Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


V.Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə32/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

V.Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi.
1. Tarbiya jarayonida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligining
rivojlanishi.
2. Tarbiya jarayonida nodavlat va notijorat tashkilotlar hamkorligining yo’lga
qo’yilishi.
3. Tarbiya jarayonida ommaviy axborot va multimedia vositalarining
imkoniyatlaridan keng foydalanish.
VI. Pedagog kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi tizimiga
asos solinishi.
1. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimining isloh etilishi.
2. Pedagog kadrlarni uzluksiz tarzda mahoratlarini oshirib borish tizimining
amalga oshirilishi.
VII. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi.
1. Pedagog kadrlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda kasbiy malakalarining
oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish.
2. Talabalarning o’zlarining tanlagan sohalari bo’yicha chet elda ta’lim
olishlarini tashkil etish.
3. Uzluksiz ta’lim tizimida xalqaro donor tashkilotlari xizmatlaridan
foydalanishning huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi.
4. O’zaro tajriba almashinuv dasturlari doirasida ilmiy, ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi.
VIII. Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi.
1. Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda milliy va xorijiy
tajriba uyg’unligiga erishish.
2. Inklyuziv ta’limning yo’lga qo’yilishi va “Ta’lim hamma uchun”
dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash.
6.4. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov
asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak
ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir kontseptual fikrlarning ifoda
etilishi.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari
ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining
ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik.
I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida
ma’naviyatga doir fikrlarni inkor etmagan holda, ““Ma’naviyat” tushunchasi
mazmuni faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmasligini
alohida ta’kidlab o’tadi: “Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va
ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat
va xalq hayotida hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydigan alohida o’rin tutadi. Shu
fikrni mantiqiy davom ettirib, ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban
ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ikki dunyosi, irodasini baquvvat, iymone’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha
qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har
tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz”.
Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy
xususiyatlardan birinchisi – insonning ruhan poklanishi va qalban ulg’ayishidir. Bu
dunyoda halol va pok yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb
biladigan odamlar bilan birga, bunday olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo’lib
yashaydigan, o’zini dunyoning haqiqiy egasidek his qiladigan «nafsning quli va
o’tkinchi hoyu havas egalari»ning borligi tabiiy bir holdir. Prezident I.A.Karimov
o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida bu ikki toifdagi odamlarni
quyidagicha ta’riflaydi: Birinchisi – o’z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis
va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab,
nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bo’lishi haqida
o’ylab yashaydigan insonlar. Ikkinchisi – bunga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan
insonlar..

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə