|
Pedagogik faoliyatda kreativlikning roli
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Special issue
| 2022 “Innovative Research Methods and Methodologies on XXI Century”
Analytical Journal of
Education and Development
136
tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina tо„g„ri yechimda
tо„xtaladi (bir tomonlama fikrash).
E.P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va
о„zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini
topishda bilim va amaliy harakatlarning о„zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta‟sirchanlikni
ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik
muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. Jumladan, bundan bolalar ham
mustasno emas. Darhaqiqat, dastlabki kreativlik aynan kishilarning bolaligida namoyon bо„ladi.
Rasm chizish, she‟r va ertak tо„qish, nimanidir yasash, hozirjavoblik kabilar shular
jumlasidandir.
Pedagogik kreativlik
esa pedagogik jarayonni tashkil etish davomida noodatiy, ijodiy va
mahsuldor g„oyalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanishdan iboratdir. An‟anaviy
yondashuvdan farqli ravishda pedagogik jarayonga kreativ yondashuv yuzaga keladigan
pedagogik muammolarni ijobiy yechimini topishga hamda ta‟lim jarayoni ishtirokchilari
faoliyati samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiladi.
Boshqa har qanday sifat kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan
bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xо„sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari
qachondan namoyon bо„ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez kо„zga tashlansa-
da, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qо„lga kiritishlarini kafolatlamaydi.
Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy kо„nikma, malakalarni о„zlashtirishlari zarur degan
ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur:
1)
ular tomonidan kо„p savollar berilishini rag„batlantirish va bu odatni qо„llab-quvvatlash;
2)
bolalarning mustaqilligini rag„batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3)
bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4)
bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bо„lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy
quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yо„naltiradi. Oliy ta‟lim tizimida
faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bо„lishlari ularda о„quv va tarbiya
jarayonlarini tashkil etishga an‟anaviy yondashishdan farqli yangi g„oyalarni yaratish, bir
qolipda fikrlamaslik, о„ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam
beradi[3].
Xulosa qilib aytganda, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy
yondashish, yangi, ilg„or, bolalarning о„quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladigan g„oyalarni yaratishda faollik kо„rsatish, ilg„or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil
о„rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr
almashish tajribasiga ega bо„lishga e‟tibor qaratadi. Odatda pedagoglarning kreativlik
qobiliyatiga ega bо„lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari
yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va о„zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali
ta‟minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday
mutaxassisda bо„lgani kabi bо„lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bо„lishlari uchun
talabalik yillarida poydevor qо„yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib
|
|
|