|
Pedagogika fan va o`quv predmeti sifatida
|
səhifə | 1/5 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 275,51 Kb. | | #159040 |
| 1-amaliy BTP Reja: 1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. 2. Pedagogika fanining asosiy kategoriya va tushunchalari. 3. Pedagogika fanlari tizimi. 4. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo`lib, paidagogos “bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o`rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o`rganadi. - Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo`lib, paidagogos “bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o`rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o`rganadi.
- Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (yunoncha didaktikos “o`rgatuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. - Didaktika (yunoncha didaktikos “o`rgatuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
- Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o`rganadi.
- Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo`shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o`rin tutuvchi g`oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |
|
|