Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə42/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

7.5. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy
demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U
o'zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini
o'qitish va tarbiyalashda bag'ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash
haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki
pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo'llarini ko'rsatib o'tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada
“Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi
Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu
erda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash
keskinlashib tarixiy voqeallar sodir bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab
chiqarish munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum asoslarining targ'ib
topayotgan davri edi. Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining
mohiyati jihatidan chex xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi.
Yevropaning barcha kuchli davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb
etilgan bu kurashdan Komenskiylar oilasi chetda turmadi, chunki Komenskiylar
oilasiga mansub bo'lgan “Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar
o'tkazishni talab qilib, bu kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z
safiga chex xalqining ozodligi va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan
vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex xalqining ozodligi uchun kurash yevropa
xalqllari feodalizmga qarshi olib borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex
qardoshlari cherkovning diniy marosimlarini bajarishdan voz kechdilar,
dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma bolalarga ijtimoiy ta`lim berishni amalga
oshirdilar, kambag'al oilalarga yordam berdi.
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex
qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda
lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi.
Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma
narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda
ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik
ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi
maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq
qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik
qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda
aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib
ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga
kirishdi. Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari
Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu
asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi.
Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda
“Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini
yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va
maktablarda lotin tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga
asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi
metodi” kabi asarlarini nashr qildi.
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish
jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va
hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o'quv pyesasini yozdi va ulardan
“O'yin maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora
qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim
mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida
foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va
Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va
1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so'nggi
yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini
o'rganishga bag'ishladi.
Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. Komenskiy
tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch
vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O'z-o'zini
boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya). Komenskiy o'rta asr
pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb
hisoblaydi. Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya
tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi,
lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning
asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular
tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar.
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va
o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy
va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning
eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha,
tabiatning bu qonuniyatlari o'simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek
insonga nisbatan ham o'z ta`sirini o'tkazib turadi. Komenskiy maktabning aniq
tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o'z harakatlarida namoyon qilayotgan
jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya
“Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o'qitish mumkin”.
1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan
turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim.
3. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish
kerak.
5. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim.
7. Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan
o'rgatmaslik kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur.
9. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif
qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang'ich
maktab bo'lishi lozim. O'smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya
bo'lishi kerak.
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo'lishi lozim degan fikrni ilgari
surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang'ich ma`lumot, tabiat ilmi
sohasida suv yer, havo, olov, yomg'ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o'simlik, qush,
ho'kiz va hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak.
Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi:
1.Onglik va faollik.
2. Ko'rsatmalilik.
3. Izchilik va tizimlilik.
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə