Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə41/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Atoqli nemis
pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg (1790-1866) XIX asr o’rtalarida
demokratik pedagogikaning taraqqiyparvar namoyandasidir. Disterverg pedagoglik
sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaktda, adabiy va metodik ishlarni xam
muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun
qo’llanma» (1835) degan kitobini nashr qildirdi. Ushbu kitobda Disterverg
ta’limning umumiy vazifalarini va tamoyillari to’g’risidagi o’zining taraqiyparvar
qarashlarini bayon qilib berdi. Disterveg umuminsoniy tarbiya g’oyasini himoya
qilib chiqdi, shu ideyaga tayanib turib, pedagogika masalalarining yukori toifaviy
va shovinistik manfaatlarini ko’zlab hal kilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha,
maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va
ongli fuqarolar tarbiyalab etishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga
bo’lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog’langan xolda rivojlantirilishi lozim.
Disterverg “inson – mening nomim, nemis – mening lakabimdir” deydi.
Distervergning fikricha, boshlang’ich maktabda o’quvchilarni o’qitilgan
materialni o’zlashtirish ustida mustakil ishlay oladigan qilishga, ularda buning
uchun malaka xosil kilish, ularning aqliy kuch va kobiliyatlarini o’stirishga asosiy
e’tibor berilishi zarur. O’qituvchi ko’rsatmali o’qitish yuli bilan bolalardagi barcha
sezgi organlarini o’stirishga alohida e’tibor berishi lozim.
Disterverg rivojlantiruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning
asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va tariqasida bayon qilib berdi. Disterverg,
avvalo tabiatga uyg’un tarzda bola idrokining xususiyatlariga muvofiq o’qitishni
talab etdi. U misollardan qoidalarga: buyumlar va bu buyumlar to’g’risida konkret
tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so’zlarga o’tishni taklif kiladi. Disterveg
bolalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan
tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, bolaning o’z sezgi
organlari bilan idrok qilayotgan butun materialni o’ylab ko’rishi va anglab olishi
zarurligini uqtirib o’tdi. Disterverg taklif qilgan ko’rsatmali ta’lim “uzoqqa”,
“oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq narsalardan, qiyinroq
narsalarga”, “ma’lum narsadan, noma’lum narsaga” o’tish kerak degan qoidalar
bilan bog’langan ta’limdir. O’z vaktida Komenskiy ta’riflab bergan bu koidalarni
Disterveg yanada taraqqiy ettirdi, pedagog bu koidalarni formal ravishda
qo’llanmasligi kerak, deb xaqli ravishda ogohlantirdi.
Disterverg o’qitilayotgan materialning mustahkam o’zlashtirilishiga katta
e’tibor beradi. Disterverg “O’quvchilar o’rganib olgan narsalarni unutib
qo’ymasliklariga harakat qil” degan qoidani ilgari surdi va o’tilgan material esdan
chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez qaytarib turishni maslahat beradi.
Distervegning koidalaridan birida “Asoslarni o’rganishda shoshilma” deyiladi.
Distervergning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli ta’lim
hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo’ladi. Bunday ta’lim bolaning akliy
kuchlarinigina o’stirib qolmaydi, balki shu bilan birga uning shaxsini, irodasini,
sezgilarini, xulq-atvorini xam kamol toptiradi. Distervegning fikricha, ma’lum bir
ta’lim metodining kanchalik samarali bo’lishi bu metodning o’quvchilarning akliy
kuchlarini qo’zg’atishga qanchalik yordam berishi bilan belgilanadi. “Agar har
qanday metod, - deydi u, -o’quvchilarni oddiy idrok kilishga yoki passivlikka
odatlantirgan bo’lsa, yomon metoddir, agar o’quvchilarda tashabbuskorlikni
qo’zg’atadigan bo’lsa, u yaxshi metoddir”. U boshlang’ich ta’lim uchun “elementar”
yoki rivojlantiruvchi metodni tavsiya qiladi, metod o’quvchilarning aqliy kuchlarini
nihoyat darajada qo’zgatadi, ularga “qidirish, chamalab ko’rish, muhokama yuritish
va nixoyat, topish” imkonini beradi. Distervegning fikricha, “Yomon o’qituvchi
haqiqatni aytib berib qo’ya qoladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga
o’rgatadi».

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə