Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə39/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi
tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik
muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash
haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida
uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha,
«Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O
vospitanii oratora», 1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning
nojo’ya xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori
qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola
ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda
tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor
qaratishni uqtiradi.
Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini
egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his
etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish
lozimligini qayd etadi. Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning
fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish
metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi,
so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r
yoddan aytiladi.
7.3.XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus
pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari.
988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti
asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos
qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim
elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus
knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib
poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o'z mulozimlarining bolalarini yig'ib
o'qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning”
bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o'qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri
XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar
huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g'arbiy Yevropadagi yirik
davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida
o’qimishli, madaniyatli kishilar bo'lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona
ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o'z atrofiga to’plagan. Svyatoslav o'z
zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr
qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining
o'sishiga asosiy manba bo'lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar
qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik
to’plamlari vujudga keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik
Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to'plamlarda bola tarbiyasi
haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari
juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni
dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar
bo'lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan,
kichiklarni izzat qiladigan bo'lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila
boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada
“Savod ustalari” tashkil qilingan.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə