Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə30/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

6.2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Respublikamizda
ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi
sifatida.
O’zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatlari yo’nalishlari qaror
topib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har
kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan. 42-
moddasida esa, “har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy,
texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qilishi” ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining
4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib qo’yilgan:
“Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib
chiqishi, xizmat turi, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha
yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi”.
Bilim olish huquqi:
- davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish,
shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar
o’rgatish;
- barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quv
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
- oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan
o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini
berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim
olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».
Bundan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko’rsatib berilgan ta’lim
sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o’zida muhim aksiologik
yondashuvni aks ettiradi.
birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda
ekanligi;
ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
uchinchidan, umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining majburiyligi;
to’rtinchidan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olshning hamma uchun
ochiqligi;
ettinchidan, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan
yondashuv;
sakkizinchidan, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
to’qqizinchidan, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini
uyg’unlashtirish.
1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning
maqsadining o’ziyoq, uning qadriyatli yondashuvga asoslanganligidan darak beradi:
“Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan
mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali
kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”.
Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim SH.Mardonov
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega
ta’limiy qadriyatlarning mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o’tadi:
Birinchidan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning oliy qadriyati
sifatida shaxs e’tirof etiladi. Mazkur qadriyat Milliy dasturning uzluksiz ta’lim,
uning insonparvarlik va ijtimoiylashishga yo’nalishi ko’rsatmalarini muvaffaqiyatli
amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Ikkinchidan, pedagogik jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etilgan ta’limtarbiya jarayoni talabada mustaqil ta’lim olish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini
rivojlantirish layoqatlarini shakllantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi
ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi…”.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə