Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


-MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə37/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

7-MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI
YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
YA.A.KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
7.1. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida
maktab va tarbiya.
7.2. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida. Qadimgi
Rimda pedagogik g’oyalar rivoji.
7.3 XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus
pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari.
7.4 Iogann Genrix Pestalotsining didaktika va boshlang’ich ta’lim
metodikasiga qo’shgan hissasi. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi
ta’lim nazariyasi.
7.5 Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Tayanch so’z va iboralar: mirzo, pedanom, Agella, efeb, kifarist, didaskal,
polestra, demos, evristik, buyuk didaktika, onglilik, faollik, izchillik.
.
7.1. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida
maktab va tarbiya.
Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo’jalikka ega
bo’lgan mamlakat bo’lgan. Misr davlati va xo’jaligini boshqarish uchun xat-savodli,
bilimdon kishilar zarur bo’lgan. SHu tufayli Misr flr'avnlari va a’yonlari xat-savodli
va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o’qitish,
ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va
yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar,
ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham
o’qiganlar.
Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich
maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan.
Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak
bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab
chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan
mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik
qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin
va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik
qilma yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon
ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda
ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari
o’qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo’lgan oddiy kishilar ham o’qigan
bo’lsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori
sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat,
veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar
saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa
shaharlardagi qazishlar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab
binosining qoldig’i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi
xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta
ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Etarli
qobiliyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich
bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan
o’qishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta bo’lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo’lgan.
Uning katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina)
bo’lib, bu shaxarlar madaniyat markazi xisoblangan.
Bu ikki shaxarda tarbiyaning o’ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu
tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi.
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi
turlicha edi. SHuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala
davlatda xam quldorlik tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu
davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko’zlar edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar
oddiy insoniy xuquqlardan xam mahrum edilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, bu qullar mexnati evaziga
asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. SHu sababli ular
tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat,
jismonan sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb
atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu
maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik
qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni
jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan:
sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib
borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish,
sakrash, nayza otish, qo’l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so’zlashuv,
madaniyat darsi tashkil etar edi.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda
bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan xam barkamol
bo’lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar xam o’rgatilgan.
Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri
yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat
bo’lgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullarni tutish
mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo’lib ko’ringan qullarni o’ldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar
o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan:
Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi,
qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob
jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi
Yunonistonda balog’atga yetgan o’spirinlar) guruhiga o’kazilgan. Bu guruhda
bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga xam alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan
qizlar birga qo’shib o’qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan
qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar,
ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash, qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tashi,
qullarni itoatda saqlashni ta’minlashi ko’zda tutilgan, ular hatto jangda xam
qatnashganlar.
Qadimiy Gretsiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada esa xayot, tartib,
intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi.
Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar
xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at,
me’morchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy etgan edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga qo’shib olib
borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash faqat feodallarning farzandlariga
nasib etgan xolos.
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi.
Bu erda grammatist, polestra, gimnasiy, efeb, demos kabi maktab turlari mavjud edi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar
maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga
o’rgatilgan. xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan
13-14 yoshgacha «grammatist», (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha
musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy
bo’lib, xaq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim
ololmas edilar.
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borar
edilar (men o’qitaman degan ma’nodagi «didasko» so’zidan, keyinroq «didaktika»
ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar
«pedagog» deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o’qish, yozish va hisoblash
o’rgatilgan. O’qishda xarflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan
foydalanganlar. yozuvni o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan
foydalanganlar. Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol
toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan xisoblangan. Kifarist - maktabida o’g’il
bolalarga adabiy bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar o’rgatilar
(«Iliada va Odisseya»dan parchalar o’qitilar) edi.
O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi
deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash
tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy
masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida
polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa,
siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni
boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy
hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.
Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda
xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi
ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya
sohasiga o’tkazgan ta’siri shundan iborat bo’ladiki, mukammal tarbiya olish faqat
badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bo’lib qoldi. Aholining ko’pchiligi
bolalarini maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar
edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari hat savod o’rgatganlar. Bu usul
ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə