Педагогика тарихи


Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#148833
1   2
21.29. A. Dexqonova Gulshodaning-Navoiyshunoslik fanidan-Alisher Navoiyning ijdidagi kichk lirik janrlarining o’ziga xos jixatlari

Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan 
qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun 
unda quyidagi sifatlar bo’lishi zarur deb hisoblaydi:
 
sabr-qanoat
 
saxiylik
 
himmat
 
to’g’rilik
 
rostgo’ylik
 
tavoze
 
adab
 
vafo
 


Alisher Navoiy asarlari mazmunida o’z 
aksini topgan har bir fikr amaliy ahamiyatga 
ega, zero, mutafakkir ularni o’zining ulkan 
hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon etadi. 
Alloma uzoq yillar davomida olib borgan 
hayotiy 
kuzatishlari 
va 
tajribasi 
asosida 
«Mahbub-ul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani») 
asarini yaratadi. Ushbu asarda «Xamsa» 
dostonining tarkibiy tuzilmasidan o’rin olgan 
«Hayrat-ul-abror», 
shuningdek, 
«Nazm-ul-
javohir» kabi ta’limiy-axloqiy asarlarida ilgari 
surilgan axloqiy qarashlarni mazmun jihatidan 
yanada boyitadi. 



Mutafakkir 
«Mahbub-ul-qulub» 
asarini 
yozishdan 
ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi 
tarzda ochib bergan: «Har ko’cha-ko’yda yuguribman va olam 
ahlidin har xil kishilarga o’zimni yetkazibman. Yaxshi va 
yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini 
tajriba qilibman. 
Bu hildagi hamsuhbat va do’stlarni xabardor qilmoq va bu 
hollardan ogohlantirmoq lozim ko’rinadiki, har toifaning 
xislatlaridan ma’lumotlari va har tabaqaning ahvolidin 
bilimlari bo’lsin, keyin munosib kishilar xizmatiga yugursinlar 
va nomunosib odamlar suhbatidan tortinishni zarur bilsinlar va 
barcha odamlar bilan maxfiy sirlardan so’z ochmasinlar. 
SHayton sifatlar hiyla va aldovlariga o’yinchoq bo’lib 
qolmasinlar. Kimki har xil kishilar bilan suhbatlashish va 
yaqinlashishni havas qilsa, bu borada kaminaning tajribasi 
yoshlar uchun yetarlidir”.


Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, 
bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning 
inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va uning 
mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga 
xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so’z yuritadi 
hamda mazkur sifatlarning har biriga to’laqonli ta’rif berib 
o’tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o’zgalarga nisbatan mehr-
muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, 
karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillik (hilm) kabi xislatlarni 
ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta’rif 
berganidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy 
qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda, shuningdek, 
axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va 
ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan.


Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb 
hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar 
o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga 
yordam beradi. Odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini 
ko’rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda 
etadi: «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor 
etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. 
Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u 
muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi.
Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-
turishini xalq ulug’vor biladi. O’ziga qarshi xalq tomonidan 
bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil-
mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik 
yo’liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida 
orom beradi. Kichiklarga undan muncha natija hosil bo’lgach, 
kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarsan.



Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, 
adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. 
Adab va tavozu’ do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki 
tomondan yorug’lik yetkazadi. 
Tazozu’li va adablilarga ta’zim va hurmat yetadi 
va u urug’ni ekkan bu qimmatbaho hosilni to’plab 
oladi. 
Xalq 
muomalasida 
yaxshi 
axloqning 
boshlang’ichi shu xislatlar va bu xislat qattiq 
o’rnashsa, muhabbatga xalal yetishi maholdir. Agar 
har ikki tomonda yaxshi xulq bo’lsa, adabi va tavozu’ 
evaziga ta’zim paydo bo’ladi».
Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob 
Alisher 
Navoiyning 
talqinida 
barcha 
insoniy 
xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi.


Qanoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, 
muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning 
odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga 
urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-
axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga 
to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, 
«qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir – 
naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir – urug’i 
izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir – shoxi 
tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkizadi. 
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-
keldisidan ozod bo’ladi qanoat qo’rg’ondir, u yerga kirsang 
nafs yomonligidan qutularsan, tog’liklardir – u yerga chiqsang 
dushman 
va 
do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; 
tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi 
ehtiyotkorlik urug’ining mevasi farovonlik».


U o’rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo 
maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir – umidi 
uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi. 
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga 
yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin 
bekatga tushirguvchi. 
Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan 
olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. 
Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan 
qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi».


Yuqorida bayon etilgan fikrlar 
mazmunidan anglanadiki, alloma o’z 
davrida ilm olish tamoyillarini to’g’ri 
ko’rsatib, shuningdek, ta’lim tizimi 
mohiyatini ham yoritib bera olgan. Alisher 
Navoiy tomonidan asoslangan ta’lim 
tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: 
maktab yoki madrasada tahsil olish;
olim, hunarmand yoki san’atkorlarga 
shogird tushish asosida ta’lim olish;`
mustaqil ravishda ilm o’rganish.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə