Pedagogika fani, uning



Yüklə 481,71 Kb.
səhifə19/40
tarix31.12.2021
ölçüsü481,71 Kb.
#82085
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
1-ma`ruza ma`lumoti

Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o’rganuvchi fan sohasi.

Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog’liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho’qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.

1.4. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari

Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o’tkazish mumkin emasligini uqtiradi.

Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.

Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funktsiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – ob’yektni nazariy jihatdan ifodalashni ko’zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo’ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.

Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot ob’yekti va predmetining metodologik tahlili.

Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:

pedagogikani ob’yektiv borliqni ma’naviy jihatdan o’zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;

pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;

maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot ob’yektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo’llash; atamalarning bir xil qo’llanilishi;

pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;

tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;

pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;

pedagogik fanlar tizimi, ularning o’zaro aloqasi.

Tadqiqot muammosi bo’yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.

Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog’i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.



Yüklə 481,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə