdan iboratdir. An‟anaviy 
yondashuvdan farqli ravishda pedagogik jarayonga kreativ yondashuv yuzaga keladigan 
pedagogik muammolarni ijobiy yechimini topishga hamda ta‟lim jarayoni ishtirokchilari 
faoliyati samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiladi. 
Boshqa har qanday sifat kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan 
bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xо„sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari 
qachondan namoyon bо„ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez kо„zga tashlansa-
da, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qо„lga kiritishlarini kafolatlamaydi. 
Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy kо„nikma, malakalarni о„zlashtirishlari zarur degan 
ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur: 
1)
ular tomonidan kо„p savollar berilishini rag„batlantirish va bu odatni qо„llab-quvvatlash; 
2)
bolalarning mustaqilligini rag„batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 
3)
bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 
4)
bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish. 
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bо„lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy 
quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yо„naltiradi. Oliy ta‟lim tizimida 
faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bо„lishlari ularda о„quv va tarbiya 
jarayonlarini tashkil etishga an‟anaviy yondashishdan farqli yangi g„oyalarni yaratish, bir 
qolipda fikrlamaslik, о„ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam 
beradi[3].
Xulosa qilib aytganda, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy 
yondashish, yangi, ilg„or, bolalarning о„quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat 
qiladigan g„oyalarni yaratishda faollik kо„rsatish, ilg„or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil 
о„rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr 
almashish tajribasiga ega bо„lishga e‟tibor qaratadi. Odatda pedagoglarning kreativlik 
qobiliyatiga ega bо„lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari 
yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va о„zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali 
ta‟minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday 
mutaxassisda bо„lgani kabi bо„lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bо„lishlari uchun 
talabalik yillarida poydevor qо„yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə