Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə24/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

4. 5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari.
Jaloliddin Davoniy (to’la nomi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as Siddiqiy
ad Davoniy) (1427 — Davon qishlog’i, Eron — 1502) — sharq olimi, faylasufi.
Yoshligidan ilm-fanga, xususan fiqhshunoslikka qiziqadi. Maktabni bitirgach,
Sherozga kelib madrasada tahsil ko’radi. So’ng Sheroz shahri qozisi etib tayinlanadi.
Qozilikdan iste’foga chiqqach, mudarrislik qiladi. Umrining oxirida o’z qishlog’iga
qaytib, ilmiy ish bilan band bo’ladi. Davoniy Eron, Hindiston, Iroqning ko’p
shaharlarida bo’lib, olim va shoirlar bilan uchrashdi. Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin
Tusiy va boshqalarning dunyoqarashini o’rgandi, Temur va temuriylar davrida
yashagan mutafakkirlar asarlaridan unumli foydalandi. U falsafa, axloqshunoslik,
mantiq, fiqh, falakiyot, riyoziyot va handasa fanlari muammolarini tadqiq qilib
asarlar yozdi. Bu asarlarida inson va uning kamoloti, ilm-fan va uning jamiyatdagi
o’rni, kasb-hunar, yuksak insoniy fazilatlarni egallash haqida fikr yuritdi.
Davoniyning asosiy asarlari: «Axloqi Jaloliy», «Risolatul-xuruf» («Harflar haqida
risola»), «Risolayi isboti vojib» («Zaruriyatning isboti haqida risola»), «Risola ulmufradot» («Moddalar haqida risola»), «Risolayi fi tavjix ultashbih» («Majoz talqini
xaqida risola»), «Risola dar elm un-nafs» («Ruhshunoslik to’g’risida risola»),
«Tariqati tarbiyat ul-avlod» («Bolalarni tarbiyalash usuli») va b. Davoniyning fors
va arab tilida bitilgan qo’lyozma hamda toshbosmada bosilgan risolalari dunyoning
ko’p kutubxonalarida, shu jumladan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayxon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.
Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan “Axloqi Jaloliy” asari dunyoning ko’p
tillariga tarjima qilingan. Asar uch qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga,
ikkinchi qism – “Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar
(davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati” deb nomlanib, unda muhim ijtimoiysiyosiy masalalar ko’tariladi.
Davoniy inson o’zining aqliy qobiliyatini tarbiyalash uchun quyidagilarga
amal qilish lozimligini uqtiradi: 1) zehn o’tkirligi; 2) fahmlilik; 3) zehn ravshanligi;
4) bilimni tez egallash qobiliyati; 5) qo’yilgan muammoni tezda anglashi; 6) yodlash
qobiliyati; 7) xotira.
Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo’ladi: 1) inson
aqliy faoliyati bilan bog’liq; 2) ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladigan; 3)
kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog’liq.
Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat.
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta
nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi
hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi
tufayli u g’azab va quvvatini o’ziga buysundira olmaydi. Inson aqli bo’la turib
g’azabni buysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə