Pedagogik mahorat



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#98820
1   2   3   4   5   6   7   8
пед махорат 2022 17.03. К1

Key words: qualification, pedagogical qualification, students of higher education institution, 
principles, formation of competence. 
Kirish.
XXI asr yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt asri deb e’tirof etilmoqda. Shiddat bilan oʻzgarib 
borayotgan zamonda yashar ekanmiz, biz tayyorlayotgan mutaxassis, zamon talabiga javob berishi lozim 
ekanligini chuqur anglab yetayapmiz. Barcha sohalarda boʻlayotgani kabi, oliy ta’lim sohasida ham keng 
qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Oliy ta’lim muassasasidagi talabalarni yetuk mutaxassis 
sifatida shakllantirish uchun talabalarda pedagogik kompetensiyani shakllantirish zaruriyati paydo boʻla 
boshladi. 
Asosiy qism. “Kompetentlik” 
(ingl. “competence” - “qobiliyat”) - faoliyatda nazariy bilimlardan 
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni anglatadi. 
Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim uchun eng muhim masalalardan biri - talabalarda pedagogik 
kompetensiyani shakllantirishdir. Shu munosabat bilan pedagogik kompetensiya nimadan iboratligini ilmiy 
nuqtayi nazardan oʻrganish zarur. Pedagogik kompetensiyaga nima tegishli ekanligini, uning tarkibiy qismi 
sifatida uning mohiyatini ochib berish. 
Pedagogika oliy oʻquv yurtida oʻqish jarayonida talabalarda pedagogik kompetensiyalarni 
shakllantirishning zamonaviy ilmiy adabiyotlarida taklif etilgan usullariga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Oʻrganilgan adabiyotlar asosida ushbu dolzarb muammoni hal qilishda oʻz yondashuvlarimizni taklif 
qilamiz, ya’ni universitet talabalari oʻrtasida pedagogik kompetensiyani shakllantirish tamoyillarini belgilab 
olamiz.
Pedagogik kompetensiyani V.Saksonova psixologik-pedagogik bilim sohasidagi kompetensiyalar 
majmuasida ifodalangan shaxsning ajralmas xususiyati sifatida izohlaydi; shaxsning ijtimoiy va qadriyat 
xususiyatlarini rivojlantirish va oʻz-oʻzini rivojlantirish jarayoniga faol ta’sir koʻrsatish qobiliyati, bu 
jamoada ijtimoiy va qadriyat funksiyalarini bajarishga, xatti-harakatlarning salbiy koʻrinishlarining oldini 
olish va bartaraf etishga imkon beradi. Tadqiqotchi ta’kidlaydiki, pedagogik kompetensiyaning strukturasi 
murakkab boʻlib, shaxsning oldingi tajribalar asosida muayyan vaziyatda zarur bilim, koʻnikmalarni safarbar 
qilishga tayyorligidir. 
Koʻpchilik pedagoglar pedagogik kompetensiyani oʻquv jarayonida egallanadigan va psixologik, 
pedagogik hamda maxsus (mavzu boʻyicha) bilimlar majmuini oʻz ichiga olgan muayyan pedagogik 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə