Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida



Yüklə 65,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü65,45 Kb.
#158823
1   2   3   4   5   6
12
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Mar. 28
th
 2023
84 
aylanib bormoqda. Negaki inson va uning kamolotini ta’minlovchi har qanday omilni 
o’rganish muhim bo’lib kelgan. Bugunga qadar o’zini-o’zi anglash bilan bog’liq aniq ta’rif 
qayd etilmagan bo’lsada, ko’plab tadqiqotchi olimlar tomonidan turli yosh va ijtimoiy muhit 
ta’sirida amaliy tadqiqotlarida o’rganib kelishmoqda. Xususan yurtimizda psixologiya 
sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi olimlarimiz (M.G. Davletshin, G’.B.Shoumarov, 
V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, E.G’.G’oziev, B.R.Qodirov, Sh.R.Barotov, Z.T.Nishonov, 
O’.B.Shamsiyev….) ilmiy izlanishlarida ham o’zini-o’zi anglash borasida o’z qarashlari aks 
etgan. O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan 
vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyutsion, ham 
revolyutsion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. O’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni 
in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning 
donishmandligini namoyish qiladi. O’zini-o’zi anglash individning o’zini tashqi dunyodan 
ajratishi, unga bo’lgan o’z munosabatini anglashi, shaxs sifatida o’zini o’z xatti-harakatlari, 
fikr-mulohazalari, his-tuyg’ulari, qiziqishlari, istaklarini anglash va baholash jarayonidir. 
Ko’plab chet el olimlari tomonidan ham o’zlikni anglashning nazariy, amaliy va tadbiqiy 
jihatlari muayyan darajada o’rganib kelinmoqda.
L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida birlikni 
(umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon 
bo’ladi. 
A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi mohiyat bilan 
mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir.
A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning asosida 
(negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G. Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishi omili- 
odamning individual xosiyati, faoliyat subyektliligi, shaxslilik xususiyatlarining tarkib 
topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana 
shu uchala xususiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini 
ta'minlab turadi. 
S. L. Rubinshteynning o’zini-o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat 
bo’lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus 
holdagi (vaziyatdagi) obyektiv shart-sharoitlar sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash 
sharoiti deb yozadi. 
Shaxsda o’zini-o’zi anglash darajasini o’rganilishi bo’yicha taniqli nazariyotchilardan 
A.Maslau, K.Rodjers, A.Bandura, J.Rotter, J.Piajelarning ilg’or fikrlari va amaliy 
tadqiqotlarini qayd etishimiz mumkin. Ushbu nazariyotchilarning ilmiy qarashlari va amaliy 
tajribalari bugungi kunda o’zini-o’zi anglash jarayonining butun dunyo olimlari tomonidan 
keng qamrovli va yanada to’liq o’rganilishiga nazariy metodologik asos bo’ldi deb ayta 
olishimiz mumkin. Negaki hozirda biz o’rganayotgan o’zini-o’zi anglash jarayonining 



Yüklə 65,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə