Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida



Yüklə 65,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü65,45 Kb.
#158823
  1   2   3   4   5   6


12
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Mar. 28
th
 2023
83 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSI PSIXIK RIVOJLANISHIDA 
O’ZINI-O’ZI ANGLASHNING AHAMIYATI 
Yusupov Umidjon 
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali assistenti 
Ortiqov Ibrohim 
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali talabasi 
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida o‘zini-o‘zi 
anglashning ahamiyati haqida fikrlar keltrilgan, bolalarning atrofdagilarga munosabati, psixik 
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
bola, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, psixika, muloqot, psixik inqiroz, 
induvidiallik, o‘z- o‘zini anglash, gumanistik psixologiya, ijtimoiy- kognitiv nazariyalar, 
rivojlanish psixologiyasi 
Hozirgi kunda bog‘cha yoshidagi bolalar psixikasini o‘rganish va ularni harakter 
xususiyatidan kelib chiqqan holda rivojlanishiga ta‘sir etish jarayonlarni o‘rgansih muhim 
hisoblanadi. Insonda tug’ilgandan boshlab obektiv va subektiv omillar, shart-sharoit ta’siri 
doirasida jismoniy o’sish va psixik rivojlanish jarayoni kechadi. Ontogenetik rivojlanishning 
har bir bosqichida ijtimoiy muhit va munosabatlar ta’siri dinamik o’zgarishlar bilan 
bog’liqlikka ega. Individning dinamik xususiyatlari ijtimoiy muhit ta’siri natijasida yuzaga 
kelgan xulq-atvor sifatlarining shaxsiy o’zgaruvchanligi bilan belgilanadi. Inson atrof-muhit 
va jamiyatni o’rganar ekan bevosita va bilvosita obyektiv olam bilan butun umr munosabatda 
bo’ladi. Bu munosabat insonni hissiy-emotsional, intellektual rivojini, xatti-harakat 
ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Hayotiy bilim, ko’nikma va malakani egallash jarayoni 
subyekt obyekt bilan o’zaro aloqasi interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayoni bilan kechadi. 
Ya’ni tashqi muhit ta’siri individ ichki ruhiyatiga yo’nalishi va ichki ruhiy olamning tashqi 
muhitga qaratilishi, ta’siri tushuniladi. Asrimizning har bir davrida inson va uning jismonan 
ham ma’nan rivojlanib, kamol toptirib borish masalasi doim ustuvor masala bo’lib kelgan. 
Shaxsning o’zini-o’zi anglash jarayoni kognitiv(bilish) va ijtimoiy bilish jarayoni bilan uyg’un 
holda rivojlanib boradi. O’z-o’zini anglash jarayoni inson shaxsi ontogenetik rivojida yoshga 
xos psixik inqirozni adekvat (to’g’ri) yengishida, turli ijtimoiy muhitda o’z imkoniyatlarini 
anglagan holda o’z o’rni va mavqeyini topishida, o’z “Men” ligi istiqbolini ta’minlashida 
muhim ahamiyatga ega. Shaxs ichki subyektiv imkoniyatlari ichida o’zini-o’zi anglash 
jarayoni inson shaxsi kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, bu jarayonni ijtimoiy 
psixologik jihatdan o’rganish sotsiolog, psixolog tadqiqotchi olimlarning e’tibor markaziga 



Yüklə 65,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə