Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə36/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

6.7. 1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani
rivoji.
Respublika aholisi madaniyatining o’sishida ta’lim nihoyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ta’lim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini
yuzaga chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bo’lib
qo’shilishiga yordam beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning
eng muhim vazifalarini hal qilish aholining bilim darajasiga bog’liq.
O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda o’zbek xalqining sa’y-harakatlari
bilan ta’lim sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. 1940-41 o’quv yilidan 1970-71
o’quv yiligacha bo’lgan davrda umumta’lim maktablaridagi o’qituvchilar soni 2,5
baravar ortdi. Shunga yarasha umumta’lim maktablari tarmog’i ham kengayib bordi.
Biroq iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ma’naviy va madaniy sohani
rivojlantirishdagi nuqsonlar ta’limga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Jumladan, ko’pgina
maktablar, ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyihalarsiz qurildi, ko’pgina chala
ishlari bilan foydalanishga topshirildi. Qishloq maktablarining 75 foizga yaqini
vodoprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortig’i markazdan turib isitish
moslamalariga ega emas edi.
Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-uskunalar bilan
yaxshi ta’minlanmasdi. Buning sababi xalq ta’limiga qoldiq printsipi asosida
mablag’ ajratilishida ko’rinardi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga sarf-harajatlar
byudjet mablag’ining atigi 2,7 foizini tashkil etardi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida
“O’zbekiston SSRda majburiy etti yillik ta’limni to’liq amalga oshirish
to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi maktablarda ta’lim tizimini
takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam bo’ldi.
Yangi Qonunga ko’ra umumta’lim maktabi hamma uchun majburiy bo’lgan
kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab xaqiqiy hayotdan ajralib qoldi,
o’quvchilarga berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to’g’ri
kelmasdi. Shuning uchun xam 1959 yil martda O’zbekiston Oliy Soveti “Maktab
xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish to’g’risida” yangi qonun qabul qildi.
Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo’lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik
odati bu gal ham muammoni hal qilish yo’lida to’g’anoq bo’lib xizmat qildi,
oqibatda xalq ta’limida ahvol o’zgarmadi.
O’zbekistonda maktabning turmush bilan bog’lanishini mustahkamlash
to’g’risidagi 1959 yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan o’qishni
ishlab chiqarish bilan qo’shib olib borish talab etildi. Ushbu munosabat bildn o’n
yillik o’rta maktablar qayta tashkil etilib, o’n bir yillik o’rta maktablarga aylantirildi,
ularda o’quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini ham o’rgana
boshladilar, O’quvchilarga kasb ta’limi berishga yuzlab korxonalar, xo’jaliklar jalb
qilindi, maktablarda minglab o’quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar, o’quvtajriba, yer uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish ta’limini
maktablarda joriy qilish katta kiyinchiliklarga duch keldi. Korxonalar, xo’jaliklar bu
ishga tayyor emas edilar. Maktablarda ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan
jihozlashga mablar yo’q edi. Mehnat ta’limi o’qituvchilari yetishmasdi. Buning
oqibatida islohot kutilgan natijani bermadi va majburiy kasb o’rganish bekor qilindi.
Bu davrda respublika maktablari o’qituvchi kadrlar bilan son jihatidan
yetarlicha ta’minlandi. Biroq oliy ma’lumotli pedagog kadrlar 60-yillarda
respublikadagi barcha o’qituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos.
Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og’ir edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus
tili va chet tili o’qituvchilari yetishmasdi. Aksariyat hollarda o’qituvchilar o’z
mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar.
Sovetlar davrida maktablarning o’quv-tarbiya ishlarida katta nuqsonlar
mavjud edi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish
yuritish asosan rus tilida olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur
o’rgatilmasdi. Ona tilini o’rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars
soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni o’zbek adabiy tilining
yozma va og’zaki shakllarini puxta o’zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar.
Shuningdek, O’zbekiston tarixi va ma’naviy madaniyati ham maktabda deyarli
o’rgatilmas edi. Sovetlar davrida “SSSR tarixi” deb nomlangan, aslida Rossiya
tarixidan iborat fan o’qitilardi. Unga ilova sifatida “O’zbekiston SSR tarixi” bir
necha soatgina o’qitilar, ko’p hollarda bu kurs o’tilmay qolib ketardi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni o’qitishga e’tibor berilmas edi. Maktab
bolalari qalbida ona-Vatan tuyg’usi, ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy
meros, o’z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi.
Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni o’qitish o’ta siyosatlashtirildi. Ko’zdan
kechirilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda,
yoshlarni milliy an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish
an’anasi ko’zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik
printsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy
qadriyatlarni, urf-odatlarni o’rganishiga to’sqinlik qildi.
70-yillarga kelib respublikamizda ijtimoiy sohada ro’y bergan kamchilik va
muammolar ta’limga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Shunday bo’lsada, bu borada katta
qadam tashlandi. O’zbekiston yalpi savodxonlar respublikasiga aylandi.
Umumta’lim maktablarida o’quvchilar soni va shunga yarasha maktablar soni ham
yildan-yilga ortib bordi, ularning soni 1985 yilga kelib 7000 dan ortiqni tashkil etdi.
Jamiyatdagi turg’unlik holatlari, ijtimoiy turmush sharoitining yomonlashuvi,
iqtisodiyotdagi kiyinchiliklar, ma’naviy va madaniy soha muammolari maorif
tizimiga ham jiddiy ta’sir o’tkazdi. Umumta’lim maktablarining ahvoli
yomonlashdi. Ayniqsa, 70-yillarda va 80-yillarning boshlarida respublikamiz
turmushining boshqa sohalarida bo’lgani kabi, xalq maorifi ishiga ham
dabdababozlik, haqiqatni bo’yab ko’rsatish hollari salbiy ta’sir qildi. Yaqin
o’tmishda keng yoyilgan ijtimoiy adolat printsiplarining buzilishi, dinimiz, milliy
g’ururimizning kamsitilishi yosh avlod tarbiyasiga ma’naviy zarar yetkazdi.
Ularning aksariyat qismida mudroqlik, hafsalasizlik, loqaydlik kayfiyatlari ko’proq
kuzatildi.
Yoshlarning zamonaviy texnologiyani yetarli o’zlashtirib olmaganliklari
sanoat, qishloq xo’jaligi, fan va madaniyatni yanada taraqqiy ettirishga xalaqit
berardi. Bunga asosiy sabab maorifning keng tarmoqli tizimi vujudga
keltirilmaganligi, o’qish-o’qitishda sifat o’zgarishining ro’y bermaganligida edi.
Masalan, 1980-81 o’quv yilida respublikamizda mavjud 7000dan ortiq umumta’lim
maktablarining 60 foizi nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya holatida edi.
Ayniqsa, qishloq maktablarida ahvol og’ir bo’ldi. Ularning 75 foizga yaqini
vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan ko’prori markaziy isitish moslamalariga,
oshxona va sport zallariga ega emas edi. Joy tanqisdigi sababli 5800 ta maktabda
o’qish ikki smenada olib borilardi. Madaniy-ma’rifiy soha uchun resurslarni
taqsimlash «qoldiq» printsipida amalga oshirilganligidan maktablar uchun bino
yetishmasdi, ular jihozlar, yangi asbob-uskunalar bilan sust ta’minlangan edi. Bu
soha uzoq yillar davomida diqqat-e’tibordan chetda qolib keldi, hayotimizning eng
ortda qolgan sohalaridan biriga aylandi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga
qilinadigan sarf-xarajatlarni qo’shib hisoblaganda ular byudjet mablag’darining 2,7
foizidan ortmas edi. Respublikamiz xalq ta’limi oldida turgan asosiy ta’lim-tarbiya
ishlari ko’p tomondan o’qituvchi kadrlar sifatiga bog’liq edi. 80-yillarning
o’rtalariga kelganda shaharlardagi kunduzgi umumta’lim maktablaridagi
o’qituvchilarning 80 foizga yaqini oliy ma’lumotli edi. Qishloqlarda axvol
birmuncha yomonroq bo’ldi, ularda ma’lumotli pedagoglar yetishmas edi.
Pedagoglar yetishmasligidan bir soha o’qituvchisi boshqa fandan ham dars berishga
majbur edi. Bunday hol o’quvchilar bilimlari sifatiga salbiy ta’sir o’tkazdi.
O’quvchilarning 3-4 oylab qishloq xo’jalik ishlariga jalb etilishi ta’lim saviyasining
pasayib ketishiga, bilimlarning sifati qoniqarsiz ahvolga tushib qolishiga olib keldi.
1985-1990 yillar xalq ta’limi tizimida ayrim siljishlar ruy berdi. Ammo bu
davrda ta’lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab,
o’rta maxsus va oliy ta’limda rivojlanishning ekstensiv yo’li o’z imkoniyatlaridan
to’liq foydalanib bo’ldi. O’qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortgani sari
sovet ta’lim tizimining chirishi kuchaya bordi.
80-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud
muammolarni xalq ko’zidan yashirishga o’rinishdan bo’lak narsa emasdi. Islohotdan
ko’zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga ko’tarish, mutaxassis va
o’quvchilar bilim saviyasini oshirish, ta’limni demokratlashtirishdan iborat edi.
Biroq mazkur maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan kommunistik
yondashuv asosida erishish mumkin emasdi. 80-yillarning o’rtalaridan boshlangan
islohotlar moddiy jihatdan ta’minlanmaganligi uchun ham oxiriga yetmadi.
Chunonchi, 1985-1990 yillarda O’zbekistonda 3693 ming o’quvchiga
mo’ljallangan yangi o’quv yurtlari talab qilingan holda, Markazning topshirig’i
bilan bu raqam 920 ming o’ringa tushirildi. Respublika qishloqlaridagi
maktablarning 80 foizi esa moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi.
1985 yilda respublika maktablarida o’quvchilar soni 2684 mingga yetdi. Bu
raqam 1990 yilga kelib 245 mingga kamaydi. Buning boisi o’qituvchilarni ijtimoiy
himoyalash, ularning obro’sini orttirishda davlat rasmiy siyosatidagi xato va
kamchiliklarda edi. 1985-1990 yillarda respublikadagi 14 pedagogika instituti va 38
o’rta maxsus bilim yurtlarida yiliga o’rtacha 17 mingdan yosh o’qituvchilar
tayyorlangani xolda, maktabda faoliyat ko’rsatuvchilar sonining muttasil kamayishi
ta’lim tizimi va hukmron mafkuradagi jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston sanoati uchun malakali ishchi kadrlar
hunar-texnika bilim yurtlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonida yakka tartibda
hunar kurslarida tayyorlandi. Respublikadagi xunar maktablari, temir yo’l,
binokorlik o’quv yurtlari, yirik korxonalar qoshidagi fabrika-zavod ta’limi (FZO)
maktablari sanoatni ri-vojlantirishga katta hissa qo’shdi. 1940-1955 yillarda xalq
xo’jaligi uchun jami 143 ming malakali ishchilar tayyorlab berildi. Ishchi kadrlarga
ehtiyoj yildan-yilga ortib bordi. Malakali kadrlar tayyorlash ham o’sib bordi. 1966-
1970 yillarda hunar-texnika o’quv yurtlari xalq xo’jaligiga 172 ming nafar
ishchilarni tayyorlab berdi.
Shu bilan birga, respublika hunar-texnika ta’limida katta kamchiliklar mavjud
edi. O’quv yurtlarida o’zbeklar va boshqa tub aholi vakillari, xotin-qizlar soni kam
edi. Korxonalarda turar joy va zarur maishiy sharoitlarning yo’qligidan yosh
ishchilarning ko’pchiligi ishlab chiqarishda o’rnashib qolmasdi. 1962 yilda oziqovqat, engil, trikotaj, gaz va neft sanoatidagi o’zbek va boshqa yerli aholidan bo’lgan
ishchi va xizmatchilar soni 30 foizdan sal ortiqni tashkil qilardi. Mashinasozlik,
metall ishlash sanoati va og’ir sanoatning boshqa sohalarida o’zbek va mahalliy
millat vakillari soni juda oz edi. 1963 yili Toshkent asbobsozlik zavodidagi ishchi
va xizmatchilar orasida o’zbeklar va boshqa tub millat vakillari ulushi 20 foizni
tashkil etdi.
Sanoatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri muxandis-texnik kadrlar
edi. Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari tayyorlovchi malakali mutaxassislar soni
ortib bordi. 1960-1970 yillarda sanoat, qurilish, transport va aloqa sohalari bo’yicha
oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi talabalar soni 20 mingdan 63 mingga, ya’ni
3 baravardan ziyod ko’paydi.
Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va madaniyatning barcha
tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iborat.
Urushdan keyingi yillarda respublika oliy o’quv yurtlari Markaz ko’rsatmasi,
dasturlari asosida o’quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda
mutaxassis kadrlar tayyorlash son jixatdan o’sdi, lekin ularning sifati talab
darajasida bo’lmay keldi.
Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960-61 o’quv yilida O’zbekiston oliy
maktablarida 100 ming nafar talaba ta’lim olgan bo’lsa, 1970-71 o’quv yilida
ularning soni 230 mingga etdi. Bu davr ichida oliy maktab respublika xalq xo’jaligi
uchun etkazib bergan diplomli mutaxassislar soni 2, 5 baravar ortgan.
Oliy o’quv yurtlari soni 1940 yildagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko’paydi.
Xalq xo’jaligining rivojlanishi yangi oliy o’quv yurtlarini ochishni talab qildi.
Urushdan keyingi yillarda Toshkent elektrotexnik aloqa institut, Toshkent avtomobil
yo’llari instituti, Andijon paxtachilik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon
tillar pedagogika instituti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti,
Farg’ona politexnika instituti va boshqa oliy o’quv yurtlari malakali kadrlarga
bo’lgan talabni kondirdi. Maorif, sanoat, qurilish, transport, iqtisodiyot, qishloq
xo’jaligi, sog’liqni saqlash, san’at va boshqa soxalarda mutaxassis kadrlar
tayyorlandi.
Oliy o’quv yurtlaridagi professor va o’qituvchilar soni ham yildan-yilga oshib
bordi. Oliy maktablarda 1958 yili 5 ming ilmiy-pedagog xodim ishlagan bo’lsa,
1965 yilda bu son 8 mingtaga etdi. Oliy o’quv yurtlari olimlari O’zbekiston Fanlar
akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan,
iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan talay ilmiy
ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar.
Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta’siridan chetda qolmadi. Buning
natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ruy berdi. Miqdoriy, yalpi
ko’rsatkichlar ketidan quvish, xalq xo’jaligi talab-ehtiyojlariga mos kelmaydigan
mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish shular jumlasidandir. Oliy maktabning moddiytexnik bazasi ham juda zaif bo’lib qoldi.
Respublika oliy o’quv yurtlarida sirtqi va kechki ta’lim keng rivojlandi.
Ayniqsa, 1959 yilgi maktabning hayot bilan bog’liqligini mustahkamlash
to’g’risidagi qonun asosida ta’limning bu shakllari yanada kengaydi.
Respublikaning barcha institutlarida sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.
1940 yilda sirtqi va kechki ta’lim tizimida o’qiyotgan talabalar respublika oliy
o’quv yurtlaridagi jami, talabalarning 20 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 1966
yilda ularning salmog’i 62 foizga etdi. O’sha vaqtda sirtqi va kechki bo’limlardagi
talabalarning soni jihatidan mamlakatimiz birinchi o’rinda deb maqtanish rasm
bo’ldi. Lekin bu aslida achinarli hol eli. Sirtqi va kechki bo’limlarda ta’lim olgan
talabalar ixtisosliklari bo’yicha yetarli nazariy bilimga ega bo’lmasdilar. Ular
ko’proq bilim olish uchun emas, diplom uchun o’qirdilar. Bu yillarda oliy o’quv
yurtlari va ular tayyorlagan mutaxassislar soni ko’paydi, biroq sifati pasaydi.
Respublika oliy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlari mafkuralashtirib
yuborilganligi sababli kunduzgi bo’limlarda o’qigan talabalarning ko’p vaqti
mutlaqo keraksiz bo’lgan ilmiy kommunizm, KPSS tarixi, siyosiy iqtisod,
markscha-lenincha falsafa, ilmiy ateizm kabi «fanlar»ni o’rganishga sarflanar edi.
Bu hol talabalarning asosiy ixtisosligi bo’yicha fanlarni chuqur, o’zlashtirishiga
xalaqit berardi.
Oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab darajasida emas edi. Ko’p
fanlardan, ayniqsa, tabiiy fanlardan darsliklar rus tilida chiqarilgandi. Ularni o’zbek
tiliga tarjima qilishga ongli ravishda e’tibor berilmasdi. O’zbek talabalari rus tilidagi
darslik va qo’llanmalardan foydalanishga majbur edilar. Ayniqsa, qishloqlardan
kelgan, rus tilini bilmaydigan talabalar qiynalardilar. Ular ko’pincha rus tilida
o’qitiladigan fanlarni o’zlashtira olmay, o’qishni tashlab ketishga majbur
bo’lardilar. Bir amallab institutni bitirib chiqqan mutaxassislarning bilim darajalari
past bo’lardi. Institutlarda o’zbek guruhlarida rus tilida dars o’tish Markazning
O’zbekistonda olib borgan ruslashtirish siyosati natijasi edi.
70-yillarga kelib respublikamizda Respublikaning oliy va o’rta maxsus o’quv
yurtlari xalq xo’jaligi va madaniyat talablariga javob beradigan mutaxassislar
tayyorlashda muayyan natijalarni qo’lga kiritdilar. Yildan-yilga talabalar soni ortib
bordi. 1971-1975 yillarda oliy o’quv yurtlarini tug’allagan diplomli 182 ming nafar
mutaxassis kadrlar respublika xalq xo’jaligiga etkazib berildi. Oliy o’quv
yurtlarining soni 1985 yilda 42 taga etdi.
80-yillarning o’rtalarida respublika o’rta maxsus o’quv yurtlarida 282 ming
nafar o’quvchi ta’lim oldi. Bu har yili necha o’n minglab malakali mutaxassislar
bilan respublika xalq xo’jaligini ta’minlashga imkon berdi. Xalq xo’jaligining
boshqa sohalari uchun ham ko’plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970 yilda
oliy maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil etgan bo’lsa, bu raqam 1990 yilga
kelib 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son ko’rsatkichlari edi, xolos.
Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib
kelardi.
Siddiq Rajabov 1910 yili 1-aprelda Qozog’iston Respublikasining Avliyoota
(hozirgi Taroz) shahrida tavallud topdi. U shu shaharda to’liqsiz o’rta maktabni
tugatib, 1926 yili Farg’ona pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi.Texnikumni
1930 yili tugatadi. Shu oraliqda, 1928-29 yillarda Qashqadaryoning G’uzor
tumanidagi olis bir qishlog’ida ochilgan maktabda o’qituvchilik qiladi. 1930 yili
Farg’ona pedagogika institutiga o’qishga kiradi. Institutni tugatgach, 1934-37
yillarda O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida
o’qiydi. 1935 yili yangidan ochilgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika insitutining pedagogika kafedrasiga o’qituvchi qilib ishga qabul
qilinadi. Urush yillarida “Qizil O’zbekiston” gazetasining ma’sul kotibi bo’lib
ishlaydi.
Siddiq Rajabov 1947-1963 yillarda Nizomiy nomidagi TDPIning pedagogika
kafedrasi mudiri lavozimida, 1960-1966 yillarda esa O’zbekiston pedagogika fanlari
ilmiy-tadqiqot institutining direktori lavozimida ishlaydi. 1966 yili Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ishga qaytadi va shu institutning
umumiy pedagogika kafedrasiga 1990 yilgacha mudirlik qiladi.
S.Rajabov XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif
taraqqiyoti bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borib, 1941 yili nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Siddiq Rajabov pedagogika fanlari bo’yicha
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi o’zbek olimidir. 1917-1957
yillardagi O’zbekiston maktablari tarixini o’rgangan olim, shu mavzuga
bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasini Moskvada himoya qildi va 1958 yili
birinchilardan bo’lib pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Olimning qalamidan chiqqan ilmiy maqolalarda yoshlarni insoniylikka,
mehnatga, vatanparvarlikka tarbiyalash mavzusi keng o’rin oldi. Pedagog-olim
birqancha risolalarida K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, N.K.Krupskaya,
A.S.Makarenko va H.H.Niyoziylarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarini
yoritib berdi. 1960 yili unga professor ilmiy unvoni berildi.
1968 yili professor Siddiq Rajabov Pedagogika fanlari akademiyasining
akademigi bo’lib saylandi. S.Rajabov pedagogika sohasi bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi tarixidagi yagona akademikdir.
Akademik Rajabov Sharq donishmandlarining pedagogik merosini o’qibo’rganish va keng ommaga tanitishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa,
o’zi boshi-qoshida yurib, 1986 yili rus tilida “O’zbek pedagogik fikrlar antologiyasi”
kitobini Moskvaning “Pedagogika” nashriyotida chop ettirishi O’zbekiston fanida
juda katta yutuq bo’ldi. Hamdo’stlik davlatlaridan birnechtasigina bunday salmoqli
pedagogik asarni chop ettira olganini hisobga olsak, Siddiq Rajabov pedagogika
fani tarixini beqiyos manbalar bilan to’ldirgan juda katta vatanparvar olimdir.
Olimning yana bir katta mehnati YA.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika”
asarini rus tilidan o’zbek tiliga tarijima qilishni tashkil etishi bo’ldi. S.Rajabovning
mas’ul muharriligida professor Malla Ochilov bu kitobni tarjima qilib, 1975 yili
nashr ettiridi.
Siddiq Rajabov butun umri davomida pedagogika fanining rivojlanishiga
xizmat qildi. Olimning O’zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo’shgan
eng katta hissasi, bu albatta, pedagogika oliygohlari talabalari uchun “Pedagogika”
darsligini chop ettirishi bo’ldi. Olim darslikning redaktsiyasini boshqardi, birnechta
qismlarini o’zi yozdi, 1962, 1966 va 1981 yillarda qayta-qayta to’ldirib, nashr ettirdi.
O’zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida olim yosh tadqiqotchilarga
hamisha yordam berib keldi. S.Rajabov o’zoq yillar davomida pedagogika fanlari
bo’yicha ilmiy daraja beradigan ixtisoslashtirilgan Kengashni boshqarib, nafaqat
O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham olimlar tayyorlab berishda
juda katta xizmat qildi. Akademik Rajabov 7 nafar fan doktori, 130 nafar fan
nomzodini tayyorladi.
O’zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo’shgan juda katta xizmati
uchun S.Rajabovga 1964 yilda“O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan
arbobi” unvoni berildi. Birqancha orden va medallar bilan taqdirlandi.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə