Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


O’zbekiston Respublikasi rivoining yangi bosqichda ta’lim-tarbiya



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə33/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

6.5. O’zbekiston Respublikasi rivoining yangi bosqichda ta’lim-tarbiya
islohotlari: Sh. Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari
2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat
hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga
oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg’or xorijiy tajribalar asosida isloh
qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to’g’risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk
bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha
ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash,
maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’limtarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish
orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda quyidagilar O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati
yo’nalishlari etib belgilandi:
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish
va amalga oshirish;
ikkinchidan, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratish;
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari
orasida sog’lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha
ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq
imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek,
bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga
tatbiq etish;
to’rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va
tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu
jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan
kitob o’qishga qiziqishni uyg’otuvchi o’quv-metodik, didaktik materiallar, o’yin va
o’yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini
ta’minlash;
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan
holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional
darajada hal etishga qodir bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy
rag’batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta
tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb
qilish;
sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi-larining
ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog’lom va to’g’ri ovqatlanishini
ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko’ngilochar va bilim beruvchi
mashg’ulotlar elementlari bo’lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy
taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o’yinlar va mashqlar uyushtirish;
to’qqizinchidan, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan
birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish
hamda ularning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish bo’yicha profilaktika choratadbirlarini muvofiqlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston
respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-
3304-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari etib belgilansin:

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə